Kasbiy psixologiya


Ichki ishlar idoralari tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə32/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Ichki ishlar idoralari tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat


Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy qobiliyati va mahoratini takomillashtirishning yetakchi omillaridan biri xodimlarni psixologik jihatdan tayyorlashdir.
Ichki ishlar organlari xodimlarini psixologik jihatdan tayyorlashdan ko‘zlangan maqsad ularda xizmat faoliyatining har qanday noodatiy sharoitlarida kasbiy jihatdan to‘g‘ri, aniq, yuqori ishchanlik bilan harakatlanishga tayyorgarlikni shakllantirishdan iborat.
Ichki ishlar idoralari xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini oshirishda shaxsiy xislatlariga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu faoliyat xodimlarda hissiy-irodaviy barqarorlikni rivojlantirish, zo‘riqishni vujudga keltiruvchi omillar ta’siriga qarshi psixologik tayyorgarlikni shakllantirishni talab etadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy mahoratini shakllantirish va faoliyat samaradorligini oshirishda asosiy omillar quyidagilardan iborat:

  • ichki ishlar organlari xodimlari shaxsi uchun tipik bo‘lgan konstruktiv, kommunikativ, bilish, tashkilotchilik, guvohlik, dalillash va tarbiyaviy faoliyat tizimini yaratish;

  • operativ xizmat faoliyatining har qanday murakkab va xavfli vazifalarini yuqori samara bilan bajarishlariga yordam beruvchi uquv va ko‘nikmalarni shakllantirish.

Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi va kasb mahoratining kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va rivojlangan psixologik xususiyatlari majmui bo‘lib, tergov, operativ xizmat va profilaktik faoliyatning o‘ziga xos muhim psixologik xususiyatlariga javob beradi, ularni amalga oshirishning zarur shart- sharoitlari hisoblanadi. U to‘rt guruhga kiruvchi tarkibiy qismlardan iborat:

  • xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo‘naltirilganligi va his-tuyg‘ulari (o‘zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik jihatlarini va kishilarni tushunishga intilishi, qiziqishlari va ularni tushuna olishi);

  • xodimning kasbiy mahorat va taktik faoliyat samaradorligini oshirishga oid psixologik tayyorgarligi. Ushbu tayyorgarlik kasbiy mahorat samaradorligini oshirishda, kasbiy faoliyat tizimida psixologik sharoitlarni tushunish va ularni yarata olishda, kasbiy (nutqli va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning psixologik vositalaridan mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat vazifalarining samarali hal etilishini ta’minlovchi psixologik usullarning butun kompleksini mohirlik bilan qo‘llay olishda namoyon bo‘ladi;

  • xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi (kasbiy kuzatish samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoidalarni qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi) rivojlangan kasbiy diqqatlilik, sezgi va tasavvur organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni tez, to‘liq va aniq esda olib qolish, xotirada yaxshi saqlash va to‘g‘ri bayon etish bo‘yicha mashq qilganlik;

  • psixologik barqarorlik (xodimning tergov, operativ xizmat faoliyatining psixologik jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, xavfli va mas’uliyatli vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon bo‘ladi).

Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik bilimlarga egaligi muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional ta’lim tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo‘nalgan tarzda oshirib borishning maxsus vazifalari, shakl va usullarini
kiritish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda kasbiy mahorat – ichki ishlar organlarining faoliyat samaradorligini oshiruvchi muhim omil- lardan biridir.
Shu ma’noda ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy mahorati, xodimlarda operativ xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan xislatlarni shakllantirish, rivojlantirish va faollashtirish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish jarayonidir.
Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va kasbiy qobiliyat hamda mahoratini rivojlantirishda ular ma’lum bir kasbiy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin