Ob’ektivlik prinsipi tadqiqotchidan maiumotlar bilan ulaming talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi.
Odatlar - bu kundalik faoliyatda ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashgan va bajarilishi shaxsning fimksional ehtiyojiga aylanib ketgan harakatlardan iborat individual xislat.
Ong va faoliyat birligi- psixologiyaning ong bilan faoliyatning birligi, uning o‘zaro bogiiqligini e'tirof etuvchi g‘oya.
Ontogenez - organizmning individual rivojlanishi. Tirik mavjudotning paydo boigan davridan to oxirigacha boigan davrdagi o‘zgarishlar majmui
Operant o‘rganish- bilim, ko‘nikma va malakalar sinab ko‘rish va xato qilish metodi orqali o‘rgainiladi.Individ duch keladigan vaziyatlfir unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalami vujudga keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish uchun har birini sinab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi.
Operasiyalar- avtomatlashgan, odatda anglanmaydigan harakatlardir.
Pedagogik psixologiya - ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlaii hamda, pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya fani sohalaridan biridir.
Psiixik taraqqiyot qonuniyatlari - bir yosh davridan boshqa davrga o‘tishda inson psixikasi va xulq-atvorida yuzaga keluvchi o‘zgarishlar va ulaming sabblarini tavsiflab bemvchi qonundir.
Psixik rivojlanishning revolyusion o‘zgarishlari - bir yosh davridan ikkinchi yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvori va psixikasida yuzaga keluvchi jadal hamda chuqur qayta qurishdir.
Psixik rivojlanishning situativ o‘zgarishlari- in son xulq-atvori va psixikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan taTim-
-189-
tarbiya ta'siri ostida yuzaga keluvchi, ya'ni vaziyat bilan bog'liq bo‘lgan o‘zgaristilar.
Psixik rivojlanishning evolyusion o‘zgarishlari - bir yosh davridan ikkinchi yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvoii va psixikasida sekinlik bilan amalga oshadigan, barqarcr o‘zgarishlar.