Kichik biznesni zamonaviy tashkiliy strukturasi
Jahondagi ko‘pgina biznes korxonalarning tashkiliy strukturasi
biznes jarayoniga
asoslangan bo‘lib, unda odatdagi funksional va maxsus bo‘limlar (kadrlar bo‘limi,
tadqiqot va marketing bo‘limlari) saqlanib qolgandir. Biznes jarayonlar yangi tovarlar
ishlab chiqarish qabul qilingan buyurtmalarni har taraflama qayta ishlash va boshqa
strategik yo‘nalishlardan iboratdir. Ushbu biznes jarayonlarga
asoslangan tashkiliy
struktura mustahkamlana borishi bilan ba’zi keraksiz boshqarish bo‘g‘inlari qisqartirila
borilib, raqobat kurashiga chidamli, biznes–muhit moslashgan yangi mahsulot ishlab
chiqaruvchi ishchi guruhlar tashkil qilinadi. Tashkiliy strukturani transformatsiyasi
bozor sharoitida, raqobatchilarning o‘zgarishi bilan doimiy ravishda amalga oshiriladi.
Funksional tashkiliy struktura va biznes jarayonga asoslangan tashkiliy strukturaning
quyidagi
qiyosiy
xarakteristikalarini
keltirish
mumkin:
2
Biznes jarayonga asoslangan boshqaruv murakkab masalalarni hal qiluvchi yetarli
tajribaga ega bo‘lgan boshqaruvchilarni talab qiladi.
Funksional tashkiliy struktura axborotlar yig‘ish va tahlil qilish, tashqi auditoriyaga
ta’sir etish mahoratiga ega bo‘lgan xodimlar bo‘lishini talab etadi.
Biznes jarayonga
asoslangan tashkiliy struktura,tomonlar o‘rtasida o‘azaro
munosabatlar o‘rnatish konfliktlarni bartaraf qilish, muzokoralar olib borish, axborot
to‘plashni boshqarish, ishchi gruhlarini tashkil qilish, o‘qitishni yuksak mahoratda olib
boradi.Bozor talabiga moslashgan kompaniya o‘z e’tiborini tovarga yoki
texnologiyaga emas balki iste’molchi xohishiga qaratadi.Funksional tashkiliy struktura
xodimlari o‘z sohasini chuqur va puxta biladigan, jarayon va hodisalarni tahlil qilish
va baholash qobilyatiga ega bo‘lgan o‘z tavsiyalarni
himoya qila oladigan va
boshqalarni unga ishontira oladigan xodimlar bo‘lishini talab qiladi.Funksional
strukturadagi bo‘limlar ishini pirovard natijalari uchun aniq va mas’ul xodimlar
yuqligi, funksional bo‘limlar o‘rtasida ish yuzasidan nizolarni
bartaraf etish uchun
kombinatsiyalashgan (aralash) boshqaruv strukturasidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Yuqorida keltirilganlarning barchasi biznes korxonalarining
bozorning holatini
bilishda, o‘z iste’molchi va mol yetkazib beruvchilari bilan aloqasini yaxshilashda,
bozordagi
o‘rnini,
obro‘sini
ko‘tarishda
katta
rol
o‘ynaydi.
Zamonaviy kichik biznes korxonalari faoliyatida dolzarb muommolarni hal etishda
bir necha boshqarish strukturasini tashkiliy turlarini muvofiqlashtirib ishlatishni talab
etadi.
Adabiyotlar ro'yxati
1. "Standartlar va sifat"
internet -resursi, www.stq.ru
2. Travin, V.V. Korxona xodimlarini boshqarish: darslik-amaliy. Qo'llanma / V.V.
Travin, V.A. Dyatlov. - 4 -nashr. - M.: Delo, 2006.-352-yillar.
3. http://www.human-capital.ru — Источник: https://rvbany.ru/uz/gender/metody-
ocenki-personala-klassifikacii-metodov-ocenki-personala/ © rvbany.ru
4.https://uz.denemetir.com/kichik biznes va tadbirkorlik
5.https://hozir.org>boshqaruv samaradorligi