Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Biz amalga oshirayotgan ishlarning



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Biz amalga oshirayotgan ishlarning
eng muhim vo‘naIishlaridan biri - davlat tomonidan ham, ij-
timoiy tuzilmalar faoliyatini jadallashtirish bilan ham inson
erki va huquqlarini muhofaza etishning ishchan tartibini barpo
etishdir. Inson huquqlariga rioya etishning monitoringini va bu
jarayon ustidan nazorat o'rnatishni ta’minlaydigan milliy mu-
assasalarni mustahkamlash huquqni himoya qiluvchi xalqaro
tashkilotlar bilan aloqani kengaytirish muhim vazifalardan sa-
naladi».
Bugungi kunda yer yuzining turli mintaqalarida inson huquq­
lari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini yara- 
tish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar, demokratiya va inson 
huquqlari sohasidagi huquqiy normalarga rioya etish, parlamentlar- 
ning bu ishni nazorat qilishdagi alohida o ‘mi, bu borada hukumat
2 3 4


bilan bahamjihat olib borilayotgan ishlar 0 ‘zbekiston Respubbkasi 
Oliy Majlisi, Konrad Adenauer nomli xalqaro fond va flMTmng 
O'zbekistondagi rivojlanish Dasturi vakilligi bilan birgalik^a 1996- 
yil 15-noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy*amaky 
konferensiyaning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Konferensiyani 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy MajUs' Raisi 
E. Xalilov kirish so‘zi bilan ochdi. Konferensiyada inson huquqlari 
muammosiga mintaqaviy yondashish va bu ishda parlamentfling roli, 
inson huquqlari, demokratiya va shaxsni himoya etishning tarixiy- 
siyosiy jihatlari xususida fikrlashib olindi.
Jahon davlatchiligi nazariyasi va amaliyotining dalolat berishi- 
cha, ombudsman to‘g ‘risidagi qonunning qabul qilinishi jamiyatda 
demokratiya yuksak darajada rivojlanganligining, davlat bilan fu- 
qarolaming o‘zaro munosabatlari inson huquqlari va erkinliklari us- 
tuvor ekanligining ko‘rsatkichidir. Mamlakatimiz mustad’^'kning 
tarixan qisqa davri ichida demokratiya va huquqiy rivojlauishuiug 
ana shunday jahon tan oigan yuksak darajasiga chiqa oldi- Bunga 
shubha yo‘q. Chunki, qator xalqaro tashkilotlar, dunyoning ko‘zga 
ko‘ringan yirik siyosat va davlat arboblari 0 ‘zbekistondagi rnavjud 
demokratik jarayonlami, inson huquqlarini himoya qilishn¡ng xalq­
aro tamoyillarga va me’yorlarga mos usuli shakllanayotgani111 yuq°- 
ri baholamoqdalar hamda qoilab-quwatlamoqdalar.
Oliy Majlisnihg «Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) 
to‘g ‘risida»gi Qonuni Oliy Majlis VI sessiyasida o‘rtaga qchyilgan 
vazifalar va istiqbol rejalarining amalga oshayotganidan, sog‘lom 
ma’naviy-huquqiy muhit barqarorlashayotganidan dalolat beradi. 
Mazkur qonun umumxalq muhokamasiga qo‘yilib, keng jafnoatchi- 
lik fikr-mulohazalari o‘rganildi.
Qonun loyihasi xorijiy davlatlaming 0 ‘zbekistondag' vako- 
latxonalari, elchixonalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar, hpkumatga 
va davlatga qarashli bo‘lmagan organlar hamda jam g‘amialarnlng 
e’tiborini tortdi. Ularda katta qiziqish uyg‘otdi.
Qonun loyihasining muhokamasida mamlakat fijqarolan, 
ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, shuningdek, chet ellik hamkurlanrtllz 
ham faol ishtirok etishdi. Ular kiritgan takliflar va bildirg^n mulo- 
hazalar mazkur hujjatni maromiga yetkazishda, uning mazmunan 
boyib, mohiyatan chuqurlashishida katta yordam berdi. Epyiham 
mamlakatimiz va jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosql^hi re- 
alliklariga muvofiqlashtirish, millatimizning tarixiy an’anal^“ ’ tur- 
mush tarzi, aqidalari va aql-zakovatini ifodalagan umumxalq tom°- 
nidan e’tirof etilgan normalar bilan to‘ldirish imkonini berdi-
235


Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi chog‘ida Oliy Maj­
lis va ishchi guruh nomiga 200 ga yaqin mulohaza va taklif tushdi. 
Bu taklif va mulohazalaming barchasi puxta o ‘rganildi, muhokama 
etildi. Ular loyihaning yangi tahriri uchun asos bo‘ldi.
Demokratik islohotlami chuqurlashtirish bo‘yicha mamlakat ko- 
missiyasi yig‘ilishida inson huquqlari bilan b o g iiq ishlar, to‘plangan 
tajribalar va mavjud muammolar ahvoli o‘rganib chiqildi va demok­
ratik jarayonlami takomillashtirish vazifalari to‘g‘risida atroflicha 
fikr almashildi.
Qonun loyihasi bo‘yicha davlat organlarining rahbarlari va mu- 
taxassislar, sudyalar, yurist olimlar, jamoat birlashmalarining vakil- 
lari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya o ‘tkazildi. Unda hali biz- 
ning tajribamizda boim agan, endigina hayotimizga kirib kelayotgan 
ombudsman masalalari nazariy fikrlar va jahon amaliyoti hisobga 
olingan holda keng muhokama etildi. Bir qancha chet davlatlaming 
elchilari va diplomatiya xodimlari, xalqaro tashkilotlaming, shu 
jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va 
Hamkorlik Tashkiloti, Amerika huquqshunoslar uyushmasi ekspert- 
lari ishtirokida qonun loyihasi har tomonlama chuqur ko‘rib chiqildi. 
Shuningdek, mazkur hujjat Oliy Majlis qo‘mitalarining, siyosiy par- 
tiyalar fraksiyalarining majlislarida ham batafsil muhokama etildi. 
Natijada 20 moddadan iborat yangi tahrirdagi qonun loyihasi tayyor- 
landi.
Vakil Oliy Majlisning yordamchi instituti boTib, u ijtimoiy man- 
faatlaming muvozanatiga, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 
eng maqbul davlat tizimi yaratilishiga ko‘maklashadi. Qonun om­
budsman institutining umumiy konsepsiyasi va jahon amaliyotining 
uyg‘unlashgan shakli sifatida inson huquqlari vakili faoliyatining 
asosiy qoidalari - qonuniylik, oshkoralik, adolatparvarlik, insonpar- 
varlik, har bir kishi uchun ochiqlik ekanligini tasdiqlaydi.
Jamiyat taraqqiyotida eng muhim huquqiy vosita boTgan om­
budsman institutining ahamiyati bugun tobora oshmoqda va u kun- 
dalik turmush tarzimizga chuqurroq kirib bormoqda.
Ombudsman fuqarolaming ariza va murojaatlarini ko‘rib chi- 
qishda, zarur axborotni talab qilib olishda mansabdor shaxslar va 
davlat organlari bilan hamkorlik qilmoqda.
0 ‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha vakil instituti amal qi- 
lishining o ‘ziga xos jihati shundan iboratki, faqatgina bizning mam- 
lakatda Vakil fuqarolaming konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qi­
lish bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etadi va unga boshchilik 
qiladi. Vakilning lavozim vakolatlarini yanada kuchaytirish maqsa-
2 3 6


dida uning faoliyatini budjet hisobidan pul bilan ta’minlashni, ma- 
lakali mutaxassislardan iborat Kotibiyat tashkil etilishi mumkinligi 
nazarda tutilgan.
Qonun qabul qilingunga qadar ham Inson huquqlari bo‘yicha 
vakil mamlakat Konstitutsiyasi doirasida faoliyat ko‘rsatar edi. Jum- 
ladan, birgina 1996-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakil hamda fu- 
qarolaming konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi 
bo‘yicha komissiya a’zolari 700 dan ortiq murojaatni ko‘rib chiqdi.
Shikoyatlaming eng ko‘pi fuqarolar sud hukmlaridan, shu jum- 
ladan, mulkiy masalalar, xususan uy-joy masalalari bo‘yicha chi- 
qarilgan qarorlardan norozi ekanliklarini bildirganlar. Ular huquq- 
tartibotni muhofaza qilish organlari xodimlarining qo‘polligini 
bay on etishadi. 46 nafar arizachi asossiz ravishda ushlanganlik va 
ayb qo‘yilganlik xususida shikoyat bergan. Murojaatlarda keltirilgan 
ayrim dalillar prokuratura organlari tomonidan tekshirish vaqtida o‘z 
tasdig‘ini topdi, ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha murojaatlar ham anchagina. Ular 
mansabdor shaxslaming g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shi­
koyat qilishadi. 38 kishi ishdan noto‘g ‘ri bo‘shatilganligi yoki ishga 
tiklash asossiz rad etilganligi xususida yozib, dalillami tekshirish il- 
timosi bilan murojaat qilingan. Ana shunday arizalaming 16 tasidagi 
dalillar o‘z tasdig‘ini topgan va zarur choralar ko‘rilgan.
Fuqarolami Shikoyat yozishga majbur etgan sabablardan biri 
turli bo‘g ‘inlarda huquqiy nigilizm va insonga loqayd munosabatda 
bo‘lish hanuz barham topmaganligi, ko‘p hollarda u yoki bu qiyin- 
chiliklar emas, balki idoraviy, hududiy organlaming, ijtimoiy insti- 
tutlaming mavjud vaziyatni puxta o‘rganishni, arizachiga ahvolni 
batafsil tushuntirish va boshiga kulfat tushgan kishiga ozgina bo‘lsa- 
da, yordam berishni istamasliklari sabab boim oqda.
Ayrim sudlarda fuqarolar ishlarini bir tomonlama, yuzaki, ayb- 
lov tomonga qaratib ko‘rib chiqish faktlariga hanuz barham berilma- 
gan. Tergovni qo‘pollik bilan, shaxsning huquqlari, sha’ni va qadr- 
qimmatini kamsitadigan usullarda olib borish hollari mavjud. Ayrim 
mansabdor shaxslar «Fuqarolaming murojaatlari to ‘g‘risida»gi Qo- 
nunga, Mehnat kodeksi va boshqa hujjatlarga amal qilmayaptilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi qatnashayotgan xalqaro shartnomalar 
va bitimlar ijro etilishi ustidan nazorat qilish ham Inson huquqlari 
bo‘yicha vakil faoliyatining muhim yo‘nalishidir.
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt ham­
da qiynoqlarga solishga, muomalada bo‘lish va jazolashning bosh­
qa shafqatsiz, g ‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni tahqirlovchi turla-
2 3 7


riga qarshi Konvensiya qanday bajarilayotganligi Inson huquqlari 
bo‘yicha vakilning o ‘tgan davrdagi faoliyatida muhim o ‘rin tutadi. 
Ushbu hujjatlarda bayon etilgan normalar sud islohoti va huquqni 
tatbiq etish amaliyotini, xususan qamoqqa olish yoki nazorat ostida 
saqlash oqibatida ozodlikdan mahrum etish vaqtida sudning rolini 
oshirishni talab etadi. Vakil «Fuqarolaming huquqlari va erkinlik- 
larini buzuvchi xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga muroja- 
at qilish to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosidagi 
sustkashlik mavjudligini ko'rsatadi.
«Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) 
to‘g ‘risida»gi Qonunga muvofiq va 1996-yilgi ish tajribasiga asosla- 
nib, 0 ‘zbekiston Ombudsmani o‘z faoliyati uchun keyingi yillarda 
quyidagi ustuvor yo‘nalishlami belgilab oldi:
- 0 ‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari masalalariga 
doir qonun hujjatlariga (shu jumladan xalqaro konvensiyalarga) ri- 
oya etilishida nazoratni ta’minlash va ulami takomillashtirishga 
ko‘maklashish;
- shikoyatlar ko‘rib chiqilishining aniq mexanizmini yaratish va 
fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralami ko‘rish;
- Ombudsmanning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va omma- 
viy axborot vositalari bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi 
hamkorligini mustahkamlash;
- fuqarolaming turli toifalari o‘rtasidagi axborot-ma’rifat faoli- 
yatini amalga oshirish;
- Ombudsmanning inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro 
tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish.
Aholining nozik qatlamlari bo‘lmish bolalar, xotin-qizlar, qari- 
yalar, nogironlar va boshqalaming huquq hamda erkinliklariga rioya 
etilishini ta’minlash va ulami himoya qilishga alohida e’tibor qara- 
tilganini ta’kidlash lozim.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi Qonunning 
1-moddasiga muvofiq, Vakilning qonun hujjatlarini takomillashtiri- 
lishiga ko‘maklashishi qonun loyihalari o‘rganilishi jarayonida ular- 
ning inson huquqlari sohasidagi xalqaro mezonlarga qay darajada 
muvofiq ekanligini ko‘rib chiqish orqali amalga oshirilmoqda.
Birgina 1997-yilda Vakil tomonidan Insonning konstitutsiyaviy 
huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiyaning, Oliy 
Majlis qo'mitalarining a ’zolari, Amaldagi qonun hujjatlari monito­
ringi instituti, huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tashkilotla­
ri, inson huquqlari bo‘yicha boshqa milliy tuzilmalar vakillari bilan 
birgalikda «Fuqarolaming murojaatlari to‘g‘risida», «Fuqarolaming
2 3 8


huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlari va qarorlar 
ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi qonunlarga, Toshkent 
viloyatida «Bola - huquqlari to‘g‘risida»gi konvensiyaga, Sirdaryo 
viloyatida esa «Xotin-qizlami kamsitishning barcha shakllariga bar- 
ham berish to‘g‘risida»gi konvensiyaga, Toshkent shahri va Tosh­
kent viloyatida «Mehnat kodeksi»ga qay darajada rioya etilayot- 
ganligi to‘g‘risida tekshirish o‘tkazildi, mutasaddi tashkilotlar bilan 
ko‘rib chiqildi, aniqlangan muammolarai bartaraf qilishga qaratilgan 
chora-tadbirlar belgilandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili BMTning Inson 
huquqlari bo‘yicha markazi, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tash- 
kilotining demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi 
bilan yaqin hamkorlikni yoTga qo‘ygan. Natijada, chet el delegatsi- 
yalari bilan 24 uchrashuv o ‘tkazildi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil BMTning Inson huquqlari 
bo‘yicha komissiyasining Jenevada boTib o ‘tgan 52-sessiyasining 
majlisida qatnashdi va so'zga chiqdi. Chet ellarga xizmat safari da- 
vomida Inson huquqlari bo‘yicha vakil BMT seminarida, BMTning 
Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlaridagi vakillarining mintaqa- 
viy uchrashuvida so‘zga chiqdi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik 
Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlaming bir qator kengashlari 
hamda seminarlari ishida qatnashdi.
Shunday qilib* mustaqil O4 zbekistonda inson huquqi va erkinlikla­
rini ta’minlash uchun keng imkoniyat yaratildi. Bu 0 ‘zbekistonda qu- 
rilajak adolatli, demokratik, fuqarolik jamiyatining muhim omilidir.
2006-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakili 0 ‘zbekiston Res- 
publikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taqdim etgan bir qator qonun lo- 
yihalarining inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish maq- 
sadida huquqiy ekspertizadan o’tkazdi. Chunonchi, Ombudsman 
instituti «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Qonuniga, 0 ‘zbekiston Respublikasining Soliq ko- 
deksiga hamda 0 ‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga 
qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, « 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Oila kodeksiga o ‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, 
« 0 ‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiri­
tish to‘g ‘risida»gi qonun loyihalariga va boshqa qonun loyihalariga 
oid o‘z takliflarini taqdim etdi.
2006-yilda Ombudsman institutiga 7655 ta, shu jumladan mar- 
kaziy idoraga 4753 ta, mintaqaviy vakillarga 1377 ta, takroran 878 
ta murojaat tushdi, ishonch telefoni orqali 647 ta murojaat bo‘yicha
2 3 9


yuridik maslahat va tushuntirishlar berildi. Inson huquqlari bo‘yicha 
vakil nomiga fuqarolaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy man- 
faatlari buzilayotganligi haqida kelgan murojaatlardan 1434 tasi na- 
zoratga olindi. Hisobot davrida 351 ta murojaat ijobiy hal qilindi, 
qolganlari ko‘rib chiqilmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- 
lisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga pochta orqali 3444 ta, 
qabul vaqtida 1309 ta murojaat tushdi. Murojaat qilganlaming 2439 
nafarini xotin-qizlar, 1858 nafarini erkaklar tashkil etdi, shuningdek, 
456 ta jamoaviy shikoyat tushdi.
Ombudsman tomonidan shaxsan 14 ta qabul o‘tkazilib, ularda 
118 nafar fuqaro qabul qilindi, 72 ta murojaat nazoratga olindi, 46 
ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berildi. Vakil tomonidan mamlakat 
mintaqalariga, shu jumladan Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy 
viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasiga borib, fuqarolar qa- 
buli ham o‘tkazildi. Xotin-qizlaming mehnat huquqlarini ta’minlash 
monitoringini o‘tkazish jarayonida Ombudsman Andijon, Naman­
gan va Farg‘ona viloyatlaridagi to‘qimachilik sanoati korxonalarida 
ishlaydigan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Joylarga borilgan vaqtda 
mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
ishida inson huquqlarini ta’minlash, mintaqaviy vakillar faoliyati sa- 
maradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Viloyatlar va 
huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuvlar 
hamda suhbatlar tashkil etildi, penitensiar muassasalar monitoringi 
o ‘tkazildi.
Hisobot davrida inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan 17 ta 
xulosa tayyorlanib, shulaming 10 tasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudiga, 4 tasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, 1 tasi 
Samarqand viloyat prokuraturasiga va Samarqand viloyat hokim- 
ligiga, 1 tasi jinoyat ishlari bo'yicha Jizzax viloyat sudiga va 1 tasi 
Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Parlament Ombudsmani nomiga mamlakatning barcha minta- 
qalaridan fuqarolaming turli masalalar va muammolar bayon etilgan 
murojaatlari keldi. Fuqarolaming eng ko‘p murojaatlari Toshkent 
shahridan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent vilo- 
yatlaridan yoTlangan.
Fuqarolaming murojaatlari da ko‘proq ijtimoiy-iqtisodiy huquq- 
lami ta’minlash - 1563 ta (33 foiz), yashash, erkinlik va shaxsiy 
daxlsizlik huquqiga, insoniy muomalaga va qadr-qimmatni hurmat- 
lash huquqiga rioya etish - 1104 ta (23 foiz), sudda ishni adolat 
bilan ko‘rish huquqiga - 1009 ta (21 foiz) rioya etish bilan bogTiq 
masalalar ko‘tarildi.
2 4 0


0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari 
bo‘yicha vakili turli davlat organlari, ijtimoiy tuzilmalar, chet ellik 
sheriklar bilan faol hamkorlik qilib, ularga 3634 ta murojaatni, shu 
jumladanhal qilish uchun nazoratga olingan murojaatlami yo‘lladi.
Mamlakatimiz fuqarolari tomonidan yo‘llangan shikoyatlardan 
tashqari chet davlatlardan ham 45 ta murojaat tushdi.
Hisobot davrida takroriy murojaatlar soni oldingi yildagiga qa- 
raganda kamaydi (2005-yilda - 1004, 2006-yilda - 878). Bu hol Om- 
budsmanga yuborilgan shikoyatlami hal qilish natijadorligi birmun- 
cha oshganligidan dalolat beradi. Ombudsman bu shikoyatlami davlat 
hokimiyati organlari, sud va huquqni muhofaza qilish tuzilmalari bilan 
hamkorlikda o'rganib bordi. Amalga oshirilayotgan ma’muriy islohot- 
lar jarayonida mansabdor shaxslaming Ombudsman murojaatlarini 
ko‘rib chiqish borasidagi mas’uliyati oshdi, ular ariza bemvchilar to­
monidan ko‘tarilayotgan muammolami ancha e’tibor bilan va tezkor 
ravishda hal etib, fuqarolaming shikoyatlarini ko‘rib chiqish natijalari 
haqida Vakilni o‘z vaqtida xabardor qila boshladilar.
Biroq, ayrim mansabdor shaxslaming Ombudsman murojaatiga 
javob berish muddatlarini buzishi, murojaatlami hal qilish uchun 
quyi pog'onalarga yuborib, so‘ngra ulaming ijrosini nazorat qil- 
masligi yoki masalaning mohiyatiga daxldor boim agan axborotni 
jo ‘natishi, ba’zan esa arizachining dalillarini tekshirmasdan, ras- 
miyatchilik yuzasidan yoki nomigagina javob berishi kabi holatlar 
ham mavjud. 2006-yilda Ombudsmanning 120 ta murojaati bo‘yicha 
javoblar o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi munosabati bilan 35 ta 
so‘rov, shu jumladan Ta’lim vazirligiga 2 ta, Oliy va o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi vazirligiga 2 ta, hokimliklarga 22 ta, sud organ- 
lariga 26 ta, prokuratura organlariga 53 ta fuqarolar shikoyatlari 
yuzasidan so‘rov yuborildi. Ushbu hol « 0 ‘zbekiston Respublika­
si Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) 
to‘g ‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunining 22-moddasi 
to‘liq ishlamayotganligidan dalolat beradi. Bu esa o ‘z navbatida mil- 
liy qonun hujjatlarini mazkur qonunga muvofiqlashtirish zamrligini 
ko‘rsatadi. Ombudsman haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun 
mansabdor shaxslami ma’muriy javobgarlikka tortish mumkinligi 
o ‘z manfaatlarini himoyalashning hamma huquqiy mexanizmlaridan 
foydalangandan keyin Inson huquqlari bo‘yicha vakilga murojaat 
qilayotgan arizachilarga tezkorlik bilan javob berish va ulaming mu- 
ammolarini hal qilish imkonini beradi. 
**
2006-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson 
huquqlari bo‘yicha vakiliga tushgan murojaatlami sinchiklab tahlil
241


qilish inson huquqlari va erkinliklari buzilishiga olib keluvchi sa- 
bablarga barham berish yuzasidan ehtiyot choralarini ko‘rish bora- 
sidagi ishlar quyidagi hollarda samarali bo‘lishini ko‘rsatmoqda:
-

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin