Normativ-huquqiy hujjat – vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy tusdagi qoidalarni o’rnatuvchi, o’zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi yuridik hujjati hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjat umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o’z ichiga oladi hamda o’zining quyidagi xususiyatlari bilan ijtimoiy normalarning boshqa turlaridan ajralib turadi:
davlat nomidan qonunda belgilangan tartibda qabul qilinadi;
vakolatli sub’ektlarning huquq ijodkorligi faoliyatining mahsuli hisoblanadi;
barcha uchun umummajburiy qoidalarni o’rnatadi, o’zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi;
muayyan hujjatlashtirilgan shaklga ega (qonun, farmon, qaror va b.);
muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan;
ularda huquqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari bayon etiladi;
normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, qoida bo’yicha, davlatning majburlov kuchi ishga solinadi.
5. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING TURLARI
O’zbekiston Respublikasida huquqning asosiy shakli normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Shu jihatdan olganda, O’zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi Qonunining 5-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari ko’rsatib o’tilgan: