182
oshiq muddatda) o‗ndirib olinmagan
qarzlarni
korxona foydasiga o‗tqazishdan olingan
daromadlar
mos ravishda kreditorlik
qarzlarni
aks ettiruvchi schyotlar (
6010,6110,6710,6720, 6910-6990 va boshqalar) bilan korrespondensiyalangan
holda
aks
ettiriladi. Yil yakunida 9360- schyotning kreditida to‗plangan summa uning debetiga va
9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
9370 “Xizmat
qiluvchi
xo„jaliklardan olingan daromadlar” –
ushbu passiv va
vaqtinchalik schyotning kreditida asosiy faoliyatga xizmat ko‗rsatuvchi xo‗jaliklardan (
sog‗liqni saqlash bo‗linmasi, sartoroshxona,
kutubxona, bolalar bog‗chasi va boshqa
muassasalari, sanatoriylar, oshxona,
mehmonxona, sport komplekslari va boshqalar)
olingan daromadlar aks ettiriladi. Bunda olingan yoki
hisoblangan
daromadlarni aks
ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 ―Kassa‖, 5110 ―
Hisob
-kitob schyoti‖, 4890 ―Boshqa
debitorlarning
qarzlari
‖ va boshqa schyotlar debetlanadi. Yil yakunida 9370- schyotning
kreditida to‗plangan summa uning debetiga va 9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖
schetining kreditiga yoziladi va shu asosda
u yopiladi
9380 “
Qaytarilmaydigan
moliyaviy yordam” -
ushbu passiv va vaqtinchalik
schyotning kreditida turli yuridik va jismoniy shaxslardan
qaytarib
bermaslik sharti bilan
olingan moliyaviy yordam summalari aks ettiriladi. Bunda olingan yordamning turini aks
ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 ― Kassa‖, 5110 ―
Hisob
-kitob schyoti‖, 0100 ― Asosiy
vositalar schyoti‖, 1000 ―Materiallar schyoti‖ va boshqa schyotlar debetlanadi. Yil
yakunida 9380- schyotning kreditida to‗ plangan summa uning debetiga va 9900 ―
Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi
Dostları ilə paylaş: