11
jarayonini harakatlantiruvchi kuch yoki oldindan belgilab qo’yilgan aniq maqsad yo’lidan
o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta'limda yakuniy natijani kafolatlaydigan
tadbirlar majmuasi. Pedagogik texnologiya bu darsning qurilishi. 1965 yilda Yaponiyada
Umumyapon "Pedagogik texnologiya" Pedagogik texnologiya
Markaziy kengashi tashkil
etildi. Shu yildan boshlab "Pedagogik texnologiya", "Pedagogik texnologiya sohasidagi
tadqiqotlar" nomli jurnallar chop etila boshlandi. Shu yili Sobiq SSSR da "Maktab va
ishlab chiqarish" jurnali chop etila boshlandi. 1967
yilda Angliyada Pedagogik
texnologiya milliy kengashi tashkil topdi. 1964 yildan "Pedagogik texnologiya va
dasturli ta'lim", 1970 yildan "Pedagogik texnologiya nomli jurnallar chop etila boshladi.
1971 yil AQSh da Kommunikasiya va texnologiya Assosiasiyasi tashkil topdi. 1961
yildan "Pedagogik texnologiya" jurnali. 1971 yildan "Audio - vizual ta'lim",
"Audiovizualli kommunikasiya bayoni nomli jurnallar chop etila boshladi. 1971
yilda
Italiyada Pedagogik texnologiya milliy Markazi tashkil etildi. 1971 yildan "
Pedagogik
texnologiya" nomli jurnali chop etila boshladi. 1973 yil Vengriyada o’qitish
texnologiyasi Davlat markazi tashkil etildi. Pedagogika sohasidagi AQSh ning mashrur
olimlari: B.Blum, D.Kratval, M.Trondund, D. Kerrol, Dj.Blok, L.Enderson, R.Gens,
L.Brit bu olimlar ishlab chiqqan pedagogik texnologiyalar 1966
yilda YuNYeSKO
Xalqaro konferensiyasi asos sifatida qabul qilindi.MDH dagi olimlar: V.P.Bespalko,
M.V.Klarin,
G.K.Slevko,
V.P.Monaxov,
M.A.Choshanov,
J.O'.Yoldoshev,
B.L.Farberman, N.S.Sayidahmedov o’qitish jarayonini sun'iy tizim doirasida kechadi, ana
shu tizim pedagogik tizim bo’lib, uning ichidagi jarayonlar esa pedagogik texnologiyalar
deyiladi. Pedagogik texnologiya bugun paydo bo’lgan fenomen emas, u har doim ta'lim -
tarbiya jarayonida mavjud. Shu sababli arqoq ravishda amalga oshirilgan ilg'or metodik
tajribalarni endi pedagogik texnologiya qonuniyatlariga bo’ysundirish kerak. Pedagogik
texnologiyalar tasnifiga ko’ra 3 turga bo’linadi.
* Umumpedagogik texnologiya
* Xususiy predmetli
* Lokal (mahalliy) pedagogik texnologiyalar.
"Ta'lim to’'risidagi" qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilingandan
so’ng o’quvchi shaxsi ta'limining markazida qo’yildi. Shuning uchun ta'limda
o’zgartirishlar kiritishga to'g’ri keldi. Hozirgi kunda o’quvchiga yo’naltirilgan ta'limdan
foydalanamiz. Bu maqsadga erishish uchun darslarda interfaol metodlardan foydalanish
lozim.
Dostları ilə paylaş: