Kasbiy psixologiya fani



Yüklə 39,54 Kb.
səhifə4/10
tarix01.06.2023
ölçüsü39,54 Kb.
#121477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kasbiy psixologiya fanidan

Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib turadi. Uning aft - basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo‘lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi.
Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun u tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va ko‘proq qotib qolgan. Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo‘r qat’iylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi, ammo unga qiziqsa.
Flegmatik – senzitivligi sust, hissiy qo‘zg‘aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini bo’zish qiyin. Ammo bir narsa yo’zasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yo’z berganda ham osoyishtaligini bo’zmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G‘ayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. YAngi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
Melanxolik – yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz, qat’iy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega
Xarakter – shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyati bo‘lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yo’zaga keltiradi.
Qobiliyat shaxs faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblab, zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash- ning o‘sishida yo’zaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatdir.
Qobiliyat individual-psixologik xususiyat bo‘lib, bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi.
Qobiliyat umumiy va maxsus turga bo‘linadi.
Shaxsning umumiy qobiliyati yoki umumiy fazilati muayyan psixologik ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularni tadqiq qilishga psixo- loglar allaqachon kirishgan. SHaxsning aniq faoliyat sharoitida qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan umumiy fazilatlari jumlasiga odamlarning uch tipdan bittasiga mansubligini ko‘rsatadigan individual-psixologik fazilat kiradi.
Qobiliyat-shaxsga ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish, bilimlarni tez va osonlik bilan o‘zlashtirishga yordam beruvchi individual psixologik xususiyat.
Qobiliyat-shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlar yig‘indisi

Yüklə 39,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin