Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli b o'lib , maktabda alohida o'rin tutadi; barcha nutqqa oid mashqlar m a’lum m azm unda inshoga bo'ysunadi. Insho 1-sinfda kichik og'zaki axborot va ehtirosli hikoyadan b osh lanib, o 'z fikrini ifodalashga, o'quvchi shaxsining tashkil topishiga xizm at qiladigan, ta’lim-tarbiyaviy aham iyatga ega bo'lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi. Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita b o iib , his-hayajon uyg'otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko'rgan-kechirganlari va o'zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o'rtasidagi sabab-natija bog'lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xu losa chiqarishga o'rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o'quvchilarda o'ziga, o'z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug'diradi. ,,Jnsho“ asli arabcha so'z bo'lib, m a’nosi „yaratish", „bino qilish“, „boshlash“ demakdir. Bu so'zning m a’nosi hozirda ancha torayib, www.ziyouz.com kutubxonasi
asosan, o'qu vch i va talabalar tom onidan yoziladigan ijodiy yozm a ish m a ’nosida qo'llanadi. Insho — ijodiy ish bo'lib, u o'quvchidan faollik, qiziqish, fikr biidirishni talab qiladi. M aterial tayyorlash, uni tartibga so lish , insho kom pozitsiyasi va rejasi haqida o'ylash, m antiqiy bog'lanishni belgi lash, so 'z, so 'z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o'zaro bog'lash, im loni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o'quvchidan aqliy ku ch in i to'la ishga solish bilan birga, o 'z m a’naviy faoliyatini boshqarish k o'n ik m asini ham talab etadi. Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo'shiladi. O 'quvchi in