Ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish. Ta’lim sifatida monitoringni amalga oshirish shartsharoitlariga: monitoringning ilmiy axborot ta’minoti: monitoringning tashkiliy-texnik ta’minlanganligi: monitoringning tashkiliy-texnologik jihatdan ta’minoti: monitoringning tashkiliymetodik ta’minoti va monitoringning tashkiliy-analitik ta’minotlari kiradi.
Monitoringning ilmiy-axborot ta’minoti quyidagilami o‘ziga qamrab oladi:
- aniq tayyorlov yo‘nalishlari bo'yicha kasb-hunar kolleji bitiruvchisi shaxsining pedagogik modelini ishlab chiqish;
- abiturientlarning umumta’lim predmetlari bo'yicha kasbhunar sirlarini o'zlashtirish uchun tayanch bilimlarini oldindan tashxislash testlarini ishlab chiqish;
- bitiruvchi shaxsi modeli bilan ta’lim oluvchming shaxsiy rivojlanganlik ko'rsatgichlarini mosligini, ularning kvalimetrik o'lchash metodlari va baholash;
- ta’lim oluvchilarning psixo-fiziologik sifatlari va sog'lig'ini kasbiy talablar ko'rsatgichiga to'g'ri kelishi;
- kollejlarda 3 yil davomida o'qitish davrida o'quvchilaming o'z-o'zini rivoj-lantirish va o'z-o'zini taibiyalash shaxsiy xaritalaridan foydalanishi;
- kasb-hunar kollejlari pedagoglari uchun ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish bo'yicha metodologik tavsiyalar;
- ta’lim oluvchilar va bitiruvchilaming bilimi, ko'nikmasi, malakasi hamda shaxsiy fazilatlarini DTS va pedagoglarning kasbiy layoqati, o'quv mashg'ulotlarining zamonaviy texnologiyaga mosligi.
Monitoringning tashkiliy- texnik ta’minlanganligi: - blankalar, anketa-so'rovnomalari kuzatish varaqalari, shaxsiy so'rovnomalar, testlar, ekspert varaqalari, umumiy natijalar jadvallari va shunga o'xshash monitoringda qo'llanadigan materialni ko'paytirish;
- monitoring natijalariga ishlov berishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish.
Monitoringni tashkiliy-texnologik jihatdan ta’minoti o‘ziga quyidagilami qamrab oladi:
• kollejlar uchun monitoring dasturi ta’lim maqsadlari va kadrlar tayyorlashga qo'yiladigan DTS talablariga mos holda ishlab chiqish.
• kollejlar pedagoglarini ularning malakasini oshirish va kasbiy Iayoqatini rivojlantirish tarzida monitoring texnologiyasini o'rgatish.
• «ta’lim beruvchi-ta’lim oluvchi», «ta’lim oluvchi-ta’lim muassasalari» darajasida kasbiy ta’limning operatsion berilgan maqsadini qo'yish va ularni O‘MKHTning me’yoriy hujjatlarida tasdiqlash;
• kasbiy ta’limning operatsion - berilgan maqsadlarini (o'qitish, tarbiyalash, rivojlantirish) o ‘quv-tarbiyaviy jarayonda amalga oshirish;
• qo'yilgan maqsad bilan ta’lim sifati monitoringi jarayonlni mushtarak holda kuzatib borish va natijalarni baholash;
• ta’lim jarayoni natijalari va ta’lim sifati haqidagi ma’lumotni iste’molchilarga (rahbariyat, o‘qituvchilar, ijtimoiy hamkorlami ish beruvchilar, ota-onalar va boshqalar) zarur holatda rasmiylashtirish hamda taqdim etish;
• quyidagilar bo'yicha dastur va tadbirlar ishlab chiqish: bajarilayotgan ishga o'zgartirishlar kiritish, pedagogik tizimning rivojlanishini oldindan bashorat qilish, maqbul ta’lim maqsadlari va ularni amalga oshirish vositalarini tanlash;
• monitoringni amalga oshirish masalalari bo'yicha kollejlar o'quvchilariga maslahatlar berish va ularni tayyorlash.