xodimlarga aniq vazifalar, topshiriqlar berish, ularning bajarilishi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish;
xodimlarga fuqarolar bilan muomala qilish madaniyatini, ruhiy aloqa o‘rnatish mahoratini o‘rgatish;
xizmat vazifasini bajarishda ishga ijodiy yondashuvchi, chigal masalalarning yechimini tezlikda topuvchi, muammolarni hal qilishda ilm- fan yutuqlaridan unumli foydalanuvchi xodimlarni taqdirlash, izzat- hurmatini joyiga qo‘yish;
qo‘l ostidagilarni o‘z ishini o‘zi tahlil qilishga, o‘zini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish;
xodimlarning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun, oilasining tinchligi, hayotining sermazmun bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilish;
o‘zgalarga ruhiy ta’sir o‘tkazish usullarini amalda qo‘llashni o‘rgatish va xodimni janjalli va qo‘rqinchli vaziyatlarda ishlashga ruhiy jihatdan tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
– jismonan chiniqtirish va chidamliligini oshirish.
Tarbiyaviyishlarniamalgaoshirishsohasida:
xodimlarda ilmiy dunyoqarashni, axloqiy-huquqiy e’tiqodni, g‘oyaviy-siyosiy madaniyat va irodaviy xislatlarni, qisqacha aytganda, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish;
qo‘l ostidagilarning yashash sharoitlarini, dam olishini yaxshilash borasida g‘amxo‘rlik qilish;
tarbiyaning barcha turlarini, usul va vositalarini, prinsiplarini birga qo‘shib olib borish, ayniqsa, huquqiy va axloqiy tarbiyaning uzviy birligiga asosiy e’tiborni qaratish;
xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari va tili bilan bog‘liq qadriyatlardan tarbiya jarayonida milliy g‘ururni o‘stirish va milliy ongni shakllantirishda unumli foydalanish.
Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy buzilishlarining sabablari va ularni tugatish chora-tadbirlari to‘g‘risida davlatimiz rahbari Islom Karimov shunday degan edi: «Huquqni himoya qilish organlarining ayrim nopok xodimlari o‘z vazifasini suiiste’mol qilib jinoyatga qo‘l urmoqda. ... huquqni muhofaza etuvchi idoralar – militsiya, sud, prokuratura xodimlari saflarini malakali, Vatanga va o‘z burchiga sadoqatli, insofli, yosh, iqtidorli va zamon talablariga javob beradigan kadrlar bilan to‘ldirish ishlari kuchaytirilishi lozim.
Barcha bo‘g‘inlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali rahbarlar boshchilik qilmas ekan, mustaqil mamlakatimizning obro‘si, uning manfaati uchun mardlik, jonkuyarlik bilan ishlamas ekan, ishlarimiz ko‘ngildagidek bo‘lmaydi»1.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olish asosan ikki yo‘nalishda, ya’ni umumiy chora-tadbirlar va bevosita chora-tadbirlarni qo‘llash asosida olib boriladi.
1КаримовИ.А. Бунёдкорлик йўлидан. Т. 4. – Т., 1996. – Б. 287–288.
Umumiy chora-tadbirlarga jamiyatdagi ziddiyatlarni tadrijiy yo‘l bilan hal qilgan holda, huquqni himoya qiluvchi barcha idoralarda qonunga itoatkorlikni, hayotning barcha jabhalarida qonunlarning ustunligini ta’minlash kabilar kiradi. Bevosita chora-tadbirlarga aynan xodimga qaratilgan chora-tadbirlar hosdir.
«Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy oni va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda»1.
Shunday ekan qonunga bo‘ysunish yuksak huquqiy onglilik, jamiyat va davlat manfaatlarini chuqur tushunib yetish, ijtimoiy burch, ya’ni o‘z qilmishlari uchun davlat oldida javobgarlik tuyg‘usi bilan uzviydir. Qonunlarga itoatkor har bir fuqaro qonunlarning talablari jamiyatning yuksak manfaatlarini ifoda etishini, huquqiy qonunlarga rioya qilish faqat xalq manfaatlariga emas, balki uning o‘z manfaatlariga ham xizmat qilishini yaxshi tushunadi. Mazkur ma’noda qonunlarga itoat qilishni xalq birligi va kuch-qudratining manbai deb atash mumkin.