K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Foizlar ko„rinishidagi daromadlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Foizlar ko„rinishidagi daromadlar
deganda boshqa yuridik shaxslarga berilgan 
qarzlar
va kreditlar uchun 
hisoblangan
foizlar tushuniladi. Ushbu foizlarning miqdori 
tuzilgan shartnomalar asosida 
hisoblanadi
. Foiz ko‗rinishidagi 
hisoblangan
daromadlar 
4830 ― Olinadigan foizlar‖ schyotining debetida va 9530 ―Foizlar ko‗rinishidagi 
daromadlar‖ schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9530- schyotning kreditida 
to‗plangan summa uning debetiga va 9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga 
yoziladi va shu asosda u yopiladi. 
 
Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar 
deganda korxonaning valyuta 
schyotida saqlanayotgan chet valyutasi va chet el valyutasidagi debitorlik 
qarzlar
bo‗ yicha 
hisoblangan
ijobiy kurs farqlari tushuniladi. Ushbu daromad 
har
oyning oxirida 
5210 ―Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari‖, 5220 ―Chet eldagi valyuta schyotlari‖, 
4000 ―Olinadigan schyotlar‖, 4300 ―Ta‘ minotchi va pudratchilarga berilgan bo‗naklar 
hisobi
schyotlari‖ va boshqa chet el valyutasida 
hisobi
yuritilgan debitorlik 
qarzlar
schyotlari bo‗ yicha O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Banki e‘lon 
qilgan
kurslar 
asosida 
hisoblanadi

Hisoblangan
ijobiy kurs farqlari yuqorida keltirilgan schyotlarning 
debetida va 9540 ―Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar‖ schyotining kreditida 
aks ettiriladi. Yil oxirida 9540- schyotning kreditida to‗plangan summa uning debetiga va 
9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 
Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar
deganda mulkni bir yildan ko‗p 
muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadning 
summasi tuzilgan lizing (ijara) shartnomasi asosida 
hisoblanadi

Hisoblangan
daromad 
summasi 4830 ―Olinadigan foizlar‖, 6230 ―Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar‖ 
schyotlarining debetida va 9550 ―Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar‖ 
schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9550- schyotning kreditida to‗plangan 
summa uning debetiga va 9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga yoziladi va 
shu asosda u yopiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin