Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida «muomala» tushunchasi va uning psixologik o‘ziga xosligi
Insonlar o‘z faoliyati davomida, tabiiyki, boshqa odamlar bilan muloqotda bo‘ladilar. Ushbu jarayonda axborot almashadilar, bir- birlariga ta’sir ko‘rsatadilar, ta’lim beradilar, tajriba almashadilar. Bu jarayon shaxslararo o‘zaro munosabatlarda muloqot, muomala deb yuritiladi.
Muloqot har qanday faoliyatning muhim jihati hisoblanib, u orqali insonning mohiyati namoyon bo‘ladi, ya’ni o‘zaro tushunishga, ishni bajarish chog‘ida uyg‘unlikka erishiladi yoki aksincha, nizolar va axloqiy ziddiyatlar, ishdagi kelishmovchiliklar muloqot tufayli yuzaga keladi.
Muloqot yoki kommunikatsiya – odamlarning o‘zaro hamkorligi shakllaridan biri. Muloqot odamlarning voqelikni aks ettirishi natijasini ifodalovchi xabarlar almashish jarayoni bo‘lib, ular ijtimoiy borliqning ajralmas qismi hamda ularning individual va ijtimoiy ongi shakllanishi va amal qilishining vositasidir. Odamlarning birgalikdagi faoliyati jarayonida maqsadli hamkorlikni tashkil etish, tajriba almashish, mehnat va turmush ko‘nikmalarini olish, ma’naviy ehtiyojlarni namoyon etish va qondirish muloqot yordamida yuz beradi.
Muloqot yoki muomala yangi axborotlarning almashinuv jarayoni hamdir, bu haqda Bernard Shou quyidagilarni qayd etadi: «Agar menda bitta olma va sizda ham shuncha olma bo‘lib, o‘zaro almashsak, sizda ham, menda ham bittadan olma qoladi, agar har birimizda shaxsiy fikr bo‘lsa va o‘zaro almashsak, unda har birimizda ikkitadan g‘oya bo‘la- di»1. Ushbu ta’kiddan ham muloqot davomida o‘zaro fikr almashinuv munosabatlari yuzaga kelishini ko‘rish mumkin.
Ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda fuqarolar bilan muloqotga kirishadilar. Ular faoliyatining samaradorligi
1 Qarang: КоганМ.С. Мир общения. – М., 1990. – С. 149–150.
odamlar bilan muloqotga kirishish, psixologik aloqa o‘rnatish qobili- yatlariga bog‘liq. Kommunikativ xususiyatlar ichki ishlar idoralari xodimlari kasb mahoratining muhim tarkibiy qismidir.
Muloqot ijtimoiy psixologik hodisa bo‘lib, odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Shaxslar o‘zaro munosabatga kirishar ekan, aloqaning eng muhim vositalaridan biri sifatida tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir muhim tomoni shundaki, munosabatga kirishuvchilar muomala jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki xatti-harakatlar bilan ham axborot ayirboshlashadilar. Muloqot jarayoni shaxslarning qiziqishlari, dunyoqarashi, muomala madaniyatiga ham bog‘liq bo‘ladi, chunki shaxslardagi o‘zaro muloqot bu tabiiy ehtiyojdir.
Muloqot orqali shaxslarning birgalikda aloqa qilish metodikasi ketma-ket bo‘lgan olti bosqichdan iborat:
Ibosqich– o‘zaro bir-birini tushunish;