Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə29/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Nazorat uchun savol va topshiriqlar



  1. Psixologiyada «shaxs» tushunchasiga psixologik tavsif bering.

  2. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida shaxs muammosi qanday hal qilinadi?

  3. Shaxs nazariyasining psixologik asoslari nimalardan iborat?

  4. Ichki ishlar idoralari faoliyatida shaxsning obyekt va subyekt sifatidagi o‘rnini ayting.

  5. Ichki ishlar idoralari xodimlari shaxsining psixologik tuzilishi qanday?

  6. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy yo‘nalishiga psixologik tavsif bering.

  7. Ichki ishlar idoralari xodimlarining bilish faoliyatiga psixologik tavsif bering.

  8. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy sifatlar qanday ahamiyatga ega?





  1. bob.

KASBIY FAOLIYATGA PSIXOLOGIK TAVSIF VA KASBIY BUZILISHNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI


    1. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatiga psixologik tavsif


Ma’lumki, ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy faoliyatining bir nechta xususiyatlari mavjud bo‘lib, bu xususiyatlar xodimlarning ruhiy jihatdan tayyorgarligiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biri – xodimlar faoliyatining huquqiy jihatdan tartibga solinganligi. Xodimlarning faoli- yati huquqiy normalar (Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, qonun hujjatlari, IIVning normativ hujjatlari, buyruqlari va shu kabilar) bilan qat’iy tartibga solingan. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy faoliyatining normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar va buyruqlar asosida belgilab berilishi mehnatni samarali tashkil etish, faoliyatni erkin amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, xodimlar faoliyatining qonun normalari bilan qat’iy belgilanganligi, ularning xatti- harakatini tartibga soladi. Xodimning o‘z xizmat vazifalarini bajar- masligi yoki bajarishdan bosh tortishi yoxud unga sovuqqonlik bilan qarashi uning u yoki bu qonunni buzishi hisoblanadi va u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 280 va 302-moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bularning hammasi oxir-oqibatda xodimga o‘z qarorlari va harakatlari uchun katta mas’uliyat yuklaydi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining navbatdagi psixologik xususiyati hokimiyat vakolatiga egaligidir. Ish manfaati yo‘lida xodimlarga zarur hollarda odamlarning shaxsiy hayotiga aralashish, ko‘pincha atrofdagilardan yashirishga harakat qilinadigan holatlarni aniqlash, fuqarolarning turar joylariga kirish, zarur hollarda ayrim fuqarolarning erkinligini cheklash va hatto undan mahrum qilish huquqi berilgan.
Bunday hokimiyat vakolati berilgan xodimning psixologik holatini avvalo yuksak darajadagi mas’uliyat belgilab beradi. Uning o‘z vakolatlarini qo‘llashi esa harakatlarining zarurligi va oqilonaligini,
qonuniy asosga egaligini aniqlash imkonini beradigan bir qator masalalarni hal qilishni taqozo etadi. Ko‘pincha bu holat qonunda belgilangan moddalardan birini tanlash zarurati bilan bog‘liq bo‘ladi, shu bois bu xodimdan juda katta hissiy-irodaviy zo‘riqishni talab etadi. Berilgan vakolatdan oqilona va qonuniy ravishda foydalanish – ichki ishlar idoralari xodimlariga qo‘yiladigan juda muhim kasbiy talablardan biri. Hokimiyat vakolatidan foydalanishning qonunga va maqsadga muvofiqligi ko‘p hollarda xodimning shaxsiy fazilatlariga bog‘liq.
Xodimlar kasbiy faoliyatining muhim psixologik xususiyatlaridan biri manfaatdor shaxslarning doimiy ravishda qarshilik ko‘rsatishi va to‘sqinlik qilishidir. Bu xodimning jinoyatlarni ochish, tergov qilish va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatiga ba’zan juda keskin shakllarda kechadigan kurash tusini beradi. Xodimning yo‘liga atayin qo‘yiladigan to‘siqlarni yengish, xavfli vaziyatlarni bartaraf etish zarurati unda turli hissiy va ruhiy zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Bu esa, o‘z navbatida, xodimdan doimiy asabiy zo‘riqish va aqliy tafakkurni talab etadi. Natijada xodim doimiy ravishda murakkab aqliy faoliyatni amalga oshirish, o‘z maqsadlarini yashirish, haqiqiy ijtimoiy vazifalarini niqoblashga majbur bo‘ladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy faoliyatining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri keng doiradagi kishilar bilan muomala qila olish qobiliyatini bildiruvchi kommunikativlikdir. Xodim ushbu faoliyatni olib borishda IIVning 2011-yil 4-iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyati haqida qo‘llanmani tasdiqlash to‘g‘risida»gi 96-sonli buyruq talablariga rioya qilishi lozim. Bu ko‘p tomonlama va alohida xususiyatga ega bo‘lgan xislatdir. Xodim o‘z faoliyati davomida turli yoshdagi, kasbdagi va turli huquqiy maqomga ega bo‘lgan shaxslar bilan muomala qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa xodimdan shaxs psixologiyasini, xususan muomalaning psixologik asoslarini bilishni talab etadi.
Xodim kommunikativligining alohida jihati shundaki, u xodimdan boshqa qiyofaga kirishni talab etadi. Ushbu zarurat uning o‘z faoliyati sohasiga kiradigan barcha shaxslar bilan psixologik aloqaga kirishishi muhimligidan kelib chiqadi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin