Estetik hisdeganda biz go‘zallikni idrok qilish, go‘zallikdan zavqlanish va go‘zallik yaratishga intilishni tushunamiz. Estetik hissiyot hamma odamlarga xos bo‘lgan hissiyotdir. Atrofdagi tabiat manzaralari estetik hissiyotlarimizning birinchi manbai hisoblanadi. Masalan, bahor faslidagi tog‘ manzaralari, yaylovlarda qo‘y va qo‘zichoqlarning o‘tlab yurishlari, baland qorli qoyalarni o’zoqlardan mag‘rur turishlari odamda estetik lazzatlanish hissini tug‘diradi yoki xuddi dengizdek ko‘z ilg‘amaydigan ko‘m-ko‘k paxtazorlar, o’zoqlarda chiroyli bo‘lib ko‘rinib turgan dala tepaliklari odamda qandaydir ko‘tarinki ruh tug‘diradi.
Intellektual hissiyotlar ham o‘z mohiyati jihatidan axloqiy hissiyotlarga yaqin bo‘lgan hissiyotlardir. Intellektual hissiyotlar odamning bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar bo‘lib, biror narsadan hayron qolish, hayratda qolish, shubhalanish kabi holatlarda ifodalanadi. Intellektual hissiyotlarga dastavval ajablanishni kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo‘lmaydigan, hayratda qoldiradigan emotsiyalarga berilib qolgan odam o‘zining bilish ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Haqiqatni izlash shubhalanish hissi bilan bir vaqtda amalga oshirish mumkin. Bu his odam faol bilish faoliyati orqali hosil qilgan g‘oya hamda e’tiqodlarni hayotga tatbiq qilish uchun bo‘lgan kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo‘ladi.
Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. E’tiborni ma’lum ob’ektga qaratish uchun irodaviy kuch-g‘ayrat sarflash zarurati yo’zaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo‘lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va shuningdek, to‘siqlar mavjud bo‘lgan kezlarda diqqat aniq-ravshan namoyon bo‘ladi.
Hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usullariga ko‘ra diqqatning uchta asosiy turi mavjud:
Ixtiyorsiz diqqat kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, diqqatning o’zoq vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat Shaxs ning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o‘z oldiga ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa, yo’z beradi.
Diqqatni kuchaytirish usullari: – javobgarlik hissini sezish, faoliyat samaradorligini belgilovchi ahamiyatli tomonlarni hisobga olish;
muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishda irodaviy kuchga tayanish;
ob’ektni «e’tibor bilan ko’zat», «yaxshilab qara», «yana bir bor tekshir» kabi diqqatni kuchaytiruvchi buyruqlarni berish;
salbiy hissiyotlarni ko’zatish jarayoniga aralashtirmaslik;
ko’zatuvchanlik faoliyatini susaytiruvchi omillarni inobatga olmaslik.
Diqqatni jamlash tamoyillari: – muayyan holatga diqqatni yo‘naltirish;