K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

YIII - bob. 
KORXONA MAJBURIYATLARINING 
HISOBI
 
 
 
8.1.Majburiyatlarning turlari, baholanishi 
va ular 
hisobining
 vazifalari 
 
Majburiyatlar
, birinchi bobda aytib o‗tilganidek, korxonaning boshqa yuridik va 
jismoniy shaxslar oldidagi 
qarzlarini
bildiradi. Majburiyatlarni to‗ lanadigan schyotlar 
ham
deb ataydilar. Majburiyatlar yoki to‗lanadigan schyotlar deb tan olinishi uchun ular 
quyidagi
shartlarga javob berishi lozim: 
Majburiyatlar yuz berib o‗tgan voqea va 
hodisalar
, xo‗jalik operatsiyalari natijasi 
bo‗lib 
hisoblanishi
kerak. Masalan, korxonaning ta‘ minotchilar oldidagi majburiyatlari
ulardan tovar-moddiy boyliklarni to‗lovni kelgusida amalga oshirish sharti bilan 
olinganligi natijasida vujudga keladi yoki korxonaning o‗z xodimlari oldidagi 
qarzi
ularga 
qilgan
mehnatlari uchun ish 
haqini
hisoblanishi
natijasida paydo bo‗ladi.
Majburiyatlar summasi aniq o‗lchanadigan va shubha tug‗ dirmaydigan bo‗lishi 
kerak. Majburiyatlar summasini o‗lchash ularni yuz bergan vaqtida namoyon bo‗lgan 
haqqoniy
qiymatlarida
, kelgusi davrlarda esa valyutalar kurslaridagi o‗zgarishlar bilan 
qayta
hisoblangan
diskontlangan 
qiymatlarda
baholash yo‗li bilan amalga oshiriladi. 
Majburiyatlarning shubha tug‗ dirmasligi ularning 
hujjatli
asosga ega bo‗lishligi bilan 
kafolatlanadi. 
Majburiyatlar ni vujudga keltirgan xo‗jalik munosabatlari, aktivlar, bajarilgan 
ishlar va xizmatlar kelgusida korxonaga iqtisodiy manfaat olib kelishi lozim. 
Majburiyatlarni 
hisobda
turishi va 
hisobdan
chiqarilishi, 
qaytarilishi
yoki 
to‗lanishi vaqt bo‗ yicha chegeralangan bo‗lishi kerak. Belgilangan muddatlarda 
qaytarilmagan
majburiyatlar korxonaga jarimalar to‗lash natijasida 
qo‘shimcha
zararlar 
keltirishi va 
qo‘shimcha
majburiyatlarni vujudga kelishiga sababchi bo‗lishi mumkin.
Korxonalarning majburiyatlarini turli belgilariga ko‗ra tasniflash mumkin.


154 
Muddatiga
 
ko‗ra korxona majburiyatlari uzoq va 
qisqa
muddatli turlarga bo‗linadi. 
Uzoq muddatli majburiyatlarga bir yildan ko‗p muddatga olingan bank kreditlari va 
boshqa shaxslardan olingan 
qarzlar
kiradi. 
Qisqa
muddatli majburiyatlarga muddati bir 
yildan oshmaydigan barcha boshqa 
qarzlar
(to‗lanadigan schyotlar) kiradi. 
Harakteriga
 
ko‗ra barcha majburiyatlar tovar harkteridagi va notovar harakteridagi 
majburiyatlarga bo‗linadi. Tovar harakteridagi majburiyatlarga ta‘ minotchilar va 
pudratchilar oldidagi 
qarzlar
, haridorlardan olingan avanslar bo‗ yicha 
qarzlar
qiradi

Notovar harakteridagi majburiyatlarga korxonaning ish 
haqi
, sug‗urta, soliq va ajratmalar 
bo‗ yicha 
qarzlari
, ta‘ sischilar va boshqa kreditorlar oldidagi 
qarzlari
kiradi. 
To„lov muddatiga
ko‗ra majburiyatlar joriy va muddati uzaytirilgan majburiyatlarga
bo‗linadi. Joriy majburiyatlarga 
hisobot
davr tugashi bilan to‗lanadigan 
qarzlar
, masalan, 
ish 
haqi
, ish 
haqi
fondidan ajratmalar va ushlanmalar, soliqlar va boshqa to‗lovlar 
bo‗ yicha 
qarzlar
kiradi. Muddati uzaytirilgan majburiyatlarga to‗lov muddati 
hukumat
yoki turli kreditorlar tomonidan ma‘lum vaqtgacha kechiktirilgan 
qarzlar
, masalan 
soliqlar, majburiy ajratmalar va boshqa to‗lovlar, kiradi.
Majburiyatlar bo‗ yicha buxgalteriya 
hisobining
asosiy vazifalari bo‗lib 
quyidagilar
hisoblanadi

Majburiyatlarni asosli tan olish va real baholash;
Majburiyatlarni vujudga kelishi va 
qoplanishini
o‗z vaqtida tegishli 
hujjatlar
bilan
to‗g‗ri rasmiylashtirish; 
Majburiyatlarni mazmuni, harakteri va boshqa belgilari bo‗ yicha ular uchun 
ko‗zda tutilgan schyotlarda aks ettirish; 
Majburiyatlarning
holati
va 
harakati
ustidan doimiy nazoratni olib borish; 
Majburiyatlarni o‗z vaqtida uzish, to‗lov muddatini o‗tib ketmasligi ustidan 
doimiy nazorat 
qilish

Voz kechilgan va da‘vo muddatlari o‗tib ketgan majburiyatlarni o‗ z vaqtida va 
to‗g‗ri korxona daromadlariga olinishini nazorat 
qilish

Majburiyatlar bo‗ yicha foizlarni to‗g‗ri 
hisoblash
va korxona harajatlariga o‗z 
vaqtida kiritib borish; 
Majburiyatlar bo‗ yicha 
hisobotlarni
to‗g‗ri va o‗z vaqtida tegishli organlarga 
yetqazish va boshqalar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin