Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


FUQAROLIK JAMIYATINING IJTIMOIY, IQTISODIY, SIYOSIY VA MA’NAVIY ASOSLARI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə120/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

2. FUQAROLIK JAMIYATINING IJTIMOIY, IQTISODIY, SIYOSIY VA MA’NAVIY ASOSLARI

Fuqarolik jamiyati nihoyatda murakkab hamda serqirra ijtimoiy hodisadir. Shu bois uni iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy asoslar bo’yicha ta’riflash mumkin.


Iqtisodiy asos. Fuqarolik jamiyati xususiy mulkchilikka keng yo’l beruvchi va unga asoslanuvchi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga, erkin iqtisodiy faoliyat ta’minlangan shart-sharoitga tayanadi. Aynan xususiy mulkchilik muhiti va munosabatlari qaror topgan jamiyatda shaxsning mulkiy mustaqilligi, iqtisodiy faoliyat yuritishdagi erkinligi ta’minlanadi. Xuddi shu asnoda shaxs davlat hokimiyatiga nisbatan avtonom, mustaqil mavqeni egallaydi. Davlat xususiy hayot sohasiga, shaxs va tashkilotlarning qonuniy iqtisodiy faoliyatiga aralashmasligi lozim.
Fuqarolik jamiyati kontseptsiyasini yaratishga katta hissa qo’shgan nemis faylasufi Gegel, ushbu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan. U bunda ikki asosiy printsipni ajratib ko’rsatgan:
birinchidan, shaxslar o’z xususiy manfaatlaridan kelib chiqib harakat qiladilar;
ikkinchidan, insonlar shunday ijtimoiy munosabatlar tizimini vujudga keltiradilarki, bunda har kim boshqa shaxsga bog’liq bo’ladi.
Xususiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy tuzilma bo’lmish fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti munosabatlari tizimidan iboratdir. Bunday munosabatlarga ishlab chiqarishdagi raqobat va unda hokimiyatning ma’muriy aralashuvini cheklash orqali erishiladi. Fuqarolik jamiyati insonning ijodiy faolligini namoyon etishga yo’l ochuvchi munosabatlar shakllangan taqdirda zohir bo’ladi. Tarixdan ma’lumki, xususiy mulk nafaqat jamiyatni turli qatlamlarga ajratgan, balki ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan tashabbusni rag’batlantirgan, hokimiyatga nisbatan mustaqil (avtonom) tuzilmalarni vujudga keltirgan.
O’zbekistonda ham xususiy mulkchilikka asoslangan iqtisodiy munosabatlar tizimi qaror topmoqda, tadbirkorlikka, kichik va o’rta biznesga keng yo’l ochilib, tegishli tashkiliy va huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolik jamiyatining qaror topishini xususiy mulkning qat’iy mavqega ega bo’lishi bilan bog’laydi. Shu asosda hozirgi paytda jamiyatda keng ko’lamda xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin