li mexanizmga aylantirishga yordam beradi. Davlat kuchli bo‘lgan
joyda taraqqiyot tezlashadi, jamiyat ma’naviy jihatdan mutahkam-
lanadi, siyosiy jihatdan o‘zini namoyon qilish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Fuqarolaming o‘zini o ‘zi boshqarish imkoniyatlari kengayadi.
Qonun barqaror bo‘lgan joyda fuqarolaming erkinliklari kengayadi,
o‘zligini namoyon qilish, ichki qudratini ko‘rsata bilish, yaratuvchi-
lik iqtidorini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fuqarolari o‘z
taqdirini o‘zi belgilab, har bir kunini bunyod etish, kashf qilish ishti-
yoqi bilan o‘tkazadigan mamlakatda, albatta, aholi ehtiyojlari qonun
bilan kafolatlangan bo‘ladi. Davlat esa butun
choralar bilan ana shu
qonunlar harakatini nazorat qilib borish, uni yo‘naltirib turish, yo‘l-
yoiakay «ta’mirlab», takomillashtirib borish singari muhim vazifani
bajaradi.
Yuqoridagilaming barchasi bevosita fuqarolaming huquqiy
bilimlami nechogii egallashiga, o ‘z haq-huquqini anglab olishi-
ga, mavjud qonunlar kafolatlab bergan imkoniyatlardan qanchalik
foydalana olish darajasiga bogiiq. Qolaversa, huquqshunos kadr-
lar
sifatini yaxshilash, ulami zamonaviy bilimlar bilan qurollanti-
rish katta ahamiyat kasb etadi. Prezident I. Karimov sessiyada shu
masalalar haqida so‘z yuritar ekan, huquqshunos kadrlarga ehti-
yoj katta ekanligini alohida uqtirdi. Jumladan, bizda har yuz ming
aholiga sudlar Olnwniyadagiga nisbatan olti marta, advokatlar esa
Amerika Qo‘shma Shtatlariga nisbatan 55
marta kam ekanligini
ko'rsatib o ‘tdi.
Bosh islohotchi - davlatning istiqbol rejalari va strategik das-
turlaridan kelib chiqib shuni aytish lozimki, shunday davlat va ijti-
moiy tuzilma yaratish kerakki, unda kuchli markaziy hokimiyat o‘z
sa’y-harakatlarini mudofaa, davlat xavfsizligi va fuqarolaming xavf-
sizligi, tartib-intizom, tashqi siyosat, valyuta-moliya, soliq tizimini
shakllantirish, qonunlar qabul qilish va jamiyatning boshqa
strategik
vazifalarini amalga oshirish singari asosiy umummilliy vazifalarga
qaratmog‘i zarur.
Boshqamv masalalarini hal etish esa asta-sekin markazdan joy-
larga, davlat hokimiyati organlaridan jamoat birlashmalari va fuqa
rolaming o‘zini o ‘zi boshqarish organlariga o‘tkazishi lozim.
Ana shunday sharoitda jamiyatda demokratiya chuqurlashadi,
fuqarolaming ijtimoiy faoliyati kuchayadi. Joylarda mahalliy o‘zini
o ‘zi boshqarish organlari ishi bevosita barcha fuqarolaming fèhti-
roki asosida takomillashib boraveradi. Natijada fuqaro va jamiyat
o‘rtasidagi bog‘liqlik kuchayadi. Odamlar o ‘zlarini jamiyatning
2 2 7
muhim, yo‘naltiruvchi kuchi ekanliklarini chuqurroq anglay bosh-
laydilar. Ulaming dunyoqarashi, maqsad va intilishlari bevosita ja-
miyat
istiqbolini belgilaydi, uning kelajagidan bashorat qiladi. Ana
shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, demokratiya jamiyatning har bir
a’zosi hayotining uzviy bir qismiga aylangan taqdirdagina demokra
tiya hisoblanadi. Farzandlarimizni bolalikdanoq ayni shu ruhda tar-
biyalab borish zarur, - degan xulosaga kelish mumkin.
Yuqorida demokratik tamoyillami chuqurlashtirishning uch omi-
li xususida gapirdik. Hokimiyat bo‘linishidagi tarmoqlaming har biri
xususida alohida to‘xtaldik. Qonun chiqaruvchi, ijro hokimiyati va
sud hokimiyatining faoliyatlari yuzasidan fikr yuritdik. Ulaming de
mokratik jarayonlami chuqurlashtirish borasida tutgan o ‘mi va roli
haqida fikr yuritdik.
Hozirgi zamon demokratik jarayonlari va uning eng ilg‘or taj-
ribalari to‘rtinchi hokimiyatni ham yaratish va uning faoliyatidan
unumli foydalanishni taqozo etmoqda. Bu bevosita ommaviy axbo-
rot vositalari faoliyati bilan b o g iiq bo‘lib,
uning huquqiy asosini
mustahkamlash, demokratik jamiyatdagi roli va vazifalarini belgi-
lab berish, jumalistik faoliyatni qonun bilan kafolatlash zarurligini
ko‘rsatmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1996-yil 30-avgustda
bo‘lib o ‘tgan sessiyasida «Noshirlik faoliyati to‘g ‘risida»gi hamda
«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonunlami
qabul qildi. 1997-yil 24-aprelda «Jumalistik faoliyatni himoya qi-
lish to‘g‘risida», «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»,
1997-yil 26-dekabrda esa «Ommaviy axborot vositalari to‘g ‘risida»
(yangi tahrirda) Qonun qabul qilindi. Jumalistlami qayta tayyorlash
Markazi ish boshladi. Bular mamlakatimizda so‘z va fikr
erkinligiga
kafolat bo‘lib xizmat qiladi.
1999-2000-o‘quv yilida 0 ‘zbekiston jahon tillari universitetida
xalqaro jumalistika fakultetining tashkil etilishi esa o‘zbek jumalis-
tikasi tarixida muhim voqea bo‘ldi.
2005-2007-yilar mobaynida esa matbuot va so‘z erkinligiga
doir amaldagi qonunlar tizimi qayta ko‘rildi va ular zamon talablari
asosida yangi tahrirda qabul qilindi. 2006-yili 0 ‘zbekiston Respub-
likasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun Oliy
Majlis Senati tasdig‘idan o ‘tdi. Axborot olish, saqlash, ishlash va
tarqatish, elektron axborot tarqatish va undan foydalanishning huqu
qiy asoslari yaratilmoqda.
2 2 8