10.2.Sotishdan olingan daromadlarning hisobi 21-son BHMSga muvofiq sotishdan olingan daromadlar
quyidagi
schyotlarda
hisobga
olinadi:
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar” –bu passiv va
vaqtinchalik schyotda korxonalar o‗ zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotishdan olgan
daromadlarini
hisobga
olishda foydalanadilar. Schyotning kreditida olingan daromad yil
maboynida to‗ planib boradi, bunda mahsulotni sotish usuliga
qarab
turli schyotlar
debetlanadi. Masalan, mahsulot naqd pulga sotilganda 5010 ―Kassa‖ schyoti, mahsulot
naqdsiz sotilganda esa 4010 ―Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖ ,
4110 ―Maxsus ajratilgan bo‗linmalardan olinadigan schyotlar‖, 4120 ―Sho‗‘ba va
qaram
xo‗jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar‖ va boshqa debitorlik
qarzlarni
aks ettiruvchi
schyotlar debetlanadi. Yil maboynida 9010 ― Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan
daromadlar‖ schyoti faqat kredit saldosiga ega bo‗ladi va bu saldo yil boshidan boshlab
olingan daromad summasini ko‗rsatadi. Yil yakunida ushbu schyotning kreditida
to‗plangan summa uning debetiga va 9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining
kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
9020 “Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar” - bu passiv va vaqtinchalik
schyot asosan ulgurji va chakana savdo korxonalarida, shuningdek o‗zlari ishlab
chiqargan mahsulotlarini firma magazinlari orqali sotadigan ishlab chiqarish
korxonalarida ishlatiladi. Schyotning kreditida tovarlarni sotishdan olingan daromad yil
maboynida to‗planib boradi, bunda tovarlarni sotish usuliga
qarab
5010 ―Kassa‖ schyoti,
4010 ―Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar‖, 4110 ―Maxsus ajratilgan
bo‗linmalardan olinadigan schyotlar‖, 4120 ―Sho‗‘ba va
qaram
xo‗jalik jamiyatlaridan
olinadigan schyotlar‖ va boshqa debitorlik
qarzlarni
aks ettiruvchi schyotlar debetlanadi.
Yil maboynida 9020 ― Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar‖ schyoti faqat kredit
saldosiga ega bo‗ladi va bu saldo yil boshidan boshlab olingan daromad summasini
ko‗rsatadi. Yil yakunida ushbu schyotning kreditida to‗plangan summa uning debetiga
va 9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.