Birinchidan,
yangi jamiyatga o‘tishda boshqaruv tizimida jid-
diy buzilishlarga yo‘l qo‘ymasdan, MDHga a ’zo ayrim mamlakat-
larda
bo‘lganidek, iqtisodiyotni boshqarishning real dastaklarini
qoidan chiqarib yubormaslik kerak edi. Chunki yangi tuzilayotgan
idoralar tajribaga va bozor sharoitlarida o'zini o'zi boshqarish mexa-
nizmiga ega edi.
Ikklnchidan,
o‘tish davrida yetuk bozor munosabatlari va me-
xanizmlari ham uzil-kesil shakllanmagan edi. Shuning uchun bozor
munosabatlari tarkib topgan va bu yo‘nalishda endigina qadamlar
tashlayotgan mamlakatlardagi boshqaruvni tashkil etishning turli ti-
zimlari o ‘rganildi. Shu asnoda butun xalq xo‘jaligini, tarmoqlar va
hududlami boshqarishning eng maqbul va hozirgi sharoitlarga mos
tuzilmalari topildi. Buning mohiyati ishlab chiqarishning markaz-
lashtirilgan tartibda rejalashtirish va tashkil etishdan moliyani, mod-
diy xomashyo boyliklarini davlat tomonidan boshqarish tizimidan
voz kechishni bildirar edi.
Yana shuni aytish kerakki, 0 ‘zbekistondagi boshqaruvni izchil,
bosqichma-bosqich tashkil etish modeli keng jamoatchilik tomoni
dan ma’qul deb hisoblandi.
1991-yil 6-sentabrida respublika mustaqilligi hamda hududiy
yaxlitligini himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzil-
di. Shu maqsadlami ko‘zlab uning tarkibida 1992-yil yanvar oyida
0 ‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi brigadasini ham barpo
etish lozim topildi. 1992-yil iyulidan u Mudofaa vazirligiga aylanti-
rildi.
Mudofaa tizimidagi bunday o‘zgartirishlaming sababi nimada?
Buni shunday izohlash mumkin: mamlakat mustaqilliginmg
dastlabki (Farmon oltinchi kundayoq e ’lon qilindi) kunlaridanoq
122
uning mudofaasini ta’minlashga kirishish, SSSRning jazavasi tut-
gan, o'zining so‘nggi nafasini olayotgan bir paytida uning dunyoni
zir titratgan qurolli kuchlari tarkibidan asta-sekinlik bilan shovqin
ko‘tarmasdan chiqib olish uchun aw al Mudofaa ishlari vazirligi-
ni tashkil etish zarur edi. Chunki, Mudofaa vazirligi iborasida aniq
maqsad va qat’iy harakat mazmuni bor. Shuning uchun dastlab
shunchaki mudofaa ishlari bilan shug‘ullanuvchi mahkama tuzilga-
nini ma’lum qilish, so‘ng esa haqiqiy maqsadga bexavotir intilish
kerak edi.
Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilganidan so‘ng milliy gvar-
diya brigadasi tuzildi. Bu strategik maqsadga erishish yoiidagi tak-
tika edi. Bir hovuchgina sanoqli askarlar brigadasini tuzishdan hech
kim shubhaga bormas va unga monelik qilmas edi. Milliy gvardiya,
aytish mumkinki, har tomonlama qurollangan, huquqiy, siyosiy va
ma’naviy jihatdan mustahkamlangan milliy armiyaning debochasi-
dir.
Ana shunday murakkab, ziddiyatli va tahlikali bir sharoitda
0 ‘zbekiston Mudofaa vazirligi va uning qurolli kuchlari tizimi vu-
judga keldi.
0 ‘zbekistonda Adliya idoralarining mavqeyi va mas’uliyatini
oshirish, aholiga huquqiy xizmatni yaxshilash, fuqarolaming kons-
titutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni
kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi faoliyatini takomillashti-
rish tadbirlari belgilandi. Vazirlik mamlakatda huquqqa doir siyo-
satni o ‘tkazishda davlat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtiradi,
boshqa markaziy idoralar bilan birgalikda 0 ‘zbekiston Respublikasi
hamda uning fuqarolari huquqlari va qonuniy manfaatlarining himo
ya qilinishini ta ’minlaydi.
0 ‘zbekiston iqtisodiyoti rivoji bilan shug‘ullanuvchi davlat
idoralari tizimida tubdan o‘zgarishlar qilindi. Mamlakatda 1990-yil
dekabrida Davlat reja qo'mitasi Iqtisod komissiyasiga aylantirildi.
1992-yilda shu komissiya negizida Vazirlar Mahkamasi huzurida res-
publikaning Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi tashkil etildi,
uning aw algi vazifalari yanada kengaytirildi. 1992-yil 5-avgustida
esa ushbu qo‘mita va statistika davlat qo‘mitasi negizida Vazirlar
Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi va
joylarda uning tegishli idoralari barpo etildi. Qo‘mita vazifalariga
0 ‘zbekistonni taraqqiy ettirishning ustuvor yo‘nalishlari va tashqi
iqtisodiy aloqalar strategiyasini ishlab chiqish, aholi moddiy ftro -
vonligini oshirish va uni ijtimoiy muhofaza etish, yagona statistika
siyosatini o‘tkazish kabilar kiritildi.
123
1997-yildan ushbu Qo‘mita Makroiqtisodiyot vazirligiga ay-
lantirildi. 0 ‘zbekistonda moliya idoralarini boshqarish tashkiliy
tuzilmasini va narx belgilash tizimini takomillashtirish tadbirlari
belgilandi. Shu boisdan narxlarga do ir davlat siyosatini o ‘tkazish
vazifalari Moliya vazirligiga topshirilib, u Davlat narxlar qo‘mitasi
bilan birlashtirildi.
Xalq xo‘jaligini xomashyo, yoqilg‘i va boshqa moddiy-texnika
resurslari bilan ta’minlashga ham jiddiy e ’tibor berildi. Bu sohaga
rahbarlik qiluvchi idoralar takomillashtirildi. 1991-yil fevralida xalq
xo‘jaligining mineral-xomashyo zaxiralariga bo‘lgan ehtiyojlarini
ta’minlash maqsadida geologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot, ishlab
chiqarish va boshqaruv idoralari negizida 0 ‘zbekiston SSR Davlat
geologiya va meniralogiya qo‘mitasi tashkil etilib, uning vakolatlari
belgilandi.
1992-yil may oyida neft va gaz konlarini har tomonlama va
samarali o ‘zlashtirish, xalq xo‘jaligi va aholini gaz, gaz konden-
sati, neft hamda ulami qayta ishlash mahsulotlari bilan barqaror
ta’minlash, neft va gaz sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillash
tirish maqsadida shu sohada mavjud bo’lgan ishlab chiqarish bir-
lashmalari asosida 0 ‘zbekiston neft va gaz sanoati davlat konsemi -
« 0 ‘zbekneftgaz» tashkil etildi va uning vazifalari tayin etildi.
Konsemlar xalq xo’jaligiga davlat rahbarligi tizimidagi yangi
shakl edi. U sanoat sohasida hundan ilgari ham barpo etilgan edi. Bu
0 ‘zbekistonning o ‘z mustaqilligiga erishishi, ittifoq tobeligidagi sa
noat tarmoqlarining ham respublikaga berilishi, bozor iqtisodiyotiga
o‘tilishi, ma’muriy buyruqbozlik usulining cheklana borishi bilan
bog'liq bo‘ldi. Masalan, 1990-yil oktabrida 0 ‘zbekiston SSR Vazir-
lar Kengashi sanoat tarmoqlari bo‘yicha o‘zbek davlat konsemlari-
ni tuzish to‘g ‘risida qaror qabul qildi. Qarorga binoan, 0 ‘zbekiston
Davlat kimyo sanoati, metallurgiya sanoati, mashinasozlik, qishloq
xo‘jaligi va avtomobil mashinasozligi, radio elektronika (elektro-
texnika va asbobsozlik bilan birga), paxta tozalash sanoati ilmiy-
texnikaviy ta’minlash konsemlari tuzildi.
Prezidentning 1992-yil 27-oktabrdagi Farmoni bilan ijara kol-
lektiv, hissadorlik tashkilotlarini hamda mulkchilikning bosh
qa shakllariga asoslangan montaj, ixtisoslashtirilgan qurilish,
sozlash, ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlarini sanoat va naq-
liyot korxonalarini ixtiyoriy paychilik asosida birlashtiruvchi
« 0 ‘zmontajmaxsusqurilish» ishlami xo‘jalik assotsiatsiyasi tashkil
etilib, shunday vazirlik esa tugatildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari vazirligi negizida
124
Don mahsulotlari (« 0 ‘zdonmahsulot») davlat konsemi tashkil etilib,
uning zimmasiga xalq xo‘jaligini va aholini ovqatbop don, un va
non, qandolat mahsulotlari, omixta yem bilan ta’minlash, nonvoy-
xona, makaron tegirmonyorma va omixta yem sanoati korxonalari
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vazifalari yuklandi.
Bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida 0 ‘zbekistonda
dehqonchilik sanoat kompleksi boshqaruv tuzilmasini takomillashti-
rish, respublika o‘rmon xo‘jaligi boshqaruv ishini yaxshilash, milliy
aviakompaniyani tashkil qilish to‘g‘risida ham Farmonlar qabul qi-
linib, ularda sanoat, qishloq xo‘jaligi va naqliyotga davlat rahbarli-
gining navbatdagi muammolari hal etib berildi. Masalan, Prezident-
ning 1990-yil 8-dekabrida imzolagan Farmonida shunday deyiladi:
«Dehqonchilik-sanoat kompleksida davlat va xo‘jalik boshqaruv
vazifalarini farqlab qo‘yishga oid aniq tadbirlami amalga oshirish,
jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi
korxonalarining iqtisodiy mustaqilligini rivojlantirish, bozor muno
sabatlarini joriy etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qaror
qilaman:
0 ‘zbekiston SSR qishloq xo‘jaligi davlat kooperativ qo‘mitasi
kengashi va hay’atining 0 ‘zbekiston SSR qishloq xo‘jaligi davlat
kooperativ qo‘mitasini 0 ‘zbekiston SSR qishloq xo‘jaligi jumhuri-
yat vazirligiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin». Shu-
ningdek, Paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish davlat
hissadorlik assotsiatsiyasi ham tashkil etildi.
Xalq xo‘jaligini rivojlantirishda fan va texnikaning ahamiya-
ti katta. Shu sababdan ulami ravnaq toptirish, erishilgan natijalami
amaliyotga tatbiq etish sohasidagi ishlarga ham jiddiy e ’tibor berildi.
Maxsus Farmonlar bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika
davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzurida esa Oliy Attestatsiya
Komissiyasi (OAK) tashkil qilindi. Mamlakat Fanlar akademiyasiga
o ‘zini o ‘zi boshqaruvchi mustaqil tashkilot sifatida maqom berildi.
Iqtisodiy hayotda bozor munosabatlariga o‘tish aholining ijti-
moiy himoyalanishini, davlat mustaqilligiga erishish esa milliy va
madaniy qadriyatlar ahamiyatini oshirishni talab etadi. Shunday
sharoitda ijtimoiy-madaniy qurilish sohasida davlat rahbarligini ta-
komillashtirish ham jiddiy ahamiyatga ega. Chunonchi, 1992-yil
5-mayda aholiga savdo xizmatini tubdan yaxshilash, iste’mol bozori-
ni kengaytirish maqsadida respublika savdo vazirligi « 0 ‘zbeksavdo»
0 ‘zbekiston davlat hissadorlik uyushmasiga aylantirildi.
Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni va bu sohani boshqarishni
yaxshilash dolzarb masaladir. Ana shu maqsadlami nazarda tutib,
125
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi aholiga
maishiy xizmat ko‘rsatish davlat kooperativ markazi va uning joy-
lardagi idoralari o‘miga maishiy xizmat korxonalari va tashkilotla-
ri 0 ‘zbekiston Respublikasi va hududiy uyushmalari tashkil etildi,
ulaming vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
Ommaviy axborot vositalari va targ‘ibot-tashviqot ishlarini ta-
komillashtirish maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi televideniye
va radio eshittirishlari davlat qo‘mitasi 1992-yil yanvar oyidan
0 ‘zbekiston davlat teleradio eshittirishlar kompaniyasiga aylantiril-
di. Madaniyat va san’atni rivojlantirish hamda ulaming ma’naviy va
axloqiy tarbiyadagi mavqeini oshirish maqsadida 1992-yil mart oyi-
da qabul etilgan Farmon bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat
vazirligining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning
faoliyatini yaxshilash tadbirlari belgilandi. Shu vazirlik negizida
0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va 0 ‘zbekiston
Respublikasi Davlat kino kompaniyasi tashkil qilindi. Xususan, Ma
daniyat ishlari vazirligi, milliy madaniyat sohasida davlat siyosatini
amalda ro‘yobga chiqarish, xalq boy an’analarini tiklash va ulami
yanada takomillashtirish, mamlakat ijodiy uyushmalari bilan uzviy
hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro madaniy aloqalami kengayti-
rish kabi vazifalami bajaradigan bo‘ldi.
Respublikaning tashqi faoliyati masalalari bo‘yicha shug‘ulla-
nadigan idoralari tizimi ham takomillashtirildi. Jumladan, 1991-yil
7-sentabrida 0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat mil
liy banki tashkil qilindi.
1992-yil 21-fevralida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzil-
di, o ‘sha yili 10 avgustda esa 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat boj-
xona qo‘mitasi barpo etildi, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni
rag‘batlantirish, xorijiy sarmoyalami jalb etish va himoya qilish cho-
ralari belgilandi. 0 ‘zbekiston hududida sayohat sohasidagi yagona
siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirishni ta’minlaydigan muvofiq-
lashtiruvchi bosh idora sifatida « 0 ‘zbekturizm» milliy kompaniyasi
ham barpo etildi.
1992-yil oxiri va 1993-yil boshida ham bir necha markaziy
boshqaruv idoralari tashkil etildi. Ular qatoriga 0 ‘zbekiston sanoat
va xo‘jalik qurilishi davlat korporatsiyasi, 0 ‘zbekiston avtomobil
naqliyoti davlat hissadorlik korporatsiyasi, 0 ‘zbekiston avtomobil
yoTlari qurish va foydalanish davlat hissadorlik konsemi kabilar ki-
radi.
Markaziy boshqaruv idoralari tizimining takomillashuvi va
ayrimlarining yangidan tashkil etilishi, shuningdek, Prezidentlik la-
126
vozimining yuzaga kelishi Vazirlar Mahkamasi huquqiy maqomining
o‘zgarishi, asosan, ikki holat bilan izohlanishi, ya’ni 0 ‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi va uning bozor iqti-
sodiga o ‘ta boshlashi bilan chambarchas b o g iiq ekanligidir.
Xulosa sifatida ikki muhim jihatni alohida ta’kidlash lozim.
Dostları ilə paylaş: |