8-mavzu. Hayvonsimon xivchinlilar kenja sinfi
Hayvonsimon xivchinlilar tuzilishi, tarqalishi, ko’payishi, guruhlari, muhim vakillari. Parazitar kasalliklar, ularning tabiiy manbasi haqida tushuncha. Leyshmaniyalarning rivojlanishi, zarari. Odam leyshmaniozlari: teri va vitseral (ichki) leyshmaniozlar. Tripanosomalar. Tuzilishi. Tripanosomalarning umurtqali hayvonlar va kasallik tarqatuvchilar organizmida rivojlanishi. Odam organizmida parazitlik qiluvchi tripanosomozlar: Chagas, uyqu va boshqa kasalliklarni paydo qiluvchilar. Kasalliklarni oldini olish tadbirlari. Polimastiginalar turkumining qisqacha tavsifi. Ichak, qin (vagina) va og’izda yashovchi trixomonodalar. Morfologiyasi, oziqlanishi, ko’payishi va rivojlanish sikllari.
9-mavzu. Sporalilar tipi
Sporalilar tipining qisqacha tavsifi. Gregarinalar sinfi. Asosiy vakillari. Ularning ahamiyati. Gregarinalarning tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi.
10-mavzu. Koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) sinfining umumiy tavsifi
Qon so’ruvchi sporalilar. Plazmodiy turlari. Koksidiyalar va koksidozlar. Eymeriya koksidiyalarining tuzilishi, ko’payishi va hayot sikli. Asosiy vakillari. Ularning ahamiyati. Toksoplazma va toksoplazmozlar.
11-mavzu. Knidosporidiyalar tipi
Knidosporidiyalar tipi. Umumiy tavsifi. Shilliq sporalilar. Kasallik qo’zg’atuvchi vakillari va ularning ahamiyati.
12-mavzu. Miksosporidiyalar tipi
Miksosporidiyalarning rivojlanish sikllari va tarqalishi. Asosiy vakillari. Ularning ahamiyati.
13-mavzu. Infuzoriyalar tipi
Infuzoriyalar tipining umumiy tavsifi. Ularning murakkab tuzilishi. Ularning tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va tarqalishi. Asosiy vakillari va ularning ahamiyati.
14-mavzu. Erkin yashovchi va parazit infuzoriyalar sinflariga umumiy tavsif
Parazit va erkin yashovchi infuzoriyalar. Ularning tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va tarqalishi. Asosiy vakillari va ularning ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: |