Kadrlar tayyorlash milliy dasturi


Muammoli ta’limni nazariy asoslari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/47
tarix27.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#149654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Muammoli ta’limni nazariy asoslari. 
Maktablar oldida turgan bosh maqsad o`quvchilarni har tomonlama garmonik 
rivojlanishni ta’minlashdan iborat. O`quvchi shaxsini har tomonlama garmonik
rivojlanishni ko`rsatuvchi asosiy faktor uning yuqori darajada mustaqil fikrlay olishida 
namoyon bo`ladi. 
Agar o`quv jarayoni o`quvchini mustaqil fikr yurita olishga o`rgatsa, unday 
ta’limni rivojlantirishga asoslangan o`quv- biluv jarayoni deb qabul qilish mumkin. 
Muammoli vaziyatni keltirib chiqarish. 
Muammoli vaziyatni asoslash, tushuntirish. 
Muammoli vaziyatni o`quvchilar bilan birgalikda tahlil qilish. 
Muammoli vaziyatni yechimining bir necha usullarini aniqlash. 
Muammoning natijaviy yechimini tanlab, har tomonlama baholash. 
Muammoli ta’limning umumfunksiyalari. 
- Bilimlar tizimining o`quvchilar tomonidan o`zlashtirib olinishi va aqliy-amaliy, 
ijodiy yechimlar faoliyati; 
- Mustaqil ravishda bilimga bo`lgan qiziqishlarining ortishi, o`quvchining ijodiy
qobiliyatlari o`sishi; 
- O`quvchida didaktik- materialistik rivojlanishning shakllanishi; 
Muammoli ta’limning o`ziga xos funksiyalari. 
- Ijodiy fikrlash orqali bilimlarni o`zlashtirish shakllanadi. (ayrim mantiqiy va ijodiy 
fikrlash faoliyatlarning shakllanishi) 
- Olgan bilim, malakalarini hayotda qo`llay olishlari shakllanadi, o`quv 
muammolariga mustaqil yo`l ochish ko`nikmalari xosil bo`ladi. 
- ijodiy fikrlash tajribalari shakllanadi, ilmiy metodlar asosida izlanishga 
o`rganadilar, uning amalda qo`llaydilar. 
Ilmiy izlanish tajriba- sinovlar, pedagogik amaliyotlar shuni ko`rsatadiki, 
muammoli vaziyatlarni hamma o`quv faoliyatlariga nisbatan quyidagi tiplarga bo`lish 
mumkin. 



1-tip. Agar o`quvchilar oldiga vazifalar qo`yilib, qo`yilgan masalalarga hayotdan 
o`quv materiali asosida javob talab qilinsa, muammoli vaziyat kelib chiqadi. 
2-tip. O`quvchilar ilgarigi darslarda olgan bilimlarini yangi mavzuni o`zlashtirish 
vaqtida qo`llash zarurligiga uchrab qolsalar. Yangi mazmunning yechimi ilgarigi 
olgan bilimlarini o`zlashtirganliklarini talab etib, vaziyatdan chiqa olmay qolsalar. 
3-tip. Muammoli vaziyatlarni shunday holatlarda ham uchratish mumkinki, 
o`rganilingan nazariy bilimlar yechimida mavzui o`rganish amaliy yechimlariga mos 
kelmasa. 
1-
tip. Muammoli vaziyat shunday hollarda ham uchrashi mumkinki, o`quv 
topshirigi amalda bajarish uchun o`qituvchida isbot, nazariy asos bo`lmasa. 
O`quvchini fiklashga yo`naltirilgan maxsus vositalarni qo`llab, uni fanga qiziqtirish, 
erkin fikrlashga o`rgatish, rivojlantirish tizimi yaratib borilsa, buni muammoli ta’lim 
deyish mumkin. 
O`quvchini faollashtirishda samarali metod, usullarini an’anaviy ta’limni amalga 
oshirishda didaktik yondashuv asosida olib borilishi deb tushuntiriladi. 
O`quvchilarning aqliy fikrlashlarni tayyor mavjud bo`lgan yo`llar bilan o`stirish 
maqsadida erishishning oddiy usuli bo`lib, u ijodkorlikka, izlanuvchanlikka olib 
kelmaydi. 
Muammoli ta’lim jarayonida o`quvchi tahlillar asosida qo`llash, sintez qilish, 
umumlashtirish, faktik materiallarni aniqlashtirish, o`zi mustaqil yangi axborotni oladi. 
Boshqacha aytganda, bu bilimni kengaytirish, chuqurlashtirishni ilgariga olgan, 
o`zlashtirgan bilimlari asosida o`zlashtirish, qo`llay bilishdan iborat. 
Olgan bilimlarni yangicha qo`llashda o`qituvchi qo`llanma, darslikdan tayyor qolda 
bermaydi, u o`quvchi tomonidan izlab topiladi. Mana shu holat izlanuvchanlik, 
sinchkovlik metodida ishlash ko`nikmalarini shakllantiradi. 
Aqliy izlanish- juda murakkab jarayon, u asosan muammoli vaziyat vujudga 
keltirilganda, aniq muammolar kuchaygandagina vujudga keladi. Agar o`qituvchi 
topshiriq berib, uni qanday bajarish yo`lini aytib, uni bajarishga undasa, bu muammoni 
yechishga kirmaydi. Bu o`quvchini tanho yechimga o`rgatadi xolos. 
O`quvchini haqiqiy faollashtirish, uni muammoni mustaqil fikrlash, nazariy, 
amaliy tomonlarini hisobga olish, tahlil orqali muammo yechimini o`zi o`ylagandek
yakun toptirishga olib kelish kerak. 
Muammoli ta’lim an’anaviy ta’limdan o`zining maqsad, prinsip, metodlari, 
vazifalari jihatidan keskin farq qiladi. An’anaviy ta’limning bosh maqsadi ilgaridan fanga 
ma’lum bilimlarni o`zlashtirish, o`quvchini fanga ma’lum ma`lumot bilan 
qurollashtirish, ularda ular haqida tushuncha va malakalar hosil qilishdan iborat. 
Muammoli ta’lim darajalari. 
Birinchi bosqich. O`qituvchi muammoni to`liq yoritadi va uni yechimini topib 
beradi, qarshi savollar yordamida o`quvchilarni fikrlashga ixtiyoriy majbur etadi. 
Ikkinchi bosqich. O`qituvchi muammoni qo`yib, uning mazmunini ifodalaydi. Keyin 
o`quvchilarni muammo yechimini mustaqil izohlashga yo`naltiradi. 
Uchinchi bosqich. O`qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki muammoli vaziyat 
yaratadi. O`quvchilar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan chiqish yo`llarini izlab 
topadilar. 



To`rtinchi bosqich. Bunda o`qituvchi izlanish sohasini belgilaydi xolos, muammoga 
yaqinlashib boradi, lekin uning mazmuni va yechimini ko`rsatmaydi. 
O`quvchini mustaqil faoliyatga yo`naltiriladi. Muammoli ta’limda o`qituvchi, 
o`quvchini murakkab tushunchalar mazmuni bilan tanishtirish jarayonida unga sistemali 
ravishda muammolar qo`yib beradi, o`quvchiga axborot beradi, o`quvchi mustaqil 
ravishda xulosalar chiqaradi, umumlashtiradi va o`quvchi yordamida ma’lum tushuncha 
qoidalar, xulosalar chiqaradi. O`qitish shunday xislatki, o`quvchi o`z faoliyatida ta’lim 
mazmunini bayon qilishda qolgan muammolar vaziyatlarni keltiradi. Bir vaqtda 
muammoni hal yetishga undaydi. 
Muammo – ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini sub`ektiv shaklidir. 
Umummuammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanish jarayonida bilish va bilmaslik
o`rtasida ob`yektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat.
Muammoli o`qitish – o`quvchilar o`quv – biluv jarayonida muammoli vaziyatni 
tahlil etish, sintez qilish, umumlashtirish asosida uning yechimi bo`yicha takliflar, 
gipotezalar keltiriladi. Qarashlarining to`griligini isbotlashga harakat qiladilar.
Muammoli vaziyat – bu insonning intellektual qiyinchiliklarda paydo bo`lgan 
vaziyatlardan chiqish jarayoni ma`sullari va nomas`ullari faktlarga suyanib, maqsad sari 
intilishi vaziyatdan chiqa olishga intilishi, qiziqishlar orqali ijodkorlikka mahsulot olishga 
yo`l ochadi. 
Muammoli vaziyat … muammo… uning yechimini izlab topish… muammoning 
yechimi.
O`quv- tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, ta’lim jarayoniga va o`quv-biluv 
jarayoniga «Muammoli o`qitish» didaktikasini joriy etib borish asosiy ish jarayoniga 
aylanmog`i kerak. 
Muammoli ta’lim ta’lim- tarbiya jarayonini faollashtirish, o`quvchilarning o`quv- 
biluv jarayoniga ehtiyoji qiziqishi, xohishini orttirishga sabab bo`ladi. 
Agar o`qituvchi muammoli ta’limning mazmun- mohiyatini yaxshi o`zlashtirib 
olsa, o`quv jarayonining shakli va metodlarini, texnik jihatdan jihozlanishini amalda 
qo`llay olsa u o`z- o`zidan muvaffaqiyat keltiradi. 
O`qituvchining didaktik jihatdan yaxshi tayyorgarligi juda muhimdir. Chunki 
muammoli ta’limning nazariy va amaliy jihatlarini atroflicha o`rganish- o`quv jarayonini 
san’at darajasiga olib chiqish demakdir, u o`z navbatida o`quvchining ta’lim mazmunini 
to`la o`zlashtirib olishga kafolatdir. 
Muammoli ta’limni muvaffaqiyatli kechish shartlari 
1. O`quv materiallarini muammolashtirish. 
2. Bolaning faolligini tashkil etish. 
3. O`qitishning bola hayoti, turmush tarzi, mehnati o`yin bilan aloqasi. 
Muammoli vaziyatlar yaratish usullari. 
1. O`qituvchi bolalarni ziddiyat holatiga keltiradi va o`zlaricha yechimini topishni 
taklif qiladi. 
2. Amaliy faoliyatdagi ziddiyatlar to`qnashuvini vujudga keltiradi. 
3. Bir savolning o`ziga har xil fikrlarni bildiradi. 
4. Hodisani har xil pozistiyadan ko`rib chiqishni taklif qiladi. 
5. Taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalar chiqarishiga undaydi. 
6. Aniq savollar qo`yadi, yechimini so`raydi. 



7. Muammoli topshiriqlarni qo`yib, yechimini so`raydi. 
Muammoli o`qitish metodlari. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin