Trolleybus - qulay va ekologik toza shahar transport!
motorli ekipajlar, ya’ni birinchi
avtobuslar
paydo bo'ldi. Inglizlar an’a-
naga ko'ra omnibuslar kabi avtobuslarni ham ikki qavatli qilib yara-
tishdi. Bunday avtobuslar qiyin burilishlarda ag'darilib ketmasligi
uchun uning tagiga ikki tonnali plitalar o'rnatilgan.
Shaharlarda iqtisodiy samarador va havoni zaharlamaydigan
tramvaylar paydo bo'lganidan so'ng, mutaxassislar qanday qilib av-
tobusga elektr dvigatelini o'rnatish mumkinligi ustida bosh qotirdilar.
O'z-o'zidan
shunday xulosa kelib chiqdiki, tramvay ixtirochilari qan
day usulni qo'llagan bo'lsalar, bunda ham xuddi shu usuldan foyda-
lanish mumkin. Ya’ni elektrli avtobus yuradigan yo'l tepasidan
kontaktli tok manbayini o'tkazish zaruriyati paydo bo'ldi. Birinchi
trolleybusni
1882-yilda ixtirochi
Verner Simens Germaniya
ko'chalariga chiqardi. O'sha davrlarda trolleybus tepasidagi simlar
ustida tokni qabul qiluvchi aravachalar g'ildirab yurgan (bu arava-
chaning nomi ingliz tilida «trolley» bo'lgani sababli, ushbu transport
turining nomi trolleybus deb atalgan).
Aravachadan chiqqan sim
elektr motoriga ulangan. Keyinchalik esa trolleybuslarning tepasi-
ga baliq ovlaydigan qarm oqqa o'xshash ikkita pantograf o'rnatildi.
Tramvaylarda yuqoridan bitta sim o'tadi, ikkinchi simning vazifasini
esa relslar bajaradi. Trolleybuslarga relsning aslo keragi yo'q.