Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Bizning mamlakatimizda, - deb ko‘rsatgan edi I. Ka­



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Bizning mamlakatimizda, - deb ko‘rsatgan edi I. Ka­
rimov, - demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat
qilishi, qonunga itoat etishi kabi fazilatlarga mos ravishda rivoj-
lanishi zarur. Axloqiy, ma’naviy qadriyatlar siyosiy munosabat-
larda ham ustunlik kasb etishi darkor.» 
Bunday qadriyatlar res- 
publikamiz sharoitida, aw alo, aholi zich yashaydigan mahallalarda 
shakllanadi. Shuning uchun respublikamizda mustaqillik yillarida 
ijtimoiy-siyosiy hayotda, demokratik jarayonlami chuqurlashtirishda 
mahallalar rolini oshirishga katta e’tibor berildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida 
ta’kidlanishicha, «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular 
tarkibidagi mahallalar hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolar- 
ning yig‘inlari o‘zini o‘zi' boshqarish organi bo Tib, ular ikki yarim
136


yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. 
O'zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil 
ctish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi».
Darhaqiqat, mahalla - 0 ‘rta Osiyoda shaharlar ichidagi hududiy 
birlik boTib, u bizga o‘tmishdan meros b o iib qolgan. Arablar istilosi 
va islom dini qabul qilinganidan ancha ilgari paydo boigan mahalla 
cheklangan hududda istiqomat qiluvchi odamlar birlashmasi bo‘lib, 
unda odamlar faqat qo‘shnichilik rishtalari bilan emas, balki yuz- 
lab yillar davomida yaratilgan ichki tartib-qoida, ma’naviy-axloqiy 
normalar, urf-odatlar va an’analar bilan belgilangan. Shuning uchun 
ham undan minglab kishilami faol ijtimoiy hayotga jalb etishning 
samarali vositasi sifatida foydalanish lozim.
Ong va tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar hamisha qi- 
yinchilik bilan amalga oshirilgan. Jumladan, yillar mobaynida on- 
gimiz va tafakkurimizga singib ketgan tanballik, imon-ixtiyorimizni 
«yuqori»ga topshirib qo‘yish illatlari bugungi demokratik jarayon- 
larga to‘siq boimoqda. Uning salbiy oqibatlari chuqurlashib bora- 
yotgan yangilanishlar mohiyatini anglashga, butunlay yangi turmush 
tarzining shakllanishiga, inson haq-huquqlarining kengayishiga va 
jamiyatda shaxs rolining oshib borishiga monelik qilmoqda.
Ijtimoiy turmushning hamma sohalarini demokratiyalash, o ‘zini 
o ‘zi idora qila olish fazilatlarini kuchaytirish, o‘z hayotini o ‘zi tash­
kil etish tamoyiltarini kundalik faoliyatga aylantirish nihoyatda mu- 
rakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon. U siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va 
ma’naviy-axloqiy sohalarda yangicha tafakkur tarzini talab etadi. Bu 
jarayon chin ma’noda har bir fuqaro mehnati, yaratuvchilik qobili- 
yati orqali o ‘z turmushini izga solishi asosida butun jamiyat hayotini 
mazmunan yangilash, unga butunlay yangi qiyofa baxsh etish bilan 
bog‘liq. Bu o ‘z navbatida jamiyatni tubdan isloh qilish jarayoni- 
da fuqarolaming o ‘z-o‘zini boshqarish mahalliy organlari faoliyatini 
tubdan o’zgartirishni, uni milliy an’analar va jahon tajribalari asosi­
da qaytadan tashkil etishni taqozo etadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida xalq deputatlari mahalliy Kengash- 
larini uchta hududiy bo‘g‘inga bo‘lish mumkin. Birinchi hududiy 
bo‘g ‘inga xalq deputatlari shahar, tumanga bo‘ysunadigan shaharlar, 
shaharlardagi turnan kengashlari kiradi. Ikkinchi hududiy bo‘g ‘inga 
xalq deputatlari turnan, Toshkent shahridagi turnan, shahar kengash­
lari kiradi. Uchinchi hududiy bo‘g ‘inga esa xalq deputatlari viloyat, 
Toshkent shahar Kengashlari kiradi. 
&
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining barcha bo‘g ‘inlari 
huquqiy shaxs hisoblanadilar va ular qonun bilan o‘z ixtiyoriga be-
137


rilgan istalgan masalalami mustaqil hal qilishga haqlidirlar. Mahalla 
o‘zini o ‘zi boshqarishning asosiy bo‘g‘ini. Bu aholining ijtimoiy ma- 
salalarini hal etishda muhim rol o‘ynaydi.
Mahalla 0 ‘rta Osiyoda qadimdan hududiy-ma’muriy birlik hi- 
soblanadi. Bu yerda har bir yashovchi taqdiri, orzu-umidi, hayotga 
va odamlarga munosabati qat’iy nazoratda turgan. Bir-biri bilan hi- 
soblashib yashagan. Shu bilan birga mahallachilik uzoq an’analarga 
va xalqimiz tarixiga, uning boy m a’naviy-axloqiy udumlariga 
bog‘liq bo‘lgan ulkan hayot maktabi.
0 ‘zbekistonda o‘zini o ‘zi boshqarish organlari va mahalliy ho- 
kimiyatlar faoliyatini takomillashtirish asosida mamlakatda demok- 
ratik jarayonlami chuqurlashtirish maqsadida Oliy Kengashning 
1993-yil sentabrda qabul qilgan «Fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqa­
rish organlari to‘g ‘risida»gi Qonun, alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Tub islohotlar davrining eng muhim va dolzarb talablariga muvofiq 
tarzda yuzaga kelgan ushbu qonun ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayo- 
timizda katta voqea bo‘ldi. 0 ‘zbekistonda o‘z-o‘zini boshqarishni 
tashkil etish va uni amalga oshirish 0 ‘zbekiston Respublikasi Kons- 
titutsiyasida ham alohida ta’kidlangan. Uning 105-moddasida «Sha- 
harcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahal- 
lalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolaming yig‘inlari, 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga 
raisni va uning maslahatchilarini saylaydi» deyilgan. Bu bilan mam- 
lakatimiz birinchi marta fuqarolar yig‘ini o ‘zini o‘zi boshqarish or- 
gani sifatida e ’tirof etildi va ulaming huquqiy maqomi, vakolatlari 
qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yildi.
«Fuqarolaming o ‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g ‘risida»gi 
Qonunning 1-moddasida « 0 ‘zini o‘zi boshqarish organlari jami- 
yat va davlat ishlarini bajarishda qatnashishga doir o‘z huquqlarini 
ro‘yobga chiqarishlarida fuqarolarga ko‘maklashadi, o‘z hududlari- 
dagi ijtimoiy va xo'jalik masalalarini hal etish, ommaviy-madaniy 
tadbirlar o ‘tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, mamlakat hukumatining qa- 
rorlarini bajarishda yordamlashadi.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni ifodalovchi muhim belgilar- 
dan biri o‘z faoliyatini hududiy tamoyil asosida tashkil etishdir.
M a’lum bir hudud birlashgan jamoa o ‘zini o ‘zi boshqarish ido- 
ralarini ma’lum turar joy mavzesi, qishloq, posyolka, ko‘cha hududi- 
da tashkil etadi».
Mazkur qonunning 2-moddasida hududiy yondashishning o‘ziga 
xos xususiyatlari alohida belgilangan. Jumladan, «Mahallalar fao-
138


liyat ko‘rsatayotgan hududlar fuqarolarining taklifiga ko‘ra tuman, 
shahar hokimi tomonidan belgilanib, qabul qilingan qaror tegishli 
hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi».
Qonun fuqarolar yig‘inida yoki majlisida qaror qabul qilishga 
imkon beruvchi huquqiy me’yorlar va imtiyozlami ko‘rsatib berdi. 
Fuqarolar yig‘ini unda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lganlaming 
kamida yarmi, vakillar majlisi esa delegatlaming uchdan ikki qismi 
qatnashganda qonuniy kuchga kiradi. Yig‘inni rais yoki uning masla- 
hatchilaridan biri olib boradi. Qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan 
qabul qilinadi va u hokimga yuboriladi.
Bulaming hammasi mahalliy o ‘z-o‘zini boshqarish idoralari fa- 
oliyatining demokratik asoslari mahalliy share itga yaqinlashtirilga- 
nini, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berilganini va aholining 
jamiyatni boshqarishda mumkin qadar ko‘proq ishtirok etish imko- 
niyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Fuqarolar yig‘ini vakolatlari kengaytirildi. Ular qonunning 17- 
moddasiga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan 
kelishgan holda savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga madaniy- 
maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ish vaqtini aholiga qulay 
holda belgilashlari, ma’muriy komissiya tashkil etishlari mumkin. 
Bu mamlakatda fuqarolar faolligini oshirish, shu asosda o‘z turmu- 
shini yo‘lga qo‘yish va jamiyat umumiy qiyofasini shakllantirish 
imkonini beradi. 
*
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakat «Mahal- 
la» xayriya jam g‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1992-yil 12- 
sentabrdagi hamda «Mamlakat «Mahalla» xayriya jam g‘armasiga 
mablag‘ ajratish to‘g‘risida»gi 1992-yil 8-oktabrdagi farmonlari kat- 
ta siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega b o id i. Ayni paytda mahalla 
qo‘mitalari o ‘z hududlarida istiqomat qiluvchi kambag'al oilalarga, 
nogironlarga, yolg‘iz keksalarga moddiy yordam berish hamda aho- 
lini ijtimoiy muhofaza qilish borasida keng miqyosli ishlami olib 
bormoqda.
Hukumat dastlab budjet hisobidan 25 million so‘m mablag‘ aj- 
ratdi. Bu joylarda mahallalar rolini oshirish, ular faoliyatini tako- 
millashtirish uchun qulay imkoniyatdir. Keyingi yillarda ham fu- 
qarolaming turmush tarziga, ulaming xulqi va kayfiyatiga odatda 
qishloq va mahalla qo‘mitalariga saylanadigan hurmatli oqsoqollar 
ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kuch ekanligini hisobga olib, qishloq va 
mahalla komitetlarining roli va obro‘sini yanada mustahkamlallh va 
qo‘llab-quwatlash chora-tadbirlari ko‘rildi.
Mamlakatda mahalla qo‘mitalari raislari hamda kotiblariga oy-


lik ish haqi belgilandi. Qisqa vaqtda bu maqsadlarga mahalliy bud- 
jetdan 10 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi. 1994-yil oxirlariga 
kelib respublikada 12,4 ming mahalla shakllantirildi. Ular o‘z faoli- 
yatlarida 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, o ‘zlari haqidagi 
Nizomga, mahalliy hokimiyatning mahalla fuqarolarining yig‘ilishi 
haqidagi qarorlariga amal qilib ish tuta boshladilar.
0 ‘zbekistonda fuqarolaming o‘z-o‘zini boshqarish organlarini 
takomillashtirish kundalik hayotimizda demokratiyani chuqurlashti- 
radi, davlat rolini asta-sekinlik bilan mahalliy organlar zimmasiga 
yuklaydi. Bu hozirgi zamon jahon ilg‘or tajribalariga mos keladi va 
dunyoviy davlat tamoyillarini boyitadi.
Yuqorida o‘zbekning mahalla-mahalla bo‘lib birlashib, o‘zini 
o ‘zi idora qilib yashash tarzining ildizlari g ‘oyat chuqur ekanligi 
ta’kidlandi. Endi ular faoliyatini yangi sharoitlarda, yangicha maz- 
mun bilan boyitish ham hayotiy zaruriyat bo‘lib qoldi. Bu borada ke- 
yingi yillarda Chilonzor turnan hokimligi va xalq deputatlari turnan 
Kengashi ibratli ishlami amalga oshirdi. Ular mahalla ahlining ko‘p 
asrlik tajribalaridan va eng odilona boshqaruv usulidan samarali foy- 
dalanish maqsadida mavzelami ham mahallalarga aylantirishga qaror 
qildilar. Turnan hududida aw aldan mavjud boTgan 19 ta mahallalar 
qatoriga mavzelar va bir qator turaijoylarda yangitdan tashkil etil- 
gan 25 ta mahalla qo‘shildi. Ular soni 44 taga yetdi. Ayni paytda bu 
yerlarda keng miqyosli ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, madaniy 
tadbirlar amalga oshirildi. Bular aholini o ‘z o‘zini boshqarishdagi 
ishtirokini yanada kengaytirmoqda.
Shunday qilib, 
90-yillaming o‘rtalariga kelib, mustaqil 
0 ‘zbekistonning viloyat va shaharlari hududlarida ijtimoiy o‘zini 
o ‘zi boshqarish organlari b o igan mahallalar soni, ulaming aholi 
o ‘rtasidagi roli ortib borishi ham respublikada ijtimoiy hayotning 
yanada demokratlashib borayotganini ko‘rsatadi.
Albatta, keyingi yillarda istiqlol tufayli yangidan qaddini 
ko‘tarayotgan mahallalar hayotida tub o ‘zgarishlar yuz bergani- 
ni o ‘z-o‘zini boshqarish organlariga boTib o‘tgan saylovlar ham 
ko‘rsatdi. Buni 1996 yil may-iyun oylarida 0 ‘zbekistonda b o iib
o‘tgan fuqarolaming o ‘zini o ‘zi boshqarish organlariga saylovlar ya- 
kunlaridan ham bilish mumkin.
1996-yil 2-oktabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Kengashining navbatdagi majlisi boTdi. Unda 0 ‘zbekiston Respub- 
likasida fuqarolaming o‘zini o ‘zi boshqarish organlariga saylovlar 
yakunlari ko‘rib chiqildi. Ushbu qarorda ko‘rsatib o ‘tilishicha, res­
publikada bu muhim siyosiy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rildi.
140


A walo shuni aytish kerakki, Oliy Majlis Kengashi 1996-yil 13- 
mart kuni fuqarolar yig‘inlari raislari va ulaming maslahatchilari 
saylovini o‘tkazish masalasini maxsus muhokama qildi va shu asos- 
da zarur tashkilotchilik ishlari olib borildi. «Fuqarolar yig‘inlari va 
ulaming raislari saylovini o‘tkazish haqida»gi Qonun matni 4 ming 
nusxa atrofida ko'paytirilib, Qoraqalpog‘iston Jo‘qarg‘i Kengesi, vi- 
loyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga amalda foydalanish 
uchun yetkazib berildi. Shuningdek, bu tadbimi uyushqoqlik bilan 
o‘tkazishga doir tavsiyanomalar ishlab chiqildi. Bu «Mahalla» ga- 
zetasida e’lon qilindi. Viloyat, shahar va tumanlarda fuqarolaming 
o‘z-o‘zini boshqarish yig‘inlari raislari, ular maslahatchilari saylo­
vini o‘tkazishga doir amaliy seminarlar o'tkazildi. Ushbu tadbirlarda 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, viloyat hokimla- 
ri o‘rinbosarlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati 
mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Seminar-kengashlarda fuqarolaming o ‘zini o‘zi boshqarish or- 
ganlari hokimiyat vakillik organlarining ishonchli yordamchisi ta- 
riqasida o ‘zini ko‘rsatib, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustah- 
kamlashga ko‘maklashayotgani alohida ta’kidlandi. Kam daromad 
oilalarga va muhtoj kishilarga yordam ko‘rsatilmoqda, hududlami 
obodonlashtirish yuzasidan keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoq- 
da. Ayni paytda m a’lumotlarga ko‘ra, mamlakat qishloqlari va ovul- 
larida fuqarolaming 1436, shaharlarida 117, mahallalarda 5402, shu 
jumladan qishloq mahallalarida 3305 o ‘zini o ‘zi boshqarish organi 
bo‘lib, ulaming raislari jamoatchilik asosida ish olib bora boshladi- 
lar.
Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlarida qishloqlar kat- 
tagina hududni egallaganliklarini inobatga olgan holda ana shu vilo- 
yatlar qishloq mahallalarida o ‘zini o‘zi boshqarish organlari tuzildi.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish paytida yig‘inlaming amaldagi ra­
islari faoliyati tahlil etildi. Bu ish xususan Samarqand, Qashqadaryo, 
Namangan, Surxondaryo viloyatlarida namunali o‘tkazildi. Hamma- 
si bo‘lib mamlakatda 6 ming 955 yig‘in raisi va 60 mingdan ortiq 
maslahatchi saylandi. Qishloq, ovul va shaharlaming, shaharlardagi 
mahallalaming yig‘inlari raislarining 84 foizidan ortig‘i shu lavo- 
zimiga ikkinchi muddatga saylandi, bu ko‘rsatkich maslahatchilar 
orasida 65 foizdan ortiqrog‘ini tashkil qildi.
0 ‘zini o ‘zi boshqarish organlari rahbarlarining umumiy 
ma’lumot darajasi ancha oshdi. Oliy ma’lumotli yig‘in rSislari 
Qoraqalpog‘iston respublikasida 68,6 foizni, Toshkent shahrida 68,7 
foizni, Navoiy viloyatida 87,5 foizni tashkil etdi.
141


1993-yilgi saylovga nisbatan 1996-yilgi saylov kompaniyasi- 
da xotin-qizlami yig‘in raisligi va yig‘in maslahatchilari tarkibiga 
saylashga e ’tibor berildi. Jumladan, yig‘in rahbarlari orasida xotin- 
qizlar miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro va 
Namangan viloyatlarida 20 foizdan ko‘proqqa, Toshkent shahrida 
esa qariyb 2 barobarga oshdi.
BoTib o ‘tgan saylov saylovchilaming yuksak faolligi bilan ajra- 
lib turdi. Yig‘inlar ishchanlik vaziyatida o‘tdi. So‘zga chiqqan kishi- 
lar bozor iqtisodiyoti bosqichma-bosqich o‘tkazilayotganligi, kuchli 
ijtimoiy himoya siyosati yuritilayotganligi, ma’naviy qadriyatlar va 
xalq an’analari tiklanayotganligi, barqarorlik, fuqarolar tinchligi va 
ijtimoiy totuvlik ta’minlanganligi uchun Hukumatga minnatdorchi- 
lik so‘zlarini bayon etdilar.
Mamlakatimizda 1993-2007-yillar mobaynida fuqarolaming 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquqiy asosini shakllantirish va ta- 
komillashtirish maqsadida Prezidentimizning 10 ta farmoni, Vazirlar 
Mahkamasining 11 ta qarori, Parlamentning 30 dan ortiq Qonunlari 
qabul qilindi.
Jumladan, Prezident I. Karimovning «Fuqarolaming o ‘zini o‘zi 
boshqarish organlarini qoTlab-quwatlash to‘g ‘risida»gi (1998-yil 
23-aprel) farmoni va 0 ‘zbekiston Respublikasining 10 yilligi tanta- 
nasida Prezidentimiz tomonidan 2003-yilni «Obod mahalla yili» deb 
e’lon qilinishi va Prezident Farmoyishi asosida Vazirlar Mahkamasi­
ning «Obod mahalla yili» Dasturi to‘g ‘risida»gi (2003-yil 7-fevral) 
qarori mahallaning fuqarolaming o‘zini o ‘zi boshqarish organi si- 
fatidagi roli va ahamiyatini oshirish, milliy qadriyat va an’analari, 
o ‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashdagi nufuzini 
ko‘tarish, aholini moddiy va ma’naviy jihatdan yanada qoTlab- 
quwatlashga qaratilgan.
Prezident Farmoyishi bilan «Obod mahalla yili» dasturini ishlab 
chiqish va amalga oshirish bo’yicha respublika komissiyasi tuzil- 
di. Mazkur komissiya davlat, nodavlat hamda jamoat tashkilotlari, 
shuningdek, mahallalar vakillarini keng jalb etgan holda mahallala- 
rimizdagi mavjud muammolar, qilinishi lozim boTgan ishlami at- 
rofli .ha o’rganib, yil davomida amalga oshirilishi zarur. Tashkiliy- 
huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlaming kompleks dasturini ishlab 
chiqdi. Mazkur dastur yetti yo‘nalishdagi hayotiy muhim masalalar- 
ni c ‘z ichiga qamragan. Ular qatoriga, jumladan:
mahalla faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillash-
tirish;
- mahallaning moddiy bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;
142


- mahallalarda tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va savdoni, 
kichik biznes sohasini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini barpo 
etish;
- mahallaning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish va 
ko‘kalamzorlashtirish, bolalar sport maydonlarini jihozlash, yo‘llar, 
ko‘chalar va kommunal tarmoqlami yaroqli holatda saqlanishini 
ta’minlash;
- mahalla tomonidan kam ta’minlangan oilalarga aniq 
yo‘nalishli moddiy yordam ko‘rsatish va yosh oilalami qo‘llab- 
quvvatlash;
- keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish;
- mahallalar aholisiga tibbiy va sanatoriy-kurort xizmati ko‘r- 
satishni yaxshilash, bolalar sportini rivojlantirish;
- ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarida mahalla faolligini oshi- 
rish vazifalari kiradi.
Mamlakatimizda 
bosqichma-bosqich 
amalga 
oshirilayot- 
gan islohotlar va milliy taraqqiyot talablaridan kelib chiqib, 1999- 
yilning 14-aprelida «Fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organ- 
lari to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur 
qonun 29 moddadan iborat b o iib , unga uch marta o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritilgan.
Qonunga ko‘ra, shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuning- 
dek, shaharlar,* shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar 
fuqarolarining yig‘inlari fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish or- 
ganlaridir.
Hozirgi kunda respublikamizda 8794 ta fuqarolaming o ‘zini o ‘zi 
boshqarish organlari mavjud bo‘lib, ulaming 1629 tasini shaharcha­
lar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘ini, 4887 tasini ular tarkibi- 
dagi mahallalar fuqarolar yig‘ini hamda 2278 tasini shaharlardagi 
mahallalar fuqarolar yig‘ini tashkil etadi.
Yangi tahrirdagi qonunda awalgisidan farqli ravishda fuqarolar- 
ning o ‘zini o‘zi boshqarish organlari mustaqilligiga oid muhim nor- 
malar o ‘z aksini topdi. Xususan, fuqarolaming o ‘zini o ‘zi boshqarish 
organlari mahalliy davlat hokimiyati tizimiga kirmasligi ko‘rsatildi 
va ular faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi. 0 ‘zini o‘zi bosh­
qarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida respublika 
oqsoqollari Kengashi, shuningdek, fuqarolaming o ‘zini o‘zi bosh­
qarish ishlari bo‘yicha viloyat, turnan, shahar muvofiqlashtirish ke- 
ngashlari tuzilishi mumkinligi nazarda tutildi. 
***
2003-2004-yillarda qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shim- 
chalar natij asida fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari ma-
143


qomi yanada aniqlashtirildi. Mazkur o‘zgartirish va qo'shimchalar 
bilan fuqarolar yig‘ini tushunchasi, tuzilishi, fuqarolar yig‘inining 
Nizomi, respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolaming 
o ‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha viloyat, tuman, shahar muvo- 
fiqlashtirish kengashlari tuzilishi, vakillik normasi hokimlar tomo- 
nidan emas, balki tegishli muvofiqlashtiruvchi kengashlar tomoni- 
dan belgilanishiga oid va boshqa normalar, shuningdek, fuqarolar 
yig‘inining o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzurida yarashtiruv 
komissiyasini tuzish, «mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi- 
ning rahbarini tayinlash va tuzilmaga a’zolar qabul qilish, fuqarolar 
yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy - axloqiy tarbiya masalalari 
bo‘yicha maslahatchisini tayinlash vakolatlari qonun bilan mustah- 
kamlandi.
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni moder- 
nizatsiya va isloh qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil yangi- 
lanish va o‘zgarishlar jarayoni «Fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari to‘g‘risida»gi Qonunni yanada takomillashtirishni taqozo 
etmoqda. Bu o‘z navbatida, mazkur qonunning islohotlar talablariga 
qanchalik javob bera olishini o‘rganish, tizimli tahlil qilish, shuning­
dek, qonunda belgilangan normalaming qo‘llanish darajasini, hola- 
tini aniqlash, baholash, istiqbolini prognoz qilish maqsadida uning 
monitoringini o‘tkazish zaruratini vujudga keltirdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-martdagi 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin