Kafedra: tibbiyot xizmatni tuzishi va taktikasi


-§. Kombatantlarning maqomi



Yüklə 34,17 Kb.
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü34,17 Kb.
#212072
1   2   3   4   5   6   7
DILXUSH

6-§. Kombatantlarning maqomi

  • 6-§. Kombatantlarning maqomi
  • Harbiy asirlar maqomi qurolli mojarolaming kombatantlar deb ataluvchi qonuniy ishtirokchilariga beriladi. Ilgari bu toifaga faqatgina m untazam armiyalarning jangovar tarkibi mansub bo'lgan. Hozir kom batantlar doirasi ancha kengaygan bo'lib, unga quyidagi tarkiblarga m ansub shaxslar kiradi: 1) m untazam qurolli kuchlar; 2) politsiya kuchlari; 3) qarshilik harakatlari; 4) sanab o'tilgan kuchlar tarkibiga kiruvchi harbiy va ko'ngilli otryadlar a ’zolari. K om batantlarga, shuningdek, qo'shinlar ixtiyoriga berilgan fuqaro ko'm akchi kuchlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, shu jum ladan quyidagilar ham kiradi: 1) prokurorlar; 2) sudyalar; 3) ruhoniylar va boshqalar. Qurolli kuchlar tarkibidagi shaxs ayg‘oqchilik bilan shug'ullanayotgan paytda qo‘lga olingan hollarda harbiy asirlik maqomiga da’vo qila olmaydi. Bunday shaxs harbiy tribunalda sud qilinadi. Yollanma jinoyatchilar kom batant m aqom iga ega bo'lm aydi va harbiy asirlar uchun m o'ljallangan rejim ularga nisbatan joriy etilmaydi. Yollanma jinoyatchi qurolli mojaroda foydalanish uchun yollangan va am alda moddiy foyda olish maqsadida harbiy harakatlarda ishtirok etadigan shaxsdir. U nizolashayotgan m am lakat fuqarosi bo'lmasligi va shu m am lakat hududida doimiy yashab turmasligi shart, nizolashayotgan m am lakat qurolli kuchlari tarkibiga kirmaydi. M ojaroda moddiy m anfaatdorlik em as, balki boshqa maqsadlarda (siyosiy hammaslaklik, mafkuraning, dinning umumiyligi nuqtayi nazaridan) ishtirok etadigan shaxslar yollanma jinoyatchilardan farq qiladi. Y ollanm a jinoyatchilik kichikroq va endi rivojlanayotgan davlatlar uchun jiddiy xavf soladi. BM T Bosh Assambleyasi 1989-yilda Yollanma jinoyatchilam i yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta ’minlash va o'qitishga qarshi kurash to'g'risida konvensiya qabul qilgan. Konvensiyada yollanm a jinoyatchilik barcha davlatlar manfaatlariga daxl qiladigan jiddiy jinoyat sifatida tan olingan va barcha ishtirokchilar zim m asiga aybdorlam i sud qilish yoki topshirish m as’uliyati yuklangan. Ayrim jinoyat kodekslarida ham yollanma jinoyatchilikka bag'ishlangan qoidalar mavjud. Asir olingan paytidan e ’tiboran harbiy asirlar uchun javobgarlik ularni qo'lga olgan komandirlarning em as, balki bevosita davlatning zim m asida bo'ladi. Harbiy asirlarga insoniy m uom ala qilish talab etiladi. A sim ing o'lim iga yoki sog'lig'iga jiddiy ziyon yetkazishga sabab bo'ladigan har qanday g'ayriqonuniy harakat yoki harakatsizlik jinoyat hisoblanadi. Asirlar lagerlari quruqlikdagi xavfsiz joylarda joylashgan bo'lishi zarur. Oddiy asirlaming jism oniy holatidan kelib chiqib, mehnatga jalb etish mumkin. Ofitserlar bunday ishlarga rahbarlik qilishdagina ishtirok etadi. Asirlar ularni asir olgan davlat armiyasida amal qiladigan qonunlar va qoidalarga bo'ysunadi. Harbiy harakatlar barham topganidan keyin asirlar tezkorlik bilan vataniga qaytarilishi kerak.

Yüklə 34,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin