Jumayeva Irodaning Markaziy Osiyo xalqlari manbashunosligi fanidan yozgan kurs ishi


Abu Rayhon Beruniy tarixiy manbashunoslikka qo’shgan xissasi



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə7/9
tarix30.11.2022
ölçüsü314,5 Kb.
#71615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Beruniy

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA
2.2. Abu Rayhon Beruniy tarixiy manbashunoslikka qo’shgan xissasi.

Ulug’ Sharq mutafakkiri Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al-Beruniy Sharq tafakkur olamining o’ziga xos yo’nalishini ochib berdi va insoniyat tarixi, uning vujudga kelishi, taraqqiyoti hamda tanazzullari atrofidagi mavjud fikrlarga aniqlik kiritdi. Turli ziddiyatli qarashlarni butun moxiyati bilan o’rganib, unga o’ziga xos yondashib, mavjud qarashlarni keskin tarzda boyitib, uning o’zanini o’zgartirib yubordi. Aniqroq qilib aytganda, Beruniy olamning yaralishi, insonning vujudga kelishi, xalkdarning tarakiyot boskichlari, tarixiy vokealar, tabiiy xodisalar, ularning moxiyatini ilmiy asosda urganish maktabini yaratdi. Ushbu maktab bugun moxiyat-e’tibori bilan dastlab Shark, keyinchalik Fap6 falsafiy tafakkurining tamal toshini kuydi.


Beruniyning 1030 yilda yozgan va «Hindiston» nomi bilan mashxur bulgan «Taxkik mo li-l-hind min ma’kula makbula fi-l-akl av marzula», ya’ni «Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash» deb nomlangan asarida bayon etilgan betakror ilmiy goyalar odam va olam xakidagi tasavvurlarni keskin o’zgartirib yubordi. Bu asar butun moxiyati bilan tarix falsafasi-ning o’ziga xos va noyob kurinishidir. Unda insoniyat taraqqiyoti, uning omillari va moxiyati dunyoviy tafakkur orkali tadkik. etildi va kutilmagan xulosalar ilmiy asoslangan xolda urtaga tashlandi.
Asarning o’ziga xos tarixiy, ilmiy va falsafiy kadriyati shundaki, u xamon jaxon xalkdari tarixini urganishda muxim manba bulib xizmat kdlmokda va tarix falsafasi taraqqiyotida, tarixni falsafiy anglash jarayonida zabt etib bulmas chukki darajasiga chikdi. Darxakikat, bu asarga Magribu Mashrik olimlari, yirik mutaxas-sislari doimo kizikish bilan karaydilar. Uni juda katta extiros bilan ukiydilar. Shuning uchun xam tanikdi olim V. R. Rozen «Shark va Garbning kadimgi va urta asrdagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo’q»6, degan edi.
Asar garchi «Hindiston» deb nomlansa-da, «hindlarning akliga sig’adigan va sigmaydigan ta’limotlarni aniqlash»ga bagishlangan bulsada, uni butun moxiyati bilan insoniyat utmishining tarixiy-falsafiy talkinini, ilmiy-nazariy yechimlari va asoslagan xulosalarini nazarda tutib ushbu yo’nalishda Fap6y Sharkning butun dunyo dinlari, qarashlari va dunyoviy tafakkur ulchovlarining sintezi sifatida yuzaga kelgan nodir asar deyish mumkin. Aslida xam shunday. Zotan, unda inson kelib chikishining diniy va dunyoviy qarashlari, insoniyat taraqqiyotining turli boskichlari, davrlari, podsholiklar va paygambarlarning dunyoga kelishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy, ma’naviy, madaniy va axlokiy ta’sirlari, qarashlari va munosabatlari kiyosiy tarzda urganiladi.
Beruniyning ushbu asari o’z davrining mutlak yagona vokeligi emas edi. Chunki bu paytda podsholiklar va paygambarlar xayotiga bagishlangan turli-tuman xotiralar, afsonalar va rivoyatlarga asoslangan ma’naviy-ma’rifiy asarlar, sayoxatnomalar, badialar ko’pdan-ko’p yozilgan edi. Beruniyning daholik kudrati shundaki, u o’zigacha yaratilgan va mavjud bulgan manba hamda adabiyotlarning eng asosiylarini mumkin kadar chukur o’rganib, ularning xar biriga munosib baxo berib, eng asosli xulosalarni ilgari surdi. Bu xulosalar xozirga kadar ilmiy yangiligi, dolzarbligi, nazariy asoslanganligi, muxim konseptual axamiyatga egaligi va ulkan ijtimoiy moxiyat kasb etganligi bilan aloxdda kadrli.
Tarixni o’rganar ekan, insoniyat kelib chikishi va uning rivojlanish dinamikasini taxdil kilar ekan, Beruniy xakikatga ishonmovchi kishilar bilan munozara qilib, ularni skeptisizmda ayblaydi va bular «qatiy xujjatlarni kabul etishda xuddi sherdan kurkib kochgan eshaklardek qochadilar»7, – deydi.
Beruniy tarixiy jarayon taxliliga kirishar ekan, uni falsafiy mushada etadi, undan moxiyat izlaydi va natijada mantikiy xulosalar chikarishga erishadi. U inson olami betakror, rang-barang, xar bir individ o’zicha bir dunyo, tarixiy jarayon va ijtimoiy to’zum esa inson manfaatlarining real kurinishi degan fikrga keladi. U ma’lum bir xalklar va mamlakatlar tarixini o’rganar ekan, yaxlit insoniyat tarixini butun moxiyati bilan urganish, tadkik etish va u xakdagi sunggi xulosalarni aytish mumkin emas, degan goyani ilgari suradi va natijada «davrimizga eng yakin va mashxur rivoyatlaridan boshlab, borgan sari nariga, obyektga yakinlashib boriladi va yul-yulakay to’zatilib ketiladi»8, – degan xulosaga kelib, fikrini davom ettiradi: «...Xalklarning bir-biriga (tegishli) xabarlarni anikdab bilishga bir inson umri kifoya kilmaydi-yu, xamma xalklar (xavddagi) xabarlarni bilishga kanday kifoya etsin. Bu mumkin emas»9.
Beruniy ana shu qarashlari bilan insoniyat tarixi inson tafakkurining maxsuli ekanligini, bu tafakkur cheksiz, uning barcha kirralari va yo’nalishlarini, man-faatlari va moxiyatini tulakrnli anglash ancha murakkab ekanligini dalillaydi. Demak, tarix xakddagi xar kan-day fikr nisbiy va cheklangan. Fakat tarixshunoslikka va fangina vakt nuktai nazaridan cheklangan bulsada, moxiyat va mazmun jixatidan cheksizdir.
Beruniy xalklar tarixini, ularning turmush tarzi va xayot an’analarini o’rganar ekan, xar kanday manbaga aloxida e’tibor bilan karaydi. Ularni chogishtirish yulidan boradi. Tarixiy muddatlar, davrlarni kiyosiy tarzda o’rganib, xar tomonlama mukammal va asosli dalillarni tuplaydi. Uning o’ziga xos katta yutuklaridan biri shundaki, xar bir tarixiy vokelikka turdosh fanlar imkoniyatlaridan kengrok foydalanishga xarakat kiladi.
Shuning uchun xam uning ma’lum bir xalk tarixi yoki utmishning ma’lum bir davri xakidagi xulosalari va taxlil usullari ba’zan yuksak badiiy nafosat, so’z san’atining noyob kurinishi darajasiga kutaridsa, ayrim joylarda mantikiy tafakkur, vokealar moxdyatiga chukur kirib borish, ularning tag-zaminiga yetib borish va falsafiy mushoxada yuritish ustuvorlik kiladi.
Ayrim xolatlarda bir vokelik atrofida fikr yuritar ekan, munajjimlar qarashlari, asotirlar, afsonalar va rivoyatlar ustuvorligini rad etib, astrologik qarashlarni inkor kiladi. Osmon jismlarining aylanishi, Yer, kuyosh sistemasi, oy va yuldo’zlar xarakatining anik, maromi bunday rivoyat va afsonalarni rad etishini ta’kidlaydi. Natijada uning tarixiy tadkdkotlari matematik xisob-kitoblar ulchovlar, tabiat va yaxlit olam konuniyati, geometrik aniqliklar orkali yirik falsafiy umumlashmalar va mantikny xulosalarning betakror kurinishlariga olib keladi.
Beruniyning tarix falsafasida antropogenez – inson va uning kelib chikishi, rivojlanish jarayonlari, antroposofiya – insonning xis-tuygulari, xis etish im-koniyatlari va ta’sirlanish xolatlari yukori darajada rivojlangan mistik ta’limot yo’nalishi bilan uygun holda olib boriladi. Ana shunday xolatlardan kelib chikkan qarashlarda inson xayoti kishilik jamiyatining markazi, barcha mavjudot va borlik olamning birlamchi va bosh moxiyati darajasiga kutariladi. Demak, bunday qarashlarda antroposentristik yo’nalish ustuvorlik kiladi. Umuman olganda, Beruniyning olamni tadkik etish, uni urganish, inson va kishilik jamiyati moxiyatini ilmiy-nazariy tadkik etiihsa o’z davriga xos bulgan iloxiy va dunyoviy qarashlarning tabiiy va xayratomo’z uygun-ligini kurish mumkin.
Tarix Beruniy uchun fikr va tafakkur manbai. U xar doim turli fanlarning o’z konuniyatlari doirasida o’zaro ta’siri, o’zaro o’zviyligi va uygunligining noyob kirralarini kashf etadi. Natijada tarix xakidagi tasavvur xoxlagan fan tadkikrtchisi uchun muxim manba bulib xizmat kiladi. Deylik, astronom o’zi uchun, matematik o’z qarashlariga mansub, etnograf yo antropolog insonning vujudga kelishi va shakllanishi, kishilik jamiyati konuniyatlari va tajribalari xakidagi o’z asosli ilmiy xulo-salariga ega bo’ladi. Beruniyning komusiy bilim imkoniyatlari va kirralari ana shu tarzda vujudga keladi.
Beruniy tarixiy tadkikotni boshqa turdosh fanlar bilan borlik, xolda olib borganligi, turli fanlarning predmeta va o’ziga xos tadkdkrt yo’nalishlari orkali tarixga yondashganligi xakida gapirar ekan, u kuyidagi xulosaga keladi: «Maksad gapni cho’zish emas, balki ukuvchi-ni zeriktirmaslik. Chunki doimo bir narsaga karayverish malollik va sabrsizlikka olib keladi. Ukuvchi fandan fanga utib tursa, turli boglarda yurganga uxshaydi. Birini kurib ulgurmay boshkasi boshlanadi va u kishi «xar bir yngi narsada o’ziga yarasha lazzat bor» deyilgandek, ularni kurishga kizikadi va ko’zdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi»10.
Balki shundaydir. Balki Beruniy sharkona takalluf bilan, «zeriktirmaslik», «malol keltirmaslik», «ukuvchiga yengillik yaratish» orkali o’zining nixryatda keng va serqirra – qomusiy-ilmiy faoliyatiga kamtarlik bilan bax.o bergandir. Balki usha davr tafakkur chegaralari doi-rasida ilmiy tadkikrtga yondashish va usullari xakidagi tasavvurlaridir. Birok, bugungi fan tarakdiyoti yutukla-ri nuktai nazaridan Karaganda tarixga tarix sifatidgina qarash kamlik kilmokda va Beruniy tajribasiga, uning tarixni taxlil etish-usuliga extiyoj sezilmokda. Tarix tom ma’nodagi inson va uning tafakkuri xakidagi fanga aylanmokda. Demak, xar kanday tarixiy tadkdkrt, xar kanday utmish vokeliklari fakat tarixga yondashish orkali moxdyatini ochmaydi. Unga falsafa, mantik, sosiologiya, etnografiya, antropologiya, tarix va, xatto, bugungi kun fanining noyob yutugi bulgan gen in-jenerligi, matematika, fizika, biologiya va boshka ta-biiy fanlarning ijtimoiy yo’nalishlari orkali yonda-shishni xam takrzo etadi.
Beruniy podsholiklar tarixi orkali utmishni davr-lashtirish tamoyilidan borar ekan, o’z davrining pod-sholari, sanalari, ismlari, xukmronlik muddatlari va ularning axvollari xakidagi xabarlar xar xil, turli mualliflar tomonidan turlicha bayon etilganligini kursatadi. Bunda u xar kaysi muallif o’z qarashlari, shaxsiy manfaatlari va ma’lum podshoxga bulgan munosabatlaridan kelib chikib yondashganligini aytadi. Natijada man-faatlar ustuvorligi, qarashlarning xususiyligi, yoktir-ganini maktash, yok,tirmaganidan kamchilik izlash xrlat-lari yuzaga kelar ekan, bu tarix xdkik.atini bo’zadi, fanni chalgitadi. Ana shu jiddiy va prinsipial masalalardan kelib chikib, fandagi ixtiloflarni birma-bir solish-tirib o’rganar ekan, Beruniy qarashlarini va mavjud ixtiloflarni atokdi olim Omonulla Fayzullayev quyidagilarga bo’ladi:
I. Mualliflarda goxo ixtiloflar uchrab turadi:
1. Ardasherdan Yazdijargacha utgan davr turt xil berilgan.
2. Iskandardan Yazdijargacha bulgan davr xakdda xam ixtilof bor. Fark, masalan, 253, 125 yilgacha yetadi.
3. Muso ibn Iso Eron podshoxdarining xukmronlik muddatlarini
orttirib yuborgan.
II. Diniy kitoblardagi ixtilof:
1. Tavrotning 3 nusxasida bani Isroilning Misrga kirishi xakida 3 xil mudsat kursatiladi.
2. Tavrotning xar xil nusxalarida odam «paydo» bulgan vakt xar xil kursatilgan. Fark. 349 yil-dan 582 yilgacha.
3. Dinlar orasidagi kelishmovchilik. Beruniy paygambarlar tarixini tekshiruvchi sifatida har xil dinlarning tarix xakidagi da’volariga oid shubda-larni, dinlarning bir-birlarini ayblashlarini, xisobdagi ixtilofni kursatib berdi.
Ixtilofni topish va tuzatish: 1. Beruniy podshoxlarning podshoxlik davrlari xakidagi tarixchilar gaplarining ixtilofini xisob nuli bilan topadi. 2. Iskandardan keyingi davr xakddagi ixtilofni to’zatishni Beruniy o’z zimmasiga oladi va uni bajaradi.
Ixtilofga sabab:
1. Tarixda uxshash nomlar aralashtirilib yuborilgan. Masalan, eronliklar uxshash nomlarni adashtirib yuborganliklari sababli Ardasher bilan Yazdijard orasidagi 676 yillik davrni kursatmaganlar.
2. Ashkoniylar davrida xalk Iskandar tufayli notinch edi. Shu tufayli ular tarixlarda gofil buldilar.
3. Mualliflar Eron podshoxdarini ularning Bobildagi amaldorlari bilan kushib bayon etganlar.
V. Tarixshunosning xdkdoniyligi. Moniy yolgonni xarom deb e’tikod kiluvchilardan bulib, tarixni bo’zib kursatishga uning extiyoji xam bulmagan deb rostguy tarixshunoslarni maktaydi Beruniy11.
Ana shu tarzda Beruniy turli munozarali, karama-karshi qarashlarga anikdiklar kiritish, ko’zatish va umum-lashtirish, ziddiyatlar, tabiiy x.odisalardagi rivojla-pish konuniyatlari atrofida fikr yuritadi. Birinchi inson xakidagi afsonalar, davriy xodisalar, tabiat vokeliklari, urf-odatlar, rasm-rusumlarni xar tomonlama jiddiy urganadi. Natijada xar bir mintaka xalklarining o’ziga xos xayot tarzi orkali o’ziga xos tarix yaratayotganini isbotlaydi.

XULOSA


Hozirgi globallashuv sharoitida jamiyatni ma’naviy yuksaltirish, taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shish, yoshlarni yurt tinchligi, komil inson g‘oyasi ostida tarbiyalab, fuqarolik jamiyati rivojlanishida fuqaro ma’naviyatini yuksalishi
dolzarb muammo bo‘lib turgan paytda, buyuk donishmand ajdodlarimizning qoldirgan ma’naviy va madaniy merosini asrashdek qomusiy burchimizni ado etib, milliy merosiga tayangan holda ish ko‘rmog‘imiz lozim.
Sharq uyg‘onish davrida Turkiston zaminidan qator mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ular o’z asarlari bilan o‘rta asrlardayoq dunyo ilmiy tafakkuriga o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘sha olganlar. Ana shunday qomusiy olimlardan biri yurtimizda dovrug‘i ketgan Xorazm Ma’mun Akademiyasining raisi Abu Rayhon Beruniy edi
Ulug‘ qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning ilmiy dahosi bilan yaratilgan mislsiz kashfiyotlarga to‘liq baho berishning o‘zi qiyin. Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelganiga qaramasdan, alloma qo‘lyozmalarining qo‘limizdagi ana shu to‘liq bo‘lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi. Beruniy dunyo ilm- fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500-yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi.
Minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb atalishi bejiz emas.
Olimning yana bir jihati shundan iboratki, ma’naviy jasorat sohibi ekanligini uning hayotiy tajribasidan u yozgan asarlardan ko’rsak bo’ladi. Bizga sir emaski, olim yashagan davrda, qirg’in-barot urushlar, amaldorlarning adolatsizligi ilm- fanning rivojlanishiga uning takomillashishiga salbiy ta’sir ko’rsatib turuvchi kuchlar ham topilgan. Lekin o’sha davr ilm-fan fidoyilari tomonidan bu soha rivojlantirib borilgan.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan, kelib chiqib shuni aytish mumkinki, Beruniy ilm fanning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan buyuk ma’rifatparvar shaxs bo’lganligini ko’ramiz. Beruniy, inson ilm egallashi haqida fikr yuritar ekan,
bunga mehnat orqali erishishni ta’kidlaydi. Eng muhimi mutafakkir inson kamolotida, mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasini mehnatga qarab turlarga bo’ladi. Darhaqiqat, Abu Rayhon Beruniy ilm- fanning deyarli barcha sohalari, shu jumladan, tarix ilmi bilan ham maxsus shug‘ullanib juda boy meros qoldirgan. Uning ilm-fan, madaniyat, din, falsafa, tabiiy fanlar, riyoziyot, ilmi hay’at, ilmi nujum, geodeziya, xaritashunoslik, tibbiyot, dorishunoslik, ma’danshunoslik va boshqa sohalarda qoldirgan ilmiy va tarixiy asarlari olim yashagan X—XI asrlarda ham, keyingi davrlarda ham O‘rta va Yaqin Sharqda, ayniqsa, E. Zaxau tadqiqotlaridan so‘ng G‘arb ilm-fani, tarix fani rivojiga behad salmoqli va samarali ta’sir ko‘rsatdi. Beruniyning „Hindiston― asarining ilmiy va manbaviy ahamiyati xususida mashhur rus sharqshunosi baron
V.E. Rozen „Bu hindistonshunoslikda shunday bir ulug‘vor „haykal-ki, u o‘z sirasiga ko‘ra yakka-yu yagona va unga teng kelishi mumkin bo‘lgan boshqa bir asarni G‘arb va SHarqning butun qadimgi va O‘rta asr ilmiy adabiyotlarida ham uchratish mumkin emas deb yozgan edi, o’z asarida.
Beruniyning ilmiy va ijtimoiy qarashlari bo’yicha xulosa qilib aytadigan bo’lsak, alloma butun hayoti davomida faqat haqiqat uchun kurashib keldi. Asarlaridagi tarixiy voqealarni yozishda o’z ko’zi bilan ko’rganlari va asl ishonchli manbalargagina tayanib ish ko’rgani tahsinga sazovordir.
Beruniyga tarixchi sifatida ikkita asosiy xususiyat xosdir:

  • Turli xalqlarning tarixiy – ma’daniy xizmatini va ayrim shaxslar faoliyatini baholashda ularning irqiy, diniy yoki sulolalariga asoslanmay, hamma xalqlarga bir xilda xurmat bilan qarashga asoslangan haddan ziyod xolislik;

  • Voqea va hodisalarni ayniqsa, etnografiya sohasida, solishtirish asosida o’rganishga harakat qilish, turli xalqlar va diniy guruhlar uchun xos bo’lgan o’xshashlik, yoki ziddiyatlarni axtarib topish. Beruniydagi bu ikki xususiyat uni Yaqin Sharq va O’rta Osiyoning o’rta asrdagi bizga ma’lum bo’lgan hamma tarixchilaridan ajratib turadi.

O’zining ilk yirik asari bo’lmish “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”da Beruniy tarixchi oldiga quyidagi talabni qo’yadi: “So’ngra buni
ko’pchilik kishilarning tabiatini pastkashlashtiradigan yomon axloqdan, haqiqatni ko’rishga imkon bermaydigan omillardan, ya’ni badanga singib ketgan odatlar, g’araz, raqobat, xirs – havo ketidan quvish, hokimiyat uchun kurashish, va shunga o’xshashlardan o’zini tozalagandan keyin… ularning isbot uchun keltirgan so’z va e’tiqodlarini bir – biriga solishtirish bilan belgilanadi” Bu ulug’ siymosining, jamiyatimiz milliy–ma’naviy hayotini shakllantirishda, hozirgi barkamol avlodni ilm-fanga e’tiqodli qilib o’stirishda milliy g’oyaning asosiy tamoyillariga sodoqat ruhida tarbiyalashda, olimning ilmiy merosidan foydalanish, yoshlarning ilmiy- nazariy dunyo qarashini kengaytirish uchun uning kashfiyotlarini asl mohiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
Olim o’z shogirdlarini ilm olishga da’vat etar ekan ―Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni ko’r qilib qo’yadigan holatlardan, qotib qolgan urf- odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko’zlikning quli bo’lishdan ozod bo’lmog’i darkor deb ta’kidlar ekan. Olimning bunday dolzarb va ayni paytda ibratli fikrlari ―ommaviy madaniyat ta’sirida shakllangan va ilmsizlikka chorlovchi buzg’unchi g’oyalardan saqlanishga imkon beradi.
Beruniy asar yozishda imkoni bo’lsa ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir tamoiliga tayangan Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir deb ta’kidlaydi alloma. Abu Rayhon yoshligidan ilmga berilgan, fanning har bir sohasini chuqur egallashga kirishgan. “ yoshligimdanoq,- deb hikoya qiladi Beruniy,- tabiatimda bilim olishga bo’lgan ishtiyoq haddan tashqari zo’r edi. Buning uchun shu narsani hikoya qilishim kifoya: yurtimizga bir rumlik kelib qolgan edi. Men unga har xil donlar, urug’lar, mevalar, o’simliklar va boshqa narsalarni keltirib, uning tilida ya’ni yunon tilida bu narsalar qanday atalishini so’rab yozib olardim”. Bundan ko’rinishicha, Beruniy bilim ma’rifat egallashda, hatto til o’rganishda ham qo’l kelgan har bir fursatdan unumli foydalanishga harakat qilgan, natijada Beruniy juda ko’p tillarni egallaydi. Dastlab u o’sha davrda musulmon olamida ilmiy til hisoblangan arab tilini o’rganadi, fors, suryoniy, yunon-grek tillarini o’rganadi va bu tillarda bitilgan asarlardan bahramand bo’ladi, yoshi qirq beshdan oshganda
hind fani va ma’daniyatini o’rganish uchun qadimgi hind tili – sanskritni o’rganadi.
Beruniyshunos olim, Abu Rayhon Beruniy nomidagi respublika davlat mukofoti laureati professor Ubaydulla Karimovning aniqlashicha, Beruniy birgina dorishunoslikka oid “ Saydana” degan asarida dori moddalarining nomlarini o’ttiz ikk til va lahjada keltirib o’tgan.
Bu haqda, Bobur xalqaro jamoat fondi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zokirjon Mashrabovga asoslanib, “Ma’naviy hayot” jurnali ma’lum qildi. Fond raisining so‘zlariga ko‘ra, Abu Rayhon Beruniyning qabri Afg‘onistonda qarovsiz yotibdi, yon-atrofdagi ekinzorga qo‘shilib ketish xavfi bor. “Tez fursat ichida uning atrofini ajratib, qabr ustiga sag‘ana va maqbara qurilmasa, qabr butunlay yo‘qolib ketishi mumkin”, — deydi Zokirjon Mashrabov.
Zokirjon Mashrabovning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistonning Ishkashim manzilgohida Boborahim Mashrabning qabri xarobaga aylangan loysuvoq uy ichida qolgan, Mirzo Ulug‘bekning taniqli shogirdi Ali Qushchining Istanbuldagi qabrini ham obod qilish kerak, “chunki u yuzlab qabrlar ichida qisilib yotibdi”.
“Bu ishlarning barchasiga ulgurish va amalga oshirish uchun umrning har daqiqasini g‘animat bilib, olg‘a intilish, izlanish kerak. Chunki vaqt oltinga teng, bugungi kun ertaga tarixga aylanadi. Tarix sahifalariga arziydigan ishlarni qila olish Bobur xalqaro jamoat fondi va ilmiy ekspeditsiyasi a’zolarining doimiy maqsadidir”, — deydi Zokirjon Mashrabov84.

Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin