Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. 0 ‘zini o‘zi boshqarish organlarining yanada



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

4-§. 0 ‘zini o‘zi boshqarish organlarining yanada
rivojlantirilishi
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish asosida huquqiy demokra- 
tik davlatni barpo etish 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bi­
lan kafolatlangan. Uning 7-moddasida «Xalq davlat hokimiyatining 
birdan-bir manbayidir», - deyilgan. Konstitutsiyaning 2-moddasida 
esa «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qi- 
ladi», deb ta’kidlangan.
Hozirgi zamon jahon davlatchiligi tajribasida davlat zimmasi- 
dagi vazifalar ancha o'zgardi. Bu, ayniqsa, totalitär tuzum iskanja- 
sidan chiqqan xalqlar uchun butunlay yangilik edi. Jumladan, endi u 
ko‘proq iqtisodiy asoslami mustahkamlash, ijtimoiy munosabatlar- 
ni chuqurlashtirish, odamlar madaniy va moddiy turmush darajasini 
oshirishning strategik tamoyillarini ishlab chiqish, mamlakat xavf- 
sizligini ta’minlash, tinchligini mustahkamlash va xalqaro munosa- 
batlami rivojlantirish bilan shug’ullanadi.
«Boshqaruv vaîifalarining asosiy qismini markazdan vilo-
yatlarga, viloyatlardan shahar - tumanlardagi davlat va boshqa­
ruv idoralariga o'tishini ta’minlash darkor. Shu tariqa bu bos-
qich asta-sekin o‘z-o‘zini boshqarish jamoatchilik tashkilotlariga
ham yetib boradi», 
degan edi Prezident I. Karimov 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majhsining 1995-yil 23-24-fevral kunlari bo‘lib 
o‘tgan birinchi sessiyasida. Bu yo‘l bevosita mamlakatimizda fuqa­
rolik jamiyati shakllanishi va fuqarolar o'zini o‘zi boshqarish tamo- 
yilining bosh yo‘nalishiga aylanib qoldi.
Davlat o'z vazifalarini bajarishda hokimiyatni kuchaytirish hi- 
sobiga emas, aksincha demokratik omillami kengaytirish, keng xalq 
ommasini boshqaruvga jalb etish y o ii bilan amalga oshirishi lozim. 
Buning uchun jamiyatda keng miqyosli demokratik jarayonlami chu­
qurlashtirish, Konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, jamiyat hayotining 
barcha sohalarida fuqarolar haq-huquqlarini kengaytirish, jamiyat- 
ning har bir a’zosi ijtimoiy-madaniy rivojlamshini ta’minlash, jam i­
yatda siyosiy va mafkuraviy xilma-xillikka erishish asosida dâvlat 
monopoliyasini yo‘qotish kerak. Boshqacha qilib aytganda, davlat 
endi ko‘proq fuqarolar haq-huquqini kafolatlaydigan mexanizmga
135


aylanishi kerak. Buning uchun quyidagi asosiy tamoyillar muhim 
ahamiyatga ega:
1. Milliy an’analarga, aholi barcha qatlamlari va ijtimoiy guruh- 
lari ehtiyojlariga, xalq hayotining tarixiy tajribalariga tayangan holda 
demokratik asoslami mustahkamlash.
2. Hokimiyat boTinishining eng demokratik, eng xalqchil shakl- 
larini yanada chuqur va faolroq joriy etish.
3. Boshqaruvni markazlashtirmaslik, respublika va mahalliy ho- 
kimiyatlar vazifalarini aniq belgilash, Markaziy organning ko‘pgina 
vakolatlarini joylarga - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, 
shahar, tuman hokimiyatlari zimmasiga yuklash, biroq bu markaz- 
dan uzoqlashish, har qanday muammoni o ‘z xohishicha hal etish 
imkonini bermaydi.
Ma’lumki, jamiyatni demokratlashtirishning y ana bir muhim 
sharti odamlaming ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o‘zgarishlar 
sur’atlari bir-biriga qanchalik mos boiishidir. Shuning uchun ham 
demokratik o ‘zgarishlar va yangi demokratik jarayonlami boshqa- 
rishni, ulami hayotga tatbiq qilishni, awalambor, jamiyatning o‘zi 
anglamogT va hal qilmogT darkor. Bu o ‘rinda mahallalaming o‘mi 
va o ‘z-o‘zini boshqarish tartibotini shakllantirish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Tarixiy tajriba demokratik jarayonlami chetdan nusxa 
olib, ko‘r-ko‘rona ko‘chirib boTmasligini ko‘rsatmoqda. Demokrati- 
ya o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Unga tinimsiz intilish bilan hayot- 
ning ogTr sinovlariga bardosh berib erishish mumkin.
Osiyo mintaqasi va musulmon sharqidagi demokratik qadriyatlar 
va o ‘zgarishlaming rivojlanish tajribasi o‘ziga xos xususiyatlarga va 
o ‘ziga xos an’analarga ega. Sharqda demokratiya tushunchasi ham- 
jihatlik g‘oyasi, jamoatchilik fikrining ustuvorligi zaminida shakl- 
lanadi. 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin