Kasbiy ta’limdagi ta’lim sifatini baholash etaplari



Yüklə 30,88 Kb.
səhifə5/5
tarix20.11.2023
ölçüsü30,88 Kb.
#162008
1   2   3   4   5
Abdug\'aniyeva Shahlo (2)

PISA  o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi ‑ 15 yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi. Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish,matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi.
Birgina 2015 yilning o‘zida 70 dan ortiq davlatlar PISA xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta’lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi. Har bir davlat o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o‘zining ta’lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini ko‘radi hamda ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirishda o‘z yo‘nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.
PIRLS – tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
TMSS – ham jahon mamlakatlari ta’lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TMSS dasturi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf o‘quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar, maktab ma’muriyati va o‘qituvchilari orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta’lim standartlarini va ta’lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko‘rish imkonini beradi. 2015 yil TMSS tadqiqotlari natijalariga ko‘ra AQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tizimi eng yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan.
Shuni e’tirof etish lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni o‘zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratilib, unda o‘quvchilar tug‘ma iste’dod va qobiliyatlardan ko‘ra o‘z ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni o‘qitishda guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQShda ham mavjud bo‘lib, 1999 yildan boshlab bitta o‘qituvchi 40 minutlik dars mashg‘uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan ta’lim muassasalaridagi guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafar etib belgilangan.
Umuman olganda mamlakatimizdaaynan mana shunday xalqaro dasturlarning ta’lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi”yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni o‘zlashtirish darajasining sifati va soxada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o‘tkazish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda.Shuningdek, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘qitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi.
Yüklə 30,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin