221
Har
bir guruhdan keyin
hisobotning
alohida satrlarida faoliyat turi bo‗ yicha sof pul
kirimi/chiqimi ko‗rsatiladi. Bu korxonada
har
bir faoliyat bo‗ yicha
hisobot
davrida
ko‗proq kirimga yoki chiqimga erishganlikni aniqlashga imkon beradi.
Hisobotning
alohida satrida (220-satr) korxonaning moliyaviy –xo‗jalik
faoliyatining jami sof pul kirim/chiqimi barcha faoliyat turlari bo‗ yicha birgalikda
ko‗rsatiladi. Buning uchun barcha faoliyat turlari bo‗ yicha pul tushumlarining va
to‗lovlarining guruhlangan summalarining ( 050,100,
180,210- satrlar) farqi ( +,- ) mos ravishda kirim yoki chiqim ustunida aks ettiriladi.
Hisobotning
oxirgi ikkita satrida (230 va 240-satrlar) mos ravishda
hisobot
davrning
boshi va oxirida mavjud pul mablag‗larining
qoldiq
summalari ko‗rsatiladi. Bunda 240-
satrda ko‗rsatilgan pul mablag‗ larining oxirgi
qoldig‘i
230-satrda ko‗rsatilgan pul
mablag‗larining bosh
qoldig‘i
va 220- satrda ko‗rsatilgan
hisobot
davrdagi pul
mablag‗larining sof kirim/chiqim summalarining yig‗indisi yoki ayirmasiga teng bo‗lishi
lozim.
Pul oqimlari to‗g‗risida
hisobot
korxonaning pul mablag‗lari
hisobi
uchun
mo‗ljallangan schyotlar ( 5000,5100,5200,5500,5600,5700 ) ning mos ravishdagi bosh
qoldiq
, oxirgi
qoldiq
, debet va kredit oborot summalarini korrespondensiyalangan
schyotlarning yozuvlari asosida tuziladi.
9-son BHMS ― Pul oqimlari to‗ g‗risida
hisobot
‖ga muvofiq (15-band ) pul oqimlari
to‗g‗risidagi
hisobotning
faoliyat turlari bo‗ yicha kirim va chiqimini aks ettirishda ikki
usuldan, ya‘ni bevosita (to‗g‗ri ) usuldan va bilvosita (egri ) usuldan foydalanish
mumkin. Bu ikkala usul
ham
pul mablag‗larining
qoldig‘i
, kirim va chiqimi bo‗ yicha bir
xil natijalarni beradi, lekinda ularda pul oqimlarini
hisoblashda
turli ko‗rsatkichlar asos
qilib
olinadi. Bu faqatgina asosiy (operatsion) faoliyat bo‗ yicha pul oqimlarini
hisoblashga
taallluqlidir. Investitsion va moliyaviy faoliyat bo‗ yicha pul oqimlari
to‗g‗risidagi ma‘ lumotlar to‗g‗ridan to‗g‗ri pul mablag‗lari
hisobi
uchun mo‗ljallangan
schyotlarning (5000,5100,5200,5500,5600,5700) registrlaridan olinadi.
Asosiy faoliyat bo‗ yicha pul oqimlarini bevosita (to‗g‗ri) va bilvosita (egri ) usullar
asosida
hisoblashning
xususiyatlariga
quyidagilar
kiradi.
Dostları ilə paylaş: