Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari
bar tomonlama rivoj topishi lozim. Ular haqli ravishda hokimi-
yatning to‘rtinchi tarmog‘i bolish i darkor.
Ommaviy axborot vositalari hayotimizga kun sayin chu-
qurroq kirib borayotganini hozir hech kim inkor etolmaydi. Bu
jarayonni tabiiy hoi, deb qabul qilmoqdamiz. Bugungi kunda
nashrlar soni ko‘payibgina qolmasdan - hozir 490 ta gazeta va
138 ta jurnal ro‘yxatga olingan - jamiyatni rivojlantirish va dav-
lat qurilishida ularning ahamiyati va tutgan o‘rni ham ortib bor-
moqda» 
- degan edi (7-j., 390-391-betlar). Bulardan tashqari, hozir 
respublikamizda bir qancha telestudiya, viloyat, shahar va tumanlar- 
dagi radio studiyalar va 4 ta axborot agentligi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohot- 
lar ommaviy axborot vositalari zimmasiga butunlay yangi vazifalar- 
ni qo‘ya boshladi. Matbuotning aholida yangicha ong va tafakkur- 
ni shakllantirishda ta’sirchan qurol bo‘lishini, kishilaming fikr va 
xohish-irodasining erkin, xolis ifodachisi, aytish mumkinki, inson 
manfaatlarining izchil va faol himoyachisi bo‘lishini hayotning o ‘zi 
taqozo qilmoqda.
Aslida ham shunday bo‘lmog‘i kerak. Har qanday matbuot or- 
gani eng aw alo, xalq manfaati va mamlakat istiqbolini ko‘zlashi lo­
zim. Ana shunda u williy qadriyatga aylanadi. Keng jamoatchilik tan 
oladi. Aks holda u umummanfaat mulkiga emas, bir hovuch uyush- 
gan xudbin shaxslaming beqadr mulkiga aylanadi, xolos.
Shuni alohida qayd etish lozimki, respublika Prezidenti I. Kari­
mov mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotini barqarorlashtirishda 
ommaviy axborot vositalarining rolini yanada oshirishni talab qil­
moqda. Prezident har bir nutq va m a’ruzalarida, albatta, matbuot­
ning kundalik hayotimiz va islohotlar davridagi roli haqida, ular­
ning keng imkoniyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o ‘tadi. Buning boisi 
shundaki, matbuot va umuman axborot vositalarining demokratik 
rivojlanishdagi ahamiyati muttasil ortib bormoqda. Biroq demokra­
tik jarayonlami chuqurlashtirishda ularning roli unchalik ham sezil- 
mayapti, o‘zlarini «to‘rtinchi hokimiyat» sifatidagi imkoniyatlarini 
to‘la ko‘rsata olmayaptilar. Shuning uchun ham 0 ‘zbekiston huku- 
mati ommaviy axborot vositalari faoliyatiga jiddiy baho bermoqda. 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin