Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə70/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Huquqiy pretsedent (lot. praecedens - avvalgisi, oldingisi). Huquqiy pretsedent - sud yoki ma’muriy organning yozma yoki og’zaki qarori bo’lib, bu qaror kelgusida barcha shunga o’xshash ishlarni ko’rib chiqish va hal qilish uchun asos bo’ladigan namuna normadir. Huquqiy pretsedentning sud va ma’muriy pretsedent shakllari mavjud. Huquqiy pretsedentning sud pretsedenti shakli AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada va Yangi Zelandiya kabi umumiy huquq amalda bo’lgan davlatlarda huquqning manbasi sifatida keng qo’llaniladi.
Eng keng ma’noda pretsedent, deb avval biron bir vaziyatda sodir bo’lgan narsa o’xshash vaziyat yana yuzaga kelganda qanday yo’l tutish lozimligini anglatadi va o’ziga xos namuna sifatida qabul qilinishi tushuniladi. Sud ishlari bilan bog’liq pretsedentga sud pretsedenti, deb qaraladi. Sud pretsedenti – bu muayyan ish bo’yicha sudning shunday qaroriki, u boshqa sudyalarga kelgusida shunga o’xshash ishlarni hal qilishda qanday qaror qabul qilish lozimligini ko’rsatadi8.
Sud qarori bilan bog’liq shakllangan huquq normalari ingliz huquqida pretsedent huquqi (case law) ga kiritilgan. Ushbu ma’noda “pretsedent” atamasi sud ishidan boshqa narsani anglatmaydi, ya’ni bu sud tomonidan tugatilishi mumkin (fuqarolik ishida) yoki lozim (jinoyat ishida) bo’lgan protsessual ish yuritish yoxud u yoki bu ishning bevosita sud majlisida muhokama etilishidir. Shu bois sud qarorlariga pretsedent huquqi sifatida ham qaraladi.
Pretsedent printsipi sudyalarning tegishli yuqori turuvchi sudlar qarorlariga rioya qilishlari majburiyatini belgilovchi vertikal tartib asosida amal qiladi. Yuqori turuvchi sudlar qarorlari barcha quyi turuvchi sudlar uchun majburiy, biroq ular yuqori turuvchi sudlarni bir-biriga bog’liq qilib qo’ymaydi. Masalan, ingliz Lordlar Palatasi (ingliz sudlariga boshchilik qiluvchi Oliy sud) ning qarorlari barcha quyi turgan sudlar uchun majburiy. Apellyatsiya sudining qarorlari (kassatsiya sud instantsiyasi) Lordlar Palatasidan tashqari barcha sudlar uchun majburiy hisoblanadi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin