Abstraksiya – bu jism va hodisalarning muhim bo‘lgan xossa va belgilarini fikran ajratib, bir vaqtning o‘zida ahamiyatsiz belgilar va xossalardan ayro holatda ko‘rsatish. Xuddi shunday, mas’uliyatlilik hissi haqida so‘z yuritganimizda, biror-bir ishchi, muhandis, talabaning emas, balki har bir insonning muhim xususiyati sifatida gapiramiz. Abstraklashtirish odatda tahlil natijasida amalga oshiriladi. Aynan, abstraktlashtirish vositasida o’zunlik, kenglik, miqdor, narx va boshqa tushunchalar yo’zaga kelgan.
Aniqlashtirish – bu umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida vaziyatga fikran o‘tish. O‘quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy qonun, qoida, nizomni tasdiqlovchi misol, rasm, aniq dalilni keltirish demakdir.
Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq – bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bo‘lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur.
Til va nutqning psixologik faoliyatda tutgan o‘rni.
Til va nutqning psixologik rivojlanish yo‘lida tutgan o‘rni beqiyosdir. Nutqning paydo bo‘lishi bilan birga insonning psixologik va ruhiy doirasi ham rivojlana boshlaydi. Masalan, qabul qilish , xotira, tafakkur, tasavvur, e’tibor kabilar faqatgina til tufayli rivojlana boradi.
Nutq – inson psixologiyasining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, boshqa psixologik jarayonlarni boshqarib, bir biriga boq’lab turadi. Inson onggidagi tafakkur va tasavvur qilish jarayonlari nutq faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson fikrlash faoliyati – nutqiy tafakkurni paydo qiladi. Nutqning rivojlanishi boshqa psixologik jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Nutq o‘z navbatida tashqi, ichki, og‘zaki, yozma dialog va monolog ko‘rinishlarida bo‘ladi. Nutq o‘zaro munosabat va muloqotda eng asosiy qurol hisoblanadi.
Muloqot- bu odamlar o‘rtasidagi aloqa, buning natijasida odamlarning bir biriga bo‘lgan ta’siri paydo bo‘ladi. Muloqot davomida odamga nisbatan extiyoj tug‘iladi. Muloqot tufayli odamlar turli xil amaliy va nazariy faoliyatlarni uyushtiradi. Bundan tashqari axborot almashish, bir-birini tushinish kabi jarayonlar ham muloqot tufayli sodir bo‘ladi. SHuningdek , muloqot Shaxs lar o‘rtasidagi munosabatlarni yaratib, ularni amalda qo‘llashdayordam beradi.
Mutaxassislik-kasb ichidagi kasbiy faoliyat ko‘rinishlaridan biridir. Biroq birmuncha qisman, oraliq natijalarni erishishga yo‘nalgan (muhandis-tadqiqotchi, muhandis-o‘qituvchi, muhandis-konstrkutor).