Kasbiy psixologiya


Vaqt tanqisligi va ishning haddan tashqari ko‘pligi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə30/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Vaqt tanqisligi va ishning haddan tashqari ko‘pligi ham xodim kasbiy faoliyatining xususiyatlaridan biridir. Tezkorlik va saranjomlik jinoyatchilarni qidirish, jinoyatlarni ochish va tergov qilishning asosiy prinsiplariga kiradi. Jinoyatchi erkinlikda qancha ko‘p yursa, unda javobgarlikdan qutilish, o‘z jinoiy faoliyati izlarini yo‘qotish va
tergovdan qochib yashirinish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi. U vaqtdan yutadi. Paysalga solish muvaffaqiyatsizlikka olib keladi.
Vaqt tanqisligi esa jinoyat ishni tergov qilish, fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish kabi jinoyat-protsessual hujjatlarga rioya etish zarurligida namoyon bo‘ladi. Xodim shu tufayli doimo asabiy zo‘riqishda bo‘ladi.
Asabiy zo‘riqish xodim faoliyatining yuqori ekstremalligi, nizoli vaziyatlar sharoitida harakat qilish, turli stress omillar ta’siri, me’yorsiz ish kuni, faoliyatida salbiy his-hayajonlarning mavjudligi tufayli yuzaga keladigan katta jismoniy va ruhiy zo‘riqish bilan bog‘liq. Chunki xodim kasbiy faoliyatda murakkab sharoitlarga duch keladi.
Albatta, xodimning kasbiy faoliyatiga yorqin ifodalangan bilish xususiyati xosdir. Bu esa turli xil qiyinchiliklarni, fikriy vazifalarni turlicha hal qilishnigina emas, balki ushbu qarorlarni amalga oshirishni tashkil etishni ham talab etadi. Bunda turli tusmollar tuzish, operativ xizmat tadbirlarini amalga oshirish uchun ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan sof aqliy faoliyatni amalga oshiradigan ishni amalda tashkil qilish kerak bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida quyidagi asosiy psixologik tizimlar mavjud: bilish faoliyati, konstruktiv, tashkilotchilik va kommunikativ faoliyat1. Albatta, xodimlarning amaldagi faoliyatida ushbu tarkibiy qismlarning har biri sof holda uchramaydi, ularning hammasi uzviy birlikda namoyon bo‘ladi.
Bilish faoliyati. Xodim faoliyati uchun bilish jarayonining ahamiyati nihoyatda kattadir. Bilish faoliyatini amalga oshirmay turib jinoyatchilikka qarshi kurashishning hech bir samarasi bo‘lmaydi. Bilish faoliyatisiz umuman faoliyatni ham, yuqorida ko‘rsatilgan barcha tarkibiy qismlarni ham amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilish jarayoni natijasidagina xodimda harakatlarini maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalarini bajarish uchun xodim bilish jarayonlari asosida hozirgi vaqtdagi, o‘tmish va kelgusidagi voqealarga taalluqli faktlar, holatlar, aloqalarni aniqlaydi. Masalan, sodir etilgan jinoyatlarni ochishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishda, operativ qiziqish uyg‘otuvchi shaxslarni aniqlashga doir ma’lumotlarni to‘plash, ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish hamda ularning kelgusidagi g‘ayriqonuniy harakatlarini oldindan ko‘ra bilishda bilish jarayonlariga asoslaniladi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin