Kasbiy psixologiya


verbal (nutq orqali) noverbal (nutqsiz)



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə40/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

verbal (nutq orqali) noverbal (nutqsiz)


– og‘zaki nutq; – imo-ishora;
– yozma nutq; – mimika;
– pantomimika.





1 Qarang: Асямов С.В. Пулатов Ю.С. Ички ишлар идоралари ходимлари- нинг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б. 76.
Verbal muloqotning asosiy vositasi inson nutqi bo‘lib, u aloqaning universal vositasi hisoblanadi. Zero, nutq orqali axborotning mazmuni deyarli to‘liq beriladi. Verbal muloqot orqali shaxs o‘zining fikr- mulohazalarini bemalol bayon eta oladi.
Nutq, o‘z navbatida, boshqa noverbal muloqot vositalari bilan birga olib boriladi. Bunday nutqsiz vositalarga, birinchi navbatda, imo-ishora va mimika kiradi.
Ichki ishlar idoralari faoliyatida ko‘p holatlarda muloqot shaxslar uchun majburiydir, ya’ni ayblanuvchi, guvoh va gumon qilinuvchi muloqot qilishga majburdir. Shuningdek, shaxs muloqot qilmasa, qonunga asosan jazolanishi mumkin. Muloqotdagi har bir fakt shaxs ongi orqali amalga oshadi, eng asosiysi, bu faktlar shaxslarda ba’zi bir narsalarni bo‘rttirib ko‘rsatish yoki yashirishga olib kelishi mumkin. Ba’zan muloqotga kirishayotgan shaxs o‘z aybini yoki maqsadini yashiradi, ma’lum bir vaqtdan keyin uning bu yolg‘oni fosh bo‘lishi mumkin. Ichki ishlar idoralari faoliyatida muloqot ikki yoki bir necha (ko‘p) kishilik bo‘lishi mumkin. Muloqot maqsadidan kelib chiqqan holda har xil tugashi, ya’ni keskin, agressiv holatda yoki muloqotni qayta davom ettirish yoxud butunlay muloqotga qaytmaslik ham mumkin.
Muloqot, shuningdek, individlarning bir-birlariga kommunikativ ta’sirining muayyan usullarini ham o‘z ichiga oladi. Ta’sir etish usullarining quyidagi turlari farqlanadi:
Yuqimlilik – ta’sir ko‘rsatishning kishilar ommasini muayyan tarzda, ayniqsa ommaviy tartibsizliklar, diniy jazavalar, ommaviy psixozlar bilan bog‘liq ravishda integratsiya qiluvchi maxsus usuli.
Umumiy tarzda yuqimlilikni individning ongsiz, ixtiyorsiz ravishda muayyan ruhiy holatlarga tushishga moyilligi sifatida ta’riflash mumkin. U muayyan hissiy holatning birovga o‘tkazilishida namoyon bo‘ladi.
Yuqimlilikning psixologik mexanizmlarini inobatga olish ichki ishlar idoralari xodimlari uchun ommaviy tartibsizliklar oqibatlarini bartaraf etish, ommaviy madaniy-tomoshabop va sport tadbirlarini o‘tkazish davrida jamoat tartibini ta’minlashda muhimdir.
Ishontirish – isbotsiz tasdiqlanadigan yoki inkor etiladigan xabarlarni tanqidiy qarashsiz qabul qilishga qaratilgan kommunikativ ta’sir ko‘rsatish usuli. Ushbu psixologik hodisa haqidagi bilimlar rivojining hozirgi bosqichida «ishontirish mantiqiy isbotlashsiz
shakllangan ishonchga tayanadi va individdan individga, jamoadan shaxsga beriladi yoki aksincha, aniqroq aytganda, avtomatik tarqaladi», degan qoidaga asoslaniladi. Inson ishontirish ta’siriga ixtiyorsiz tushib, o‘zi anglamagan holda harakat qila boshlaydi. Ichki ishlar idoralari xodimlari ta’sir etishning ushbu usulidan juda ehtiyot bo‘lib foydala- nishlari kerak, ba’zan (masalan, tergov harakatlarini o‘tkazish chog‘ida) undan foydalanish qonun bilan taqiqlanadi.
E’tiqod mavjud qarashlar, mayllar, nuqtai nazarlar, munosabat va baholarni o‘zgartirish maqsadida u yoki bu qoida, qarash, qilmishning to‘g‘riligini yoki ularga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini muloqot, tushuntirish va isbotlash orqali odamlarning ongi, his-tuyg‘ulari va irodasiga ta’sir ko‘rsatish bo‘lib, kommunikativ ta’sir ko‘rsatishning eng universal usulidir. E’tiqod mexanizmi inson aqliy faoliyatini jadallashtirishga, uning maqsadga erishish yo‘llari va vositalarini ongli ravishda tanlashiga asoslangan. Kimnidir nimagadir ishontirish – ishontirilayotgan shaxs mantiqiy mulohazalar va xulosa chiqarishlar natijasida muayyan nuqtai nazarga qo‘shiladigan va uni himoya qilishga yoki unga muvofiq harakat qilishga tayyor bo‘ladigan holatga erishishni bildiradi.
Ishontirish ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolarga ko‘rsatadigan asosiy ta’sir usuli bo‘lishi kerak. Undan foydalanishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq:

  • ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsning shaxsiy ishonchi;

  • uning tayyorgarligi va bilimi;

  • xabar berilayotgan faktlar, hodisalar, harakatlarning to‘g‘riligi, aniqligi va ishonchliligi;

  • foydalanilayotgan faktlarning xarakterli, tipik bo‘lishi;

  • odamlarni o‘ziga nisbatan moyil qilish, ularning ishonchini qozonish;

  • ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsning talabchanligi, uning vazminligi va odobi.

Taqlid qilish ongli yoki ongsiz ravishda namunadan nusxa olishdir. U guruh, jamoani tashkil etuvchi odamlarning xatti-harakatiga xos bir xil usullarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Muloqot jarayonida ishtirokchilar bir-birlarini o‘zaro tushunishlari kerak. Bunda muloqotga kirishgan sherikning uni qanday qabul qilayotgani katta ahamiyatga ega. Shaxslararo idrok etish qonuniyatlari, effektlarni inobatga olish ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida, ayniqsa, shohidlar, guvohlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalarini, shuningdek, o‘z idroklarini baholash chog‘ida katta ahamiyat kasb etadi.
Shaxslararo idrok effektlaridan biri – boshqa shaxs haqidagi umumiy tasavvurning uning shaxsiga xos xislatlarni idrok etish va baholash ta’sirida namoyon bo‘ladigan «oreol effekti»dir. Agar umumiy tasavvur yaxshi bo‘lsa, uning ijobiy xislatlari ortiqcha baholanadi, salbiy xislatlari esa sezilmaydi yoki aksincha. Ushbu effekt ta’sirida, masalan, ichki ishlar xodimi «surunkali» huquqbuzarning tuzalish tomon tashlagan dastlabki qadamlarini ko‘rishi mumkin va, tabiiyki, uni bu ishda qo‘llab-quvvatlay boshlaydi.
«Izchillik effekti» ma’lumotlar ziddiyatli bo‘lgan taqdirda inson qiyofasini va u to‘g‘risidagi tasavvurni shakllantirishga birinchi navbatda kelib tushgan ma’lumotlar eng ko‘p ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. Agar bu tanish odamga daxldor bo‘lsa, aksincha, ya’ni eng oxirgilari ko‘p ta’sir ko‘rsatadi.
«Stereotiplashtirish effekti» idrok etilayotgan kishini muayyan ijtimoiy guruhga xos xislatlar unga ham xos deb baholashda namoyon bo‘ladi. Har birimizda muayyan ijtimoiy stereotiplar – o‘qituvchi, harbiy kishi, jinoyatchi kabi guruhlarning stereotiplari mavjud. Muayyan guruh vakiliga duch kelganda, biz oldindan ushbu guruh kishilarga xos muayyan xislatlarni unga ham xos deb qabul qilamiz. Ko‘pincha bunday stereotipdan xalos bo‘lish juda qiyin bo‘ladi.
Ijtimoiy idrok etish effektlari ijtimoiy mayl (ustanovka) bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ijtimoiy maylning o‘zi insonning boshqa odamni idrok etishga ichidan tayyor bo‘lishi sifatida ta’riflanishi mumkin. Notanish kishi haqida taassurotning shakllanishida maylning ahamiyati ayniqsa katta. Fanda
A. A. Bodalevning ijtimoiy maylning ahamiyatini ochib bergan tadqiqotlari yaxshi ma’lum.
Tadqiqotlardan birida ikki guruh odamlarga ayni bir kishining surati ko‘rsatilgan. Ammo suratni ko‘rsatishdan avval birinchi guruhga suratdagi kishining ashaddiy jinoyatchi, ikkinchi guruhga esa qahramon ekanligi aytilgan. Shundan so‘ng har bir guruhga fotosuratdagi kishini so‘z bilan tasvirlab berish taklif etilgan. Birinchi guruh uni quyidagicha tavsiflagan: chuqur ko‘zlari yashirin yovuzligidan, bo‘rtib chiqqan engagi jinoyatda «oxirigacha borishga» qaror qilganligidan darak beradi va hokazo. Ikkinchi guruhda aynan o‘sha chuqur joylashgan ko‘zlar tafakkurning teranligidan, turtib chiqqan engak esa qiyinchiliklarni yengishdagi iroda kuchidan darak beradi, deb baholangan. Shu, ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z faoliyatlarida shaxslararo idrok etish xususiyatlarini inobatga olishlari, ijtimoiy idrok effektlarining salbiy
ta’sirlarini yo‘q qilishga, o‘zida va tergov qilinayotgan voqeaga daxldor shaxslarda ijtimoiy maylning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasliklari juda muhim. Masalan, tergovchi tanib oluvchini tanib olishga tayyorlash chog‘ida «Hozir sizni tunagan jinoyatchini tanib olishingiz kerak» kabi iboralardan qochishi lozim. Bunday iboralar jinoyatchini idrok etishga mayllik yuzaga kelishiga olib keladi, agar tanib olinayotgan shaxsning qiyofasi «jinoyatchi» stereotipiga mos kelmasa, bu tanib olish natijalarining noto‘g‘ri chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda
«Hozir siz ko‘rsatilgan shaxslar orasida sizning pul solingan hamyoningizni tortib olgan odamni tanib olishingiz kerak» kabi neytral iboralardan foydalanish kerak. Bu maylning salbiy ta’siri imkoniyatini kamaytiradi1.



    1. Yüklə 2,38 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin