partiyaning qonunsiz da’volarining himoyachisiga, kommunistik
mafkuraning jazo organiga aylanib kelgan edi.
M a’lumki, 70 yildan ortiqroq vaqt mobaynida harbiylaming taq-
diri qanday hal boiishini hech kim bilmas edi. Respublika hududida
harbiy tribunal deb nomlangan sud bor edi. Biroq, bunga Oliÿ. sud
va boshqa sudlaming umuman daxli yo‘q edi. Endi qonundan kelib
chiqib, Qurolli kuchlar harbiy sudi, gamizon sudlari va ulaming ish
2 4 7
faoliyatlarini nazorat qilish uchun Respublika Oliy sudida harbiy
hay’at tashkil etildi. Harbiy hay’at raisi lavozimi bo‘yicha Oliy sud
Raisi o‘rinbosari hisoblanadi. Ularga Qurolli kuchlar safida, chegara
qo‘shinlarida, milliy xavfsizlik organlarida, respublika ichki ishlar
vazirligining ichki qo‘shinlarida va boshqa harbiy tuzilmalarda xiz-
mat qilayotgan, o‘quv yig‘inlaridagi shaxsiy tarkib tomonidan so-
dir etilgan jinoyat ishlarini hamda Qurolli kuchlar harbiy qismlari
qo‘mondonlariga nisbatan harbiy xizmatchilaming da’vosi bo‘yicha
bo'lgan fuqarolik ishlari va ulaming g ‘ayriqonuniy harakatlari yuza-
sidan tushgan shikoyatlami ko‘rish vakolati yuklatilgan.
Hozir sud islohotlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Oliy Maj-
lisning 1996-yil 26-dekabrda bo‘lgan VII sessiyasida Jinoyat va
Jinoyat-protsessual qonunlarga jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi.
Sud hokimiyati Konstitutsiya va xalq tomonidan sudga berilgan
jinoyat, fuqarolik va ma’muriy hamda xo‘jalik ishlari bo‘yicha hu-
quq va adolat, qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilish, topshirilgan
ish uchun javobgarlik asosida odil sudlovni amalga oshirish imkoni-
ni beruvchi vakolatlar majmuidir.
Shunday qilib, respublikadagi sud hokimiyatining bugungi
ahvolini baholash uchun odil sudlov sifatining o‘zini, sudda Konsti
tutsiya va qonunlar talablari hamda sudlaming hokimiyatning bosh
qa tarmoqlari bilan o ‘zaro munosabatlarini amalga oshirish darajasi-
ni tahlil qilish zarur.
Umuman olganda, sudlaming jinoyat va fuqarolik ishlari
bo‘yicha o ‘tgan 2000-2006-yillar ichidagi ishlarining sifatini baho-
laydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich ancha yaxshilandi. Sudlar dalillami
baholash masalasiga mas’uliyat bilan yondasha boshladilar. Ishlami
ko‘rishda rasmiyatchilik, yuzaki yondashish, himoya huquqini bu-
zish hollari kamaydi.
Jinoiy jazo choralarini tayinlash masalasida ham jiddiy o ‘zgarish
yuz berdi. Oliy sudning 1993-yildan boshlab joylarda o ‘tkazgan
tekshirishlari, Plenumlarda qabul qilingan tegishli qarorlar, xavfli ji-
noyatchilarga, uning tashkilotchilariga, jinoiy guruhlaming faol qat-
nashchilariga jazo tayinlash amaliyotini tubdan o‘zgartirish imkonini
berdi. Og‘ir va o ‘ta og‘ir jinoyatlar uchun jazo tayinlash ancha ku-
chaytirildi, natijada respublikada vaziyat yaxshilandi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi «Sudlar to‘g‘risida»gi Qo-
nunning 4-moddasida qayd etilgan va o ‘zlariga yuklatilgan hokimi-
yat vakolatlaridan kelib chiqqan holda so‘nggi yillarda o ‘z faoliyat
larini Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda hamda inson huquqlari
to‘g ‘risidagi xalqaro hujjatlarda bayon etilgan fuqarolaming huquq
2 4 8
va erkinliklariga, korxonalar, muassasa va tashkilotlaming huquqlari
hamda qonun bilan himoyalanadigan manfaatlariga noya etilishini
kafolatlash borasida qator tadbirlami amalga oshirdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida fuqarolik, j inoyat ishlarini
birinchi, kassatsiya va nazorat bosqichlarida ko‘rish, shikoyatchilar-
ni tekshirish, quyi sudlar tomonidan ko‘rilayotgan ishlami qonu-
niy va adolatli hal etilishini ta’minlash, yo‘l qo‘yilayotgan xato va
kamchiliklami tuzatish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasida
ham samarali ishlar qilindi.
Mamlakatimiz tashqarisiga tovar moddiy boyliklami olib chi-
qish tartiblarini buzish jamiyatimiz uchun katta xavf tug‘dirishini,
bozor iqtisodiyotiga va fuqarolaming manfaatlariga jiddiy zarar kel-
tirishi e’tiborga olinib, ulami sudda ko‘rish amaliyoti o‘rganib chi-
qildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami bartaraf etish maqsadida Oliy
sud 1993-yil 27-dekabrdagi Plenumida «Respublikadan tashqariga
tovar moddiy boyliklami olib chiqish va Respublikaga naqd pullami
olib kelish tartiblarini belgilovchi qonunlami qohlash to‘g‘risida»
qaror qabul qilib, quyi sudlarga dasturiy ko‘rsatmalar berdi.
1980-yillaming oxiriga kelib, Respublikadagi jinoiy muhitning
keskinlashganligi va jinoyatlaming yangi uyushgan, qurollangan va
giyohvand moddalar bilan bog‘liq turlari ko‘payganligi jinoyatchi-
likka qarshi kurashda keskin choralar ko‘rishni taqozo etdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 1994-yil 7-yanvarda Ple
num o‘tkazib, «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g ‘risida»gi
masalani muhokama etdi va tegishli qaror qabul qildi. Unda jinoyat
sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun moddalarini qo‘llash choralari
ko‘rildi.
Oliy Sud Plenumining mazkur qarori jinoyatchilikka, ayniqsa,
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda ijobiy roi o ‘ynadi. Awalo,
Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent viloyati va Toshkent shah-
rida makon qurgan «nomdor», jinoyat olamida «shuhrat qozongan»
to‘dalaming asosiy qismi ushlandi va tergov qilinib, sudlar tomoni
dan qilmishlariga yarasha qonuniy jazo belgilandi.
Og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga, jinoiy guruhning tashki-
lotchilari va faol ishtirokchilariga, muqaddam sudlanganlarga qonun
doirasida qattiq jazo choralarini qo‘llash bilan, keyingi yillarda ji-
noyatchilikning og‘ir turlaridan hisoblangan uyushgan jinoyatchilik,
tovlamachilik (reket), avtomashinalami olib qochish kabi jinoyat
laming keskin kamayishiga erishildi va respublikadagi kriminqgen
vaziyat yaxshilandi.
Mamlakatda iqtisodiy islohotlaming chuqurlashuvi, ayniqsa
2 4 9
qishloq xo‘jaligida tub islohotlar, xo‘jalik sudlari faoliyatini yanada
takomillashtirishni talab qildi. 1996-yil 25-iyulda 0 ‘zbekiston Res-
publikasi Prezidentining «Xo'jalik sudlari tarkibini takomillashtirish
to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmon asosida vilo-
yat xo‘jalik sudlari maqomida faoliyat ko‘rsatuvchi Toshkent shahar
xo‘jalik sudi tashkil etildi va xo ‘jalik sudlari sud ijrochilari instituti
ta’sis etildi.
Uy-joy islohotini amalga oshirish bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning
muhim omillaridan biri ekanligi, uning maqsadi uy-joy bozorini
vujudga keltirishga qaratilganligini e’tiborga olib, «Davlat uy-joy
fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunni qo‘llashdagi ba’zi
masalalar haqida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 1994-yil
9-sentabrda bo‘lib origan Plenumida Qaror qabul qildi. Qabul qilin-
gan qaror respublikada davlat uy-joy fondini xususiylashtirish jara-
yonini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega boridi.
Prezident Islom Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining 48-sessiyasida so‘zlagan nutqida insoniyat oldi-
da turgan birinchi navbatda hal qilinishi zarur borigan muammolar
orasida xalqaro maydonda narkobiznesga qarshi kurashni kuchayti-
rish masalalariga alohida e’tibor bilan qarash lozimligini ta’kidlab,
0 ‘zbekiston ana shu kurashda keng ko‘lamli hamkorlik qilishga tay-
yor ekanligini bildirdi.
M a’lumki, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bi
lan qonunga xilof ravishda muomala qilish inson sog‘lig‘i va xavf-
sizligiga jiddiy tahdid soladi, mamlakatdagi kriminogen vaziyatga,
jamiyatning iqtisodiy va madaniy negiziga salbiy ta’sir korisatadi,
ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq boriadi.
Giyohvandlik oqibatida ko‘plab ogrir jinoyatlar sodir etilmoqda.
Oilalar barbod bo‘lmoqda. Shuning uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi giyohvandlik bilan bogriiq jinoiy ishlarni sudda koriish
amaliyotini origanib, bu masalani 1995-yil 27-oktabrdagi Plenumida
muhokama qildi. Plenum sudlarga zarur korisatmalar berdi, sudlar-
dan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar orikazish, ekish
va shu kabi jinoyatlami sodir qilgan shaxslarga nisbatan qonun ku-
chidan toria foydalanishni talab qildi.
Shu bilan birga, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning 2005-yil 1-avgustdagi « 0 ‘zbekiston Respublika-
sida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida»gi hamda 2005-yil
8-avgustdagi «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga
orikazish to‘g'risida»gi farmonlari har bir sudya zimmasiga alohida
mas’uliyat yuklashi ta’kidlanib, bu borada sudya kadrlami tayvor-
2 5 0
lash va yagona sud amaliyotini shakllantirish mexanizmini barpo
etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab chiqildi.
Ma’lumki, Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish bilan
bog‘liq jinoyatlar jamiyat uchun katta xavf tug‘diradi. Shu sabab-
li Oliy sud Plenumi 1996-yil 7-yanvarda «Qonunga xilof ravish
da qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
haqida»gi masalani ko‘rib chiqib, sudlaming e’tiborini mazkur ma-
salaga doir jiddiy kamchiliklarga qaratdi. Bunday ishlami ko‘rish
chog‘ida qurollami olish, tayyorlash manbalari va sabablarini, ji-
noyatlaming sodir etilishiga imkoniyat tug'dirayotgan sharoitlar va
shaxslar doirasini aniqlash, jazo tayinlashda alohida yondashuv qo-
idalariga rioya etish, aybdorlarga nisbatan asossiz ravishda yengil
jazo tayinlash hollariga barham berish talab etildi. Qurol va o‘q-
dorilami o'tkazish maqsadida sotib oluvchilarga va tayyorlovchilar-
ga, ulami o‘tkazuvchilarga, talon-taroj etuvchilarga, og‘ir jinoyatlar-
ni sodir etishda quroldan foydalanuvchilarga qattiq jazo choralarini
qo‘llash haqida ko‘rsatmalar berildi.
Mamlakatimizda islohotlaming izchil amalga oshirilishi iqtiso-
diyotni shakllantirishga, uning bozor sharoitiga moslashtirilishiga va
xalqaro hamjamiyat uchun ochiq bo‘lishiga sharoit yaratdi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish, bu birdan-bir maqsad
emas. Islohotlaming asi maqsadi, insonga munosib turmush kechi-
rish va faoliyat ko^satish uchun yetarli sharoitni vujudga keltirish-
dan iboratdir.
Huquqiy tashviqot darajasi pastligi, bozor iqtisodiyoti bilan
bog‘liq qonunlami buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslaming ja-
vobgarlikka tortilishida oshkoralikning yo‘qligi, fuqarolaming on-
gida huquqni muhofaza qiluvchi organlaming faoliyatiga nisba
tan ishonchsizlik kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari,
tadbirkorlik, fermerlik va boshqa yakka tartibdagi faoliyat bilan
shug‘ullanuvchilar, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtimvchi
dehqonlar o ‘z huquqlarini bilmasligi natijasida ayrim firibgar-u tov-
lamachilar va zo‘ravonlarga aldanadilar, oqibatda bozorlarda narx-
navo ko‘tariladi. Buning ustiga har xil yig‘imlar yig‘ish, ko‘pincha
to‘g‘ridan to ‘g ‘ri tovlamachilik, g‘ayriqonuniy ravishda haq olish,
poraxo‘rlik kabi illatlar uchrab turibdi.
Oliy sudning 1996-yil 15-martdagi Plenumida ana shu farmon
yuzasidan tegishli masalani muhokama qilib, qaror qabul qildi. Sud-
lardan tovlamachilarga (reketchilarga), tovarlami bozorga erkin ki-
rib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi shaxslarga, talon-taroj, fuqarolardan
nohaq yig‘imlar olish, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish bilan
251
shug‘ullanuvchi bozor ma’muriyatining mansabdor shaxslariga, sav-
do qoidalarini buzuvchi, o‘ta yuqori narxlami sun’iy ravishda saq-
lab turuvchi, mahsulot ishlab chiqaruvchilami bozordan siqib chiqa-
ruvchilarga nisbatan qattiq jazolami qo‘llashni ta’minlash talab etildi
hamda boshqa masalalarda sudlarga dasturiy ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, jinoyat uchun jazo tayinlash masalasining o ‘ta mu-
him masala ekanligini e’tiborga olib, Oliy sud 1996-yil 19-iyulda
ushbu masalani ikkinchi marotaba Plenum majlisida ko‘rib chiqdi.
M a’lumki, butun jahon jamoatchiligi, Birlashgan Millatlar Tash-
kiloti atrof-muhitni muhofaza qilish muammosiga va uning huquqiy
tomonlariga juda katta ahamiyat bermoqda.
Shuning uchun ham Prezident I. Karimov Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so‘zlagan nutqi-
da Orol bo‘yidagi ekologik inqiroz sababli yuzaga kelgan ijtimoiy-
iqtisodiy muammolar majmui o ‘zining kelib chiqishi va oqibatlari
bo’yicha xalqaro xarakterga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tdilar.
Respublikamizda mavjud bo‘lgan ekologik vaziyatni e’tiborga
olib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi bu masala bi-
lan bog‘liq jinoiy ishlami hamda boshqa huquqbuzarliklami ham
o‘rganib chiqib, 1996-yil 20-dekabrda «Atrof-muhitni muhofaza qi
lish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquq-
buzarliklar to‘g ‘risidagi ishlar bo’yicha sud amaliyoti haqida» qaror
qabul qildi.
Unda sudlaming e’tiborlari tabiatni muhofaza qilish, tabiat
boyliklaridan ziyon-zahmat yetkazmasdan oqilona foydalanish
to‘g ‘risidagi qonunlarga qat’iy amal qilish eng muhim davlat va-
zifalaridan biri ekanligiga, ulami to‘g ‘ri hal qilish fuqarolaming
so g iig ‘i va farovonligiga, shuningdek, respublikaning iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishiga bog‘liqligiga qaratildi.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarlik ishla-
rini ko‘rishda yuzaga keladigan muammolami bartaraf etish, tabiatni
muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlami buzishda aybdor bo’lgan
barcha shaxslar doirasini aniqlash, ulami qonunda belgilangan tar-
tibda javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, yetkazilgan zarami
to iiq undirish choralarini ko’rish va boshqa masalalarda sudlarga
ko’rsatmalar berildi.
Ma’lumki, davlat va jamiyatning obro’si o‘sha davlatda mavjud
bo‘lgan sud va sudyalaming qonun talablariga og‘ishmasdan amal
qilishlariga, qabul qilingan har qanday qarorlar qonun me’yorlariga
nechog‘lik mos kelishiga bevosita bogiiq. Darhaqiqat, yaxshi qo-
nunlar bo‘lsa-yu sud tizimida ishlovchilar uning talablariga mos
2 5 2
qaror qabul qilmasa, sud tizimining obro‘siga putur yetkazadi. Bu
davlat va jamiyat obro‘siga rahna soladi.
Sud fuqarolar ko‘z oldida ulaming haq-huquqlarini va manfa-
atlarini himoya qiluvchi organ sifatida gavdalanishi shart. Endi to
talitär tuzum davridagi sudga nisbatan bo‘lgan qarashlami tubdan
o‘zgartirish vaqti keldi. Sud madaniyatini ko‘tarish har bir sud ja-
rayoni fuqarolaming haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilmog‘i
shart. Sud adolat posboniga aylanmog‘i zarur. Sud va sudyalar fu-
qarolarda o‘ziga nisbatan ishonch tug‘dirishning uddasidan chiqishi,
bu ishonchni har kuni, har doim amaliy ishlar bilan oqlamog‘i lozim.
Sud hokimiyatining obro‘sini ko‘tarish, uning xolisligini
ta’minlash har bir sudyadan katta mas’uliyat, jasorat, bilim, tajriba
orttirishni, poklik va adolatni barcha narsalardan ustun qo‘yishni,
davlat va xalqqa sodiq bo‘lishni taqozo etadi. Shuning uchun ham
sud va sudyalaming boshqa tarmoqlardan haqiqiy mustaqilligini,
sud qarorlarini qabul qilishda faqat qonunga bo‘ysunishini, sudning
hammabop, himoya doirasi kengayishini ta’minlaydigan va nihoyat,
sud tizimiga nopok, poraxo‘r va tasodifiy kimsalar kirib qolishiga
yo‘l qo‘ymaydigan huquqiy asos qadam-baqadam takomillashtirib
borilmoqda.
2006-yilda umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan mamlaka-
timizda qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlash, fuqaro-
laming haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo-
rasida muayyan iätilar amalga oshirildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha
sudlar tomonidan 420 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqilib, ulaming
96 foizi bo’yicha da’vo talablari qanoatlantirilib, fuqarolar hamda
tashkilotlaming buzilgan haq-huquqlari tiklangan va ulaming foy-
dasiga 26,2 milliard so‘m moddiy, 3,6 milliard so‘m ma’naviy zarar,
shuningdek, respublika budjetiga 455,3 million so‘m davlat boji un-
dirilgan. Shu jumladan, tadbirkorlaming buzilgan huquq va qonuniy
manfaatlarini tiklash yuzasidan 300 dan ortiq da’vo qanoatlantirilib,
40,3 million so‘m moddiy va 24,8 million so‘m ma’naviy zarar un-
dirilgan.
2000-yilda umumiy sudlanganlaming 47,2 foiziga ozodlik-
dan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘Isa, davlatimiz rahba-
ri tashabbusi bilan sud-huquq tizimida olib borilayotgan islo-
hotlaming muhim yo‘nalishlaridan biri - «Jinoiy jazolaming
liberallashtirilishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda M a’muriy javobgar-
lik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar *kiritish
haqida»gi Qonun qabul qilingach, 2006-yilda bu ko‘rsatkich atigi
253
28,7 foizni tashkil etgan. Boshqacha aytganda, 71,3 foiz sudlangan-
larga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jazolar tayinlanib, ular oilasi, jamoasi bag‘rida qolgan. Sodir etil-
gan iqtisodiy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zaraming 33 milliard
so‘mdan ortig‘ini ixtiyoriy ravishda qoplagan to‘qqiz ming nafar-
ga yaqin shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq
bo ‘ lmagan j azo tayinlangan.
Jinoyat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan
yana bir muhimi - yarashuv institutining qabul etilishi natijasida
2006-yilda 12,605 nafar shaxsga nisbatan 11,503 ta jinoyat ishi tuga-
tilgan bo‘lsa, bu institut amaliyotga joriy qilinganidan bugungi kun-
ga qadar 54 mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilib,
«sudlangan» degan nomni ko‘tarib yurishdan xalos bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |