Katta o‘yin


Ularni keyinchalik jadidlar deb atay boshladilar



Yüklə 64 Kb.
səhifə2/2
tarix22.05.2023
ölçüsü64 Kb.
#119739
1   2
“Katta o‘yin” kontseptsiyasi va uning geosiyosiy mohiyati

Ularni keyinchalik jadidlar deb atay boshladilar.
Ma’rifatchilik asosan uch soha orqali tezkor tarzda taraqqiy topib bordi. Bular - maorif (yangicha maktablar ochish, ta’lim usulini yangilash), san’at (badiiy adabiyot, teatr) va matbuot. Pirovard maqsad millatni, bir tomondan, ilmli-ma’rifatli qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, uning axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg‘unlashuvi natijasida o‘zligini, o‘z qadrini anglagan bilimli shaxsni voyaga yetkkazish edi. Turkiston ma’rifatchilari tomonidan ana shu maqsadni amalga oshirish yo‘lida katta ishlar qilindi.
Turkiston ma’rifatchiligining dastlabki bosqichlarida axloqiy g‘oyalar asosan badiiy va didaktik shakllarda o‘z aksini topdi. SHu jihatdan o‘zbek, va tojik xalqlarining mutafakkirlari Ahmad Donishning (1827-1897) «Navodir ul-vaqoe» asari diqqatga sazovor. Ahmad Donish o‘z asarlarida Buxoro amirligi davlat tuzumini Rossiya davlat tuzumi bilan solishtirib, uni isloh qilish lozimligini ta’kidlaydi. Ayni paytda, an’anaviy axloqiy tushunchalar bilan fikr yuritar ekan, u adolatni ham podsho-hukmdor shaxsiga, ham davlat tizimiga xos fazilat sifatida olib qaraydi. Agar hukmdor adolatli siyosat yurgizsa, mamlakat hayotining hamma sohasi uchun adolatni mezon qilib olsa, san’atning gullab yashnashiga yo‘l ochib bersa - xalq hayoti farovon bo‘ladi, fazilatlar kuchayib, illatlar zaiflashadi. U, hukmdor donishmandlik fazilatiga albatta ega bo‘lishi lozim, davlatning mohiyatini aql belgilaydi, degan xulosaga keladi: oqilona boshqarilgan mamlakat aholisigina ma’rifatli va yuksak axloq egalari bo‘la oladi.
Abay o‘z millatini nihoyatda sevgan mutafakkir. U hech kimni haqorat qilmoqchi yoki kamsitmoqchi emas; bu achchiq gaplar xalq dardida o‘rtangan mutafakkirning alamli fikrlaridir. Abay odamlarning torlashib, maydalashib ketayotganidan, yerdagi o‘z insoniy vazifasi va ma’suliyatini bajarmayotganidan g‘azablanadi: «Suqrotga og‘u bergan, Ionna Arkni olovga tashlagan, Isoni dorga osib, payg‘ambarimiz salollohu alayhi va sallamni tuyaning o‘limtigiga ko‘mgan kim? Xalq! SHunday bo‘lgach, xalqda aql yo‘q. Yo‘lini top-da, xalqqa rahnamolik qil». Ko‘rinib turibdiki, buyuk qozoq mutafakkirining axloqiy ideali xalqqa rahnamolik qila biladigan odam.
Albatta, u a’lo odam emas, lekin alo odam vazifasini ma’lum ma’noda bajara oladigan inson. Bunday insonni tarbiyalash voyaga yetkazish, lozim bo‘lsa, yaratish (ma’naviy jihatdan) mumkin; «Odam onadan aqlli bo‘lib tug‘ilmaydi,

  • deydi Abay,-balki tug‘ilganidan keyin, dunyoda nima yaxshi, nima yomon ekanligini eshitib, ko‘rib, ushlab, topib, zehn qo‘yib aqlli bo‘ladi». Boshqa bir o‘rinda esa, mutafakkir, mana bunday deydi: «Agar davlat mening qo‘limda bo‘lganida, inson farzandini tuzatib bo‘lmaydi, degan odamning tilini kesib tashlardim... »

SHunday qilib, Abay tug‘ma axloqiylikni butunlay inkor etmasa-da, insonning axloqiy darajasi tarbiya bilan bog‘liqligini qat’iy ta’kidlaydi. Ayni paytda tarbiyaga va axloqiy darajaga muayyan ijtimoiy muhitning, zamonning ta’sirini asosiy sababchi deb biladi: «Inson bolasini zamona parvarish qiladi, kimda-kim yomon bo‘lsa, ayb zamondoshlarida»,-deydi faylasuf- shoir. Uning haqligini insonni axloqiy-ma’naviy jihatdan anchagina tubanlashtirib, uni e’tiqodsizdik, yolg‘onchilik kasaliga mubtalo qilib qo‘ygan mustamlakachilik va, ayniqsa, sho‘rolar zamonasining salbiy ta’sirida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Abayning hayo, uyat, insof, oqillik, adolat singari fazilatlar va maqtanchoqlik, oliftagarchilik, kerilish, yolg‘onchilik, ochko‘zlik kabi illatlar haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovor. CHunonchi, u uyat tushunchasini ikki xil ma’noga ega ekanligini aytadi. Birinchisi, odam o‘zi uyat bo‘larlik ish qilmaydi, lekin o‘zganing uyatli ishidan uyaladi. Buning sababini mutafakkir uyatli ish qilgan odamga nisbatan achinish hissi ekanini ta’kidlaydi. «Ikkinchisi shuki, - deydi Abay, - qilgan ishing ham shariatga, ham aqlga, ham obro‘-e’tiborga zid bo‘ladi: sen bunday ishni bilmasdan, yo g‘aflat bosib, yo esa nafs balosida qilib qo‘yasan. Mana buni chin ma’nodagi uyat desa bo‘ladi». Ana shu ikkinchi ma’nodagi uyatni mutafakkir vijdon bilan bog‘laydi, uni vijdon azobining tashqi ko‘rinishi tarzida talqin qiladi: «... ba’zan uyatli kishilar uyqudan, ishtahadan qoladi, xatto chidayolmay o‘zini-o‘zi o‘ldiradiganlari ham bo‘ladi. Uyat kishining or-nomusi, o‘z yaramas fazilatlariga (ya’ni illatlarga) qarshi ichki isyonidir».
Umuman olganda, Akbayning she’riy asarlarida va, ayniqsa, « Nasihatlar» risolasida ko‘tarilgan axloqiy muammolar bugungi kunda har jihatdan ilmiy tadqiqqa loyiq. Garchand buyuk Turkiston mutafakkiri ko‘pgina illatlar haqida o‘z xalqiga nisbat berib, fikr yuritsa-da, ular, ba’zi bir istisnoli - faqat qozoqlarning an’anaviy turmush tarziga taalluqli jihatlarni hisobga olmaganda, umumturkiy ahamiyatga molik axloqiy nuqsonlardir. SHu bois Abayning falsafiy-nazariy hamda amaliy-didaktik fikrlari va talqinlari biz uchun doimo qimmatlidir.
Turkiston ma’rifatparvarlarining yana bir yirik namoyandasi Dilshod Barnoning shogirdi Anbar otindir (1870). Uning axloqiy qarashlari lirik-falsafiy she’rlarida va «Qarolar falsafasi» (1898) risolasida o‘z aksini topgan. Anbar otin ham inson axloqiy darajasini aql, ilm-ma’rifat bilan bog‘laydi va ijtimoiy taraqqiyotga aqliy hamda axloqiy yuksaklik orqali erishish mumkin, degan aqidaga amal qiladi. Uning asarlarida axloqsizlik botqog‘iga botib borayotgan jamiyatga nafratni, shariat va tariqat namoyandalari aynib ketganligi, boylardan insof ko‘tarilganligi haqidagi fikrlar mardona ilgari suriladi. «Muqimiyga», «Mingboshi kal Omil hajvi», «Olimjon hoji ta’rifi» kabi she’rlarida ana shu yo‘nalishni ko‘rish mumkin. Tanqidiy-badiiy shakldagi bu yo‘nalish «Qarolar falsafasi» risolasida falsafiy-tahliliy shakl kasb etadi.
Geosiy bilimlar rivojida i.karimovning «o‘zbekiston xxi asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarining nazariy-metodologik ahamiyati
Insoniyat, mamlakatlar va xalqlar hayotida XX asr poyoniga yetmoqda. Ishonchim komilki, bizni

  • hozirgi O‘zbekistonda istiqomat qiluvchilarning ko‘pchiligini tirikchilik tashvishlari - chin voqelik muammolari bilan birga: "Bu yorug‘ olamda biz kimmiz va ne bir sir-sinoatmiz, qayoqqa qarab ketyapmiz? Insoniyat yangi - XXI asrga qadam qo‘yganida bizning o‘rnimiz qaerda va qanday bo‘ladi?" - degan savollar o‘ylantirishi tabiiy.

Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? So‘nggi vaqtlarda jahonda yuz bergan, dunyoning jo‘g‘rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o‘zgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohaza yuritish va ularga to‘g‘ri baho berish juda muhim.
Dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi. Ular, hozirgi til bilan aytganda, sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan, o‘z siyosiy mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo‘liga qadam qo‘ydi. Ular dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o‘z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda. Tenglar orasida teng bo‘lishga, jahon maydonining tarkibiy qismiga aylanishga harakat qilmoqda. Bu davlatlar oldida muvaffaqiyatsiz, chippakka chiqqan tarixiy tajribaning fojiali oqibatlarini qisqa davr ichida bartaraf etish vazifasi turibdi. Ular zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan, odamlar munosib turmush kechirishini ta’minlay oladigan, insonning huquq va erkinliklarini himoya qila oladigan chinakam demokratik jamiyat qurishdek murakkab vazifani hal etishi zarur. O‘zbekiston ham ana shunday davlatlar jumlasiga kiradi.
XXI asr O‘zbekiston aholisi uchun qanday keladi? Kishilar turmushi kechagidan qanchalik yaxshiroq bo‘ladi? O‘zimiz uchun tanlab olgan islohotlar va yangilanish yo‘li o‘ta murakkab yo‘l ekanligini anglayapmizmi? Bu yo‘lda qanday muammolar, qiyinchiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini yetarli darajada aniq tasavvur qilyapmizmi?
Eng avvalo, odamlarning mana shu boy zaminda munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga qaratilgan maqsad va vazifalarni qay darajada ro‘yobga chiqara olamiz? Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo‘lida tahdid bo‘lib turgan muammolarni anglab yetyapmizmi?
Xavfsizligimizga tahdid bo‘lib turgan muammolarga nimani qarshi qo‘ya olamiz? Jamiyatimiz to‘xtovsiz va barqaror rivojlanishiga, biz istiqomat qilayotgan mintaqada jo‘Qrofiy-siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat bo‘la oladi?
Mamlakatimiz yangi ming yillikda mustahkam, og‘ishmay va barqaror rivojlanishni kafolatlaydigan qanday imkoniyatlarga ega? Jahonning barcha mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli, har tomonlama keng hamkorlik qilish uchun nimalarni taklif eta olamiz?
Totalitar tuzum yemirilganidan keyin dunyoning qutblarga bo‘linishi barham topdi. Lekin shu tufayli u xavfsizroq, barqarorroq, sobitqadamroq bo‘lib qoldimi? Keyingi yillarda butun dunyo miqyosida va mintaqalar darajasida vujudga kelayotgan tashqi munosabatlarni tanqidiy tahlil qilish va eng avvalo:
bir qancha mamlakatlarda keskin siyosiy kurash borayotgan bir vaqtda demokratiya asoslarining ba’zan qiyinchilik bilan qaror topish jarayonlarini tahlil qilish;
milliy o‘zlikni anglashning faol jonlanishi hamda millatlar va ayrim elatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashga intilishi;
etnik va millatlararo ziddiyatlarning saqlanib qolayotganligi;
qotib qolgan mafkuraviy aqidalarning qadrsizlanishi hamda siyosiy va diniy ekstremizmning turli shakllari kuchayib borayotganligi;
dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar saqlanib qolayotganligi;
mamlakatlar, xalqlar o‘rtasida, bir mamlakat ichida esa ayrim ijtimoiy guruhlar o‘rtasida iqtisodiy va ijtimoiy tabaqalanish kuchayib borayotganligi - bularning barchasi dunyo hali ham avvalgidek mo‘rt bo‘lib turganligi va avaylab munosabatda bo‘lishni talab qilayotganligidan dalolat beradi. Bizni qurshab turgan olam G‘oyat murakkab va muammoli bo‘lib keldi, shunday bo‘lib qolmoqda va yaqin istiqbolda ham shunday bo‘lib qolajak.
Hozirgi sharoitda, umumiy xavfsizlikni ta’minlash va muvozanatga erishish manfaatlari nuqtai nazaridan, yangi mustaqil davlatlarning xavfsizligi va barqaror rivojlanish muammolari ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Yer yuzida vaziyat va kuchlar nisbati shiddatli o‘zgarib bormoqda. Yangi mustaqil davlatlar maydonga chiqmoqda.
Bu esa hozirgi kunda davlatlar va xalqlarning barqarorligini ta’minlash uchun yangicha yondashuvlarni izlab topishni, XXI asr arafasida xavfsizlikning yangicha modellarini ishlab chiqishni tobora qattiq talab qilmoqda.
Suveren davlatning har bir rahbari, har bir yetakchisi oddiy kishilar ishonch bildirib uning zimmasiga yuklagan juda katta burch va mas’uliyatni teran anglab, o‘y-xayolini hamisha tinchlik, osoyishtalikni saqlash, avaylash va mustahkamlashga qaratmog’i kerak. Ushbu murakkab, voqealarga boy yillarda poydevorini qo‘yishga muvaffaq bo‘lingan yangi uyni qurish va obod qilish uchun o‘rnimizga keladigan avlod oldidagi mas’uliyatimizni bir daqiqa bo‘lsin, unutishga haqqimiz yo‘q.
O‘tgan yillarning mantiqi bizni hozirgi kunda uchta asosiy savolga murojaat qilishga undamoqda. O‘zbekistonning kelajagi ana shu savollarga qanday javob berishimizga bog’liq. Bular quyidagilardir: xavfsizlikni qanday saqlab qolish lozim? Barqarorlikni qanday ta’minlash darkor? Taraqqiyot yo‘lidan sobitqadam rivojlanishga nimalar hisobiga erishish mumkin?
Bugun O‘zbekiston - faqat juda boy tabiiy-xom ashyo zaxiralari, cheksiz bozor va sarmoya sarflanadigan sohagina emas. Ayni choQda mamlakatimiz G‘oyat ulkan aql-zakovat, ma’naviy va madaniy imkoniyatlarga ega. Bularning barchasi dunyoda yangi siyosiy va iqtisodiy tartib faol shakllanib borayotgan bir sharoitda, yurtimizning noyob jo‘g’rofiy o‘rni bilan qo‘shilgan holda juda katta jo‘g’rofiy-siyosiy va jo‘g’rofiy-strategik qiziqish uyg‘otadi
Adabiyotlar:

  1. Boden J. Metod legkogo poznaniya istorii. - M.:Nauka, 2000, 412-bet

  2. Vasilenko I.A. Geopolitika. - M. Logos, 2003, 204-bet.

  3. Gadjiyev K.S. Vvedeniye v geopolitiku. Izd 2, dop. i pererab. M., 2001.

  4. Gadjiyev K.S. Geopolitika. –M.:Mejdunarodniye otnosheniya,1997, 384-bet.

  5. Geopolitika: teoriya i praktika // Sb.statey pod red. Pozdnyakova E.A. -M., 1993,236-bet.

Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin