Jumayeva Irodaning Markaziy Osiyo xalqlari manbashunosligi fanidan yozgan kurs ishi



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə2/9
tarix30.11.2022
ölçüsü314,5 Kb.
#71615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Beruniy

Mavzuning dolzarbligi: O’rta asrlar uyg’onish davrida ilmiy ijod qilgan O’rta Osiyolik mutafakkirlar: Abu Abdulloh Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr



1 Каримов И. А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. T. «Ўзбекистон».1996. – Б. 273.
2 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т. «Маънавият». 2008 –Б. 84.
Farobiy, Ahmad Al Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino kabi Abu Rayhon Beruniy ham o’z asarlarini arab tilida yozganligi tufayli ko’pgina g’arb olimlari tomonidan Abu Rayhon Beruniy va yuqoridagi allomalarni Arab olimlari deb xatto atab kelindi. Aslida ularning barchasi O’zbekiston tuprog’ida tug’ulib ilk boshlang’ich talimni shu yerda olgan, va shu zaminda voyaga yetgan, keyinchalik esa taqdir taqazosi bilan boshqa o’lkalarga ketib qolgan o’zbek olimlari hisoblanadi.
Abu Rayhon Beruniy kechmishiga baho berib, Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagicha yozgandilar: “Milliy tariximizning yana bir yorqin yulduzi Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik fan tarixchisi Jorj Sarton XI asrni “Beruniy asri” deb ta’riflaydi. Bunday yuksak va haqli baho avvalo qomusiy tafakkur sohibi bo’lmish buyuk vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan beqiyos hissasi bilan izohlanadi.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, Beruniy ilmiy masalalarda ham, tarixiy voqea- hodisalarga, o’z zamondoshlariga baho berishda ham o’ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda ko’p aziyatlar chekkan, xatto umrining oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo’lgan, ammo har qanday og’ir sharoitga qaramasdan, e’tiqodidan qaytmagani uning o’z ma’naviy ideallariga naqadar sodiq bo’lganidan dalolat beradi3.
Mavzuning o’rganilish darajasi: Beruniyning hayoti va ijodini o’rganish sohasidagi tadqiqot ishlari fanning alohida bir tarmog’i – beruniyshunoslikni yuzaga keltirdi.Bu masalaning ko’p taraflari rus va sovet sharqshunos olimlari – V. V.Bartold4, I.Y.Krachkovskiy5, A.A.Semyonov6, S.P.Tolstov7, I.M.Mo’minov8 P.G.Bulgakov9,X.Sodiqov10, V.Y.Zohidov11, I.Abdullayevlar 12 tomonidan yoritilgan. Beruniy hayoti va ijodini o’rganishda chet el olimlaridan K.E.Zaxau13,



3 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т. «Маънавият». 2008 –Б. 152.
4 Бартольд. В. В. Туркестан, Том I, M. 1927. –С. 337-338.
5 Крачковский. И. Ю. Арабская географичиская литература. Тoм, IV, M. 1958. –С. 244-262.
6 Семенов. А.А. Ал-Бируни – величайших учении средневекового Востока и Запада. M. 1938. –С. 106-116.
7 Толстов. С.П. Бируни и его время. M. 1948. –С. 3-21.
8 Мўминов. И. М. Абу Райхон Беруний – буюк энциклопедист олим. T. 1973. –Б. 3.
9 Булгаков. П. Г. Жизнь и труды Беруни. M. 1972. –С. 368-390.
10 Садыков. Х. У. Бируни и его работы. Т. 1950. –С. 3-36.
11 Захидов. В. Бируни как мыслитель. M. 1950. –С. 30-54.
12 Абдуллаев. И. Сўзбоши. Беруний. Ёдгорликлар, Т. 1968. –Б. 5-20.
13 Chronologie, Einleitung. W. 1959. –S. 23.
R.Rayt14, M.Mayerxof15, M.Faruq16, A.Z.To’g’on17 salmoqli hissa qo’shgan. Mamlakatimiz mustaqillika erishgandan so’ng beruniyshunoslikda yangi bosqichga o’tildi. Olimlarimizdan U.Uvatov18, N.Komilov19, H.Hasanov20 kabi bir qator olimlar mustaqil tadqiqotlar olib borishdi.
Darhaqiqat, Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning deyarli barcha sohalari, shu jumladan, tarix ilmi bilan ham maxsus shug’ullanib juda boy meros qoldirgan. Uning ilm-fan, madaniyat, din, falsafa, tabiiy fanlar, riyoziyot, ilmi hay’at, ilmi nujum, geodeziya, xaritashunoslik, tibbiyot, dorishunoslik, ma’danshunoslik va boshqa sohalarda qoldirgan ilmiy va tarixiy asarlari olim yashagan X—XI asrlarda ham, keyingi davrlarda ham O’rta va Yaqin Sharqda, ayniqsa, E. Zaxau tadqiqotlaridan so’ng G’arb ilm-fani, tarix fani rivojiga behad salmoqli va samarali ta’sir ko’rsatdi. Beruniyning „Hindiston― asarining ilmiy va manbaviy ahamiyati xususida mashhur rus sharqshunosi baron V.E. Rozen „Bu hindistonshunoslikda shunday bir ulug’vor haykalki, u o’z sirasiga ko’ra yakka-yu yagona va unga teng kelishi mumkin bo’lgan boshqa bir asarni G’arb va Sharqning butun qadimgi va O’rta asr ilmiy adabiyotlarida ham uchratish mumkin emas” 21, deb yozgan edi. Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga buyuk hissa qo’shganligi olimlar tomonidan talqin qilingan.

Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin