Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


HUQUQ NORMALARINI TURLI ASOSLARGA KO’RA TASNIFLASH



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə67/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

3. HUQUQ NORMALARINI TURLI ASOSLARGA KO’RA TASNIFLASH

Huquq normalari ularda mustahkamlangan qoidalarning xarakteriga qarab huquq va vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi va ta’qiqlovchi (man qiluvchi) normalarga ajratiladi:



  1. Huquq sub’ektiga muayyan harakatlarni sodir etish mumkinligini ko’rsatuvchi huquq normalari huquq va vakolat beruvchi normalar deyiladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga binoan, “Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega…”.

  2. Huquq sub’ektiga muayyan harakatlarni sodir etish lozimligini (shartligini) ko’rsatuvchi huquq normalari majburiyat yuklovchi normalar deyiladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar”, deyilgan va bu qoida majburiyat yuklash xarakteriga ega.

  3. Huquq sub’ektiga muayyan xatti-harakatlarni sodir etishni man qiluvchi normalar ta’qiqlovchi normalar, deb ataladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida mustahkamlab qo’yilgan “…Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi”, degan qoida ta’qiqlovchi norma hisoblanadi.

Bulardan tashqari, huquq normalari boshqa bir qator mezonlar asosida ham tasniflanadi. Jumladan, huquq normalari o’zida xatti-harakatni shakllantirishning mavhumligiga qarab abstrakt (mavhum) va kazuistik normalarga, gipotezada mustahkamlangan holatning faktik jihatlari aniq yoki nisbiy ekanligiga qarab aniq va nisbiy aniq normalarga, gipotezaning hajmiga qarab oddiy, murakkab va alternativ normalarga, dispozitsiyaning aniqligiga qarab mutlaq aniq, nisbatan aniq va blanket normalarga, huquqiy tartibga solish usuliga ko’ra imperativ va dispozitiv normalarga, sub’ektlariga qarab umumiy va maxsus normalarga, harakatlanish hududiga qarab umumiy harakat qiluvchi va mahalliy miqyosda harakat qiluvchi normalarga bo’linadi. Shuningdek, huquqni qo’riqlovchi normalar sanktsiyalarning aniqligiga qarab mutlaq aniq va nisbatan aniq normalarga ham bo’linadi. Huquq sohalarida esa huquq normasi xalqaro, konstitutsiyaviy, ma’muriy-huquqiy, fuqaroviy-huquqiy, jinoiy-huquqiy va boshqa turlarga ajratiladi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin