Kasbiy ta’limdagi ta’lim sifatini baholash etaplari


Monitoringni tashkiliy-metodik ta’minoti



Yüklə 30,88 Kb.
səhifə4/5
tarix20.11.2023
ölçüsü30,88 Kb.
#162008
1   2   3   4   5
Abdug\'aniyeva Shahlo (2)

Monitoringni tashkiliy-metodik ta’minoti quyidagilami ko'zda tutadi:
• kasb-hunar kollejida ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish bo'yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amalga joriy etish;
• ta’lim jarayoni natijalari haqida axborot yig'ish, tahiil qilish umumlashtirish, tizimlashtirish va ularga ishlov berish va iste’molchilarga axborot tayyorlash bo'yicha doimiy harakatdagi tizimni ishlab chiqish va amalda joriy etish;
• kollejdan har bir tayyorlov yo'nalishga ta’limning ma’lum davrida (semestr, yarim yillik, yil) ta’lim sifatiga o'tkazishni. Pedagogik tizimni rivojlantirish va bashorat etish bo'yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amalda joriy etish.


Monitoringni tashkiliy - analitik ta’minotida quyidagilami bajarish lozim:
• kasb-hunar kollejlarida bo'lajak kichik mutaxassislar tayyorlash jarayonida va pedagogik tizimlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar dinamikasini ifodalovchi kompyuter axborotlar bankini tuzish;
• pedagogik tizim amalga oshirish jarayonida o ‘zining yakuniy maqsadlarini to‘la amalga oshirilayotganligini va o'tkazilayotgan pedagogik jarayon samaradorligini tahlil qilish;
• ta’lim jarayoni va rivojlanish yo‘nalishlarini ta’minlovchi pedagogik tizimni bashorat qilish;
• ta’lim sifati va kollejlaming bitiruvchilari tayyorgarligiga tashqi buyurtmachilar tomonidan (davlat, jamiyat ish beruvchilar) qo'yilgan istiqboldagi talablami bashorat qilish;
• ta’lim jarayoni oxirida «chiqish»da kelajakda talab etiladigan ta’lim sifatini, shuningdek, bitiruvchi sifat va fazilatlarini loyihalashtirish va modellashtirish.


Ta’lim sifatini baholashning ilg‘or tajribalari
Ma’lumki, o‘zgarishlar davrida ta’lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta’lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi.
Shuni inobatga olgan holda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 16 iyun kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash va tajriba sifatida 11 yillik umumiy o‘rta ta’limni tiklashga qaratilgan tashabbuslari keng jamoatchilik va ota-onalar tomonidan yuksak baholandi.
Shuningdek, Prezidentimiz tashabbuslari bilan 9-sinfni bitirgan o‘quvchilar, ota-onalar va o‘zlarining xohishlariga binoan, ongli ravishda kasb-hunar kolleji, akademik litsey yoki o‘zlari ta’lim olgan maktablarda majburiy ta’limni davom ettirishlari mumkin ekanligining belgilab qo‘yilishi yoshlarga har tomonlama qulayliklar yaratdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilmoqda bu holat malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabning yanada oshib borishiga turtki bo‘lmoqda.
Bunday talabning qondirilishi o‘z navbatida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish ehtiyojini vujudga keltirmoqda.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari aynan mana shunday talablarning bugungi kun ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligini inobatga olgan holda aksariyat xorijiy davlatlarda ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ayrim ilg‘or tajribalarni o‘rganib chiqdi.
Xususan, dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O‘quvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinmokda.

Yüklə 30,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin