Kasbiy faoliyat psixologiyasi



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

to‗rtinchi guruhga
mansub bo‗lib, ular sinf 
jamoasida o‗z o‗rinlarini topa olmaganidan qayg‗uradilar. Bunday o‗quvchilar 
ginaxon (arazchi) bo‗ladilar, shuning uchun sinf jamoasida kamsitilayotgandek 
kechinmalar bilan yashaydilar. Bunday holatning vujudga kelishiga asosiy sabab 
shaxsiy imkoniyatlardan ko‗ra intilish, mayl va obro‗ ketidan quvishning 
ustunligidir. Ular jamoa a‘zolarining hurmatiga sazovor bo‗lishni xohlaydilar. 
Ko‗pincha tundlik bilan ish to`tadilar, biror narsaga xayrixohliklari yaqqol ko‗zga 
tashlanmaydi. Tushkunlik qayfiyati, umidsizlik, o‗z imkoniyati, aqliy quvvatiga 
ishonchsizlik ularga xos xususiyatlardir. Ular qonun va qoidalarni buzishga 
astoydil harakat qilmasalarda, ta‘lim va tarbiya jarayonida qiyinchilik tug‗diradilar. 
Tarbiyasi qiyin o‗smirlarning hatti-harakatlarini ijobiy yo‗nalishga burib 
yuborish uchun ularda mas‘uliyat, g‗urur, javobgarlik, ishonch kabi yuksak hislarni 
tarkib toptirish lozim. Buning uchun ularga yoshi, kuchi, qobiliyati va 
qiziqishlarini hisobga olib, topshiriqlar berish ayni muddaodir. Ularga kichik 


159 
jamoani sport seksiyasini, tirik burchakni boshqarish vazifasini ishonib, topshirish 
natijasida salbiy fe‘l-atvorlarini kamaytirish mumkin. Ularni o‗zlari qiziqqan 
to‗garaklarga jalb qilish orqali o‗qishga salbiy munosabatlari asta-sekin yo‗qotib 
boriladi.
Tarbiyasi qiyin o‗smir o‗quvchilarni qayta tarbiyalash uchun quyidagilarga 
e‘tibor berish kerak. Tarbiyasi qiyin o‗smir o‗quvchilarni keltirib chiqaruvchi 
sabablar majmuasi quyidagilardan iborat: 
I. Shaxsning biologik nuqsonlari:
a) sezgi organlarining kamchiliklari; 
b) o‗qishga salbiy ta‘sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperament 
xususiyatlarining mavjudligi; 
c) psixopatologik ojizliklar. 
II. Shaxsning psixik kamolotidagi kamchiliklar:
a) aqlning bo‗sh o‗sganligi; 
b) irodaning zaifligi
c) shaxsda hissiyotning kam rivojlangani; 
d) zarur ehtiyoj va bilishga qiziqishlar mavjud emasligi;
e) o‗smirdagi intilish, bilan imkoniyatlarning nomutanosibligi. 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin