Kasbiy psixologiya


Muomala vositasi va kommunikativ ta’sir etish usullari



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə39/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Muomala vositasi va kommunikativ ta’sir etish usullari


Ichki ishlar idoralaridagi faoliyatida xodim muloqot orqali o‘z xizmat burchini bajaradi va ushbu muloqot qonun asosida tartibga solinadi. Ichki ishlar idoralari faoliyatida nafaqat «til», yuqorida aytib o‘tganimizdek, imo-ishora, eng asosiysi, muloqot davomida shaxsning yuzidagi o‘zgarishlar ham muhim hisoblanadi.


Ichki ishlar idoralari xodimlarining muloqoti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. bevosita kasbiy vazifani bajarishga yo‘naltirilganligi;

  2. huquqiy jihatdan tartibga solinganligi;

  3. maxsus obyektning mavjudligi;

  4. psixologik to‘siqlarning mavjudligi;

  5. jinoyatchilarning maxsus tili hisoblanmish tatuirovkalar va jargonlarni bilish va hokazo.

Har qanday muloqot doimo obyekt bilan subyektning bir-birga moslashish jarayonini qamrab oladi.
Har qanday axborot faqat belgilar, aniqrog‘i, belgilar tizimi orqali beriladi. Kommunikativ jarayonda foydalaniladigan bir qancha belgilar tizimi mavjud bo‘lib, ularga mos tarzda muloqot jarayonida foydalani- ladigan vositalarni tasniflash mumkin. Nutqli (belgilar tizimi sifatida nutqdan foydalaniladi) va nutqsiz (turli nutqsiz belgilar tizimidan foydalaniladi) muloqot vositalari farqlanadi.
Nutqiy muloqot vositasi. Eng universal aloqa vositasi inson nutqidir. Chunki nutq yordamida axborot berishda xabar mazmuni eng kam darajada yo‘qotiladi. Nutq – verbal aloqa, ya’ni til yordamida muloqot qilish jarayoni. Nutqning yozma va og‘zaki turlari farqlanadi. Og‘zaki nutq dialogik va monologik nutqlarga bo‘linadi. Dialog – biror masalani birgalikda muhokama qilayotgan va hal etayotgan suhbatdoshlarning so‘zlashuvi. Monologda esa bir odam uni tinglayotgan boshqa odam yoki odamlarga axborot beradi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida muloqotning nutqiy vosi- talaridan foydalanish juda muhim o‘rin tutadi. Xodim xizmat faoliya-
tining samaradorligi ko‘p jihatdan bevosita muloqot jarayonida yoki turli xil hujjatlarni tuzishda o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalash, ularni to‘g‘ri bayon etishiga bog‘liq. Nutq muloqotning universal vositasi bo‘lsa-da, u faqat faoliyat tizimiga aloqador bo‘lgan sharoitdagina ahamiyatga ega bo‘ladi, faoliyatga daxldorlik esa muloqotning boshqa – nutqsiz vositalarini qo‘llash bilan to‘ldiriladi.
Ushbu vositalarning birinchi guruhiga imo-ishora va mimika kiradi. Mimika – yuzning muloqot paytidagi dinamik ifodasi. Imo-ishora – jamiyatda ishlab chiqilgan va ruhiy holatni ifodalaydigan harakat. Ularga qarab biz insonning biror-bir voqeaga, shaxsga, narsaga munosabati haqida xulosa qilamiz. Imo-ishora odamning istaklari, uning ahvolidan darak berishi mumkin.
Muloqotning nutqsiz vositasiga kiruvchi boshqa guruhini vo- kallashtirish tizimi, ya’ni ovoz sifati, uning diapazoni, tonalligi va boshqalar tashkil etadi. Ushbu qo‘shimchalarning hammasi axborotning ahamiyatini oshiradi va o‘ziga xos nutqqa qo‘shilgan «qo‘shimcha» vazifasini bajaradi.
Nutqsiz vositalarning uchinchi guruhiga kommunikativ jarayonni tashkil qilish makoni va zamoni kiradi. Ular ham maxsus belgilar tizimi bo‘lib, kommunikativ tizimning tarkibiy qismlari sifatida ma’noga ega. So‘nggi vaqtlarda psixologik tadqiqotlarda muloqotga kirishuvchi shaxslar o‘rtasidagi oraliqning kommunikativ ahamiyatiga va muloqot samaradorligining sheriklar joylashuviga bog‘liqligi masalalariga e’tibor berilmoqda. Muloqotga kirishuvchilar o‘rtasidagi masofalarning to‘rt turi farqlanadi: intim (0–0,5 m), shaxsiy (0,5–1,5 m), ijtimoy (1,5–3 m), ommaviy (3 metrdan ortiq).
Xodim masofani o‘zgartirish orqali gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh kabilarga qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatishga erishishi mumkin, chunki bu bilan sheriklar o‘rtasidagi munosabatlar xususiyati o‘zgaradi1.
Muloqotning psixologik vositalari:

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin