publikasida fuqarolaming huquq va erkinliklarini ta’minlash ham-
da himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar xaqida axborot
berdi.
2006-yil 3-5-dekabrda Ombudsman 0 ‘zbekiston delegatsiya-
si tarkibi Yevroparlamentda (Brussel shahri, Belgiya) o ‘tkazilgan
« 0 ‘zbekistonda gender tengligi» mavzuidagi davra suhbati ishida
qatnashdi. Davra suhbati doirasida 0 ‘zbekistonda gender tengli-
gining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan uchta majlis o ‘tkazildi.
Davra suhbati davomida uning ishtirokchilari 0 ‘zbekiston parlamen-
ti Ombudsmanining mamlakatda xotin-qizlar huquqlari
va manfaat-
lariga rioya etilishini hamda ular himoya qilinishini ta’minlash soha-
sidagi faoliyati häqida axborot oldilar.
2006-yil mobaynida Tyuringiya (Germaniya) o ‘lkasi landtagi
raisi va Bazel kantoni (Shveysariya) Ombudsmanining tashriflari
amalga oshirilib, ular Samarqand va Toshkent shaharlarida «Inson
huquqlariga rioya etilishini va mazkur huquqlar himoya qilinishi
ni ta’minlash sohasida ombudsman institutining davlat organlari va
nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasining dolzarb masalalari»
mavzusida o ‘tkazilgan konferensiyalarda qatnashdilar.
EXHTning 0 ‘zbekistondagi loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi
Parlament Ombudsmanining doimiy xalqaro sheriklaridan biridir.
2006-yilda « 0 ‘zbekiston Respublikasida
ombudsman institutini ri-
vojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi doirasida parlament a’zolari
uchun seminarlar hamda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari va
ekspert guruhlarining a ’zolari uchun seminar-treninglar o‘tkazildi,
rus tilida «IiäoTniäiü ieöä» kitobi nashr etildi, tajriba almashish
maqsadida Ombudsman vakillarining Yevropa mamlakatlariga o‘quv
safari amalga oshirildi.
Shunday qilib, 1991—2008-yillar 0 ‘zbekiston inson huquq-
larini himoya qilish tizimining shakllanish,
rivojlanish va xalqaro
me’yorlar talablari asosida takomillashish davri bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: