Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


-mavzu. HUQUQ IJODKORLIGI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə74/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

11-mavzu. HUQUQ IJODKORLIGI


Mavzuning asosiy yo’nalishlari

  1. Huquq ijodkorligi tushunchasi va turlari va tamoyillari.

  2. Huquq ijodkorligi – huquq yaratishning murakkab jarayoni sifatida.

  3. Qonun ijodkorligi jarayoni: tushunchasi, printsiplari va bosqichlari.

  4. Huquq ijodkorligi jarayonida yuridik texnikaning roli.

  5. O’zbekistonda qonun ijodkorligi jarayonining o’ziga xos xususiyatlari.

1. HUQUQ IJODKORLIGI: TUSHUNCHASI, TURLARI VA TAMOYILLARI


Huquq ijodkorligi – bu eng avvalo, vakolatli davlat organlarining normativ-huquqiy aktlarini yaratish, ularga o’zgartirish kiritish yoki ularni bekor qilishga qaratilgan faoliyatidir.
Xuquq ijodkorligi turlari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:

    • bevosita huquq ijodkorligi (umumxalq referendumi);

    • davlat organlarining huquq ijodkorligi (Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va b.);

    • alohida mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi (Prezident, vazirlar, hokimlar va b.);

    • mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining huquq ijodkorligi.



2. HUQUQ IJODKORLIGI – HUQUQ YARATISHNING MURAKKAB JARAYONI SIFATIDA

Huquq ijodkorligi jarayonida yangi huquqiy normalar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunda, birinchi navbatda, davlat faoliyatining belgilan­gan vazifalari huquqda o’z ifodasini topadi.


Albatta, davlat funktsiyalari haqida gap ketganda, avvalo, ularni amalga oshirish shakllarini hamda ulardan biri sifatida – jamiyatga davlat rahbarligi ko’rinishlaridan biri bo’lgan huquq ijodkorligi yoki qonun yaratuvchilik ishi haqida to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq. Binobarin, davlatning vazifasi, tipi, davlat hokimiyatini amalga oshirish va tashkil etish shakllaridan qat’i nazar, huquq ijodkorligi davlat tomonidan amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham huquq ijodkorligi – jamiyat va davlat­ning huquqiy ehtiyojlarini aniqlash va baholash, vakolatli sub’ektlarning huquqiy hujjatlarini belgilangan tartibda shakllantirishi va qabul qilishini qamrab oluvchi jarayonidir. Ushbu ta’rifda quyidagi muhim jihatlarga urg’u berilgan:

  1. huquqiy tartibga solishni talab etadigan holat yoki jarayonni anglash, o’rganish va tahlil etish;

  2. u yoki bu huquqiy aktni qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan organni (sub’ektini) aniqlash;

  3. qabul qilinishi mo’ljallanayotgan aktning shaklini tanlash;

  4. tegishli protsedura doirasida huquqiy aktni tayyorlash, qabul qilish yoki o’zgartirish. Albatta, sanab o’tilgan bu jihatlar o’zaro bog’liq va yaxlit jarayondir.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin