organi, odamlarga tazyiq qiluvchi, zo‘ravonlik mahkamasi bo‘lib
ko‘rinar edi. Ko‘chada bir militsioner yoki prokuratura xodimiga
ко‘zing tushsa, beixtiyor tovoninggacha muzlab ketarding, kishi.
Chunki qizil imperiyaning asosiy tayanchi, qonxo‘r qilichi hisob-
langan huquq-tartibot organlari aslida o ‘z vazifalarini bajarmas edi.
Ular davlat va qonunni ro‘kach qilib, fuqarolami qo‘rqitish, ularda
tobelik va mutelik ruhiyatini singdirish, qalbini jarohatlash, irodasini
bukishni maqsad qilib olishgan edi. Aslini olganda bu maqsadgina
emas, balki davlat siyosatiga aylangan qudratli va fashistik xarakter-
dagi hodisa edi.
Sessiya
Dostları ilə paylaş: