Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


-modda. Asarlarni omma oldida erkin ijro etish



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə16/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

29-modda. Asarlarni omma oldida erkin ijro etish
Chop etilgan musiqa asarlarini rasmiy, diniy va dafn marosimlarida bunday marosimlarning xususiyatiga mos hajmda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz hamda haq to‘lamagan holda omma oldida ijro etishga yo‘l qo‘yiladi.
qarelaa
Ha esmdaaa. Sudda yutgandik
Kazus №5
Media-xolding Google kompaniyasi o‘ziga tegishli bo‘lgan mualliflik huquqlarini YouTube ijtimoiy tarmog‘i tomonidan qasddan buzishda aybladi. Xususan, media-xolding Google kompaniyasi o‘zining tarkibiga kiruvchi “Viacom” tomonidan yaratilgan videofilmlarni YouTube ijtimoiy tarmog‘ida ruxsatsiz joylashtirishni ta’qiqlashni va 1 milliard dollar miqdorida kompensatsiya puli talab qildi.
O‘z navbatida, YouTube ijtimoiy tarmog‘i ushbu audiovizual asarlar ochiq ma’lumotlar bazasida (Creative Commons) ekanligini ro‘kach qilishdi.



  1. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar haqida nimalarni bilasiz? Fikringizni huquqiy asoslantiring.

  2. Mualliflik shartnomasiga muvofiq, taraflarning huquq va majburiyatlarini tahlil qiling.

Asos:Muallif huquqi va turdosh huquqi to’g’risidagi Qonun 38-modda
Muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi asosida yoki mutlaq bo‘lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi faqat ushbu huquqlar o‘tkazilayotgan shaxs asardan muayyan usulda va shartnomada belgilangan doirada foydalanishiga ruxsat beradi.
Mutlaq bo‘lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi foydalanuvchiga asardan shunday huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazgan mutlaq huquqlar egasi va (yoki) bu asardan ayni shunday usulda foydalanish uchun ruxsat olgan boshqa shaxslar bilan teng ravishda foydalanishga ijozat beradi.
Mualliflik shartnomasi bo‘yicha boshqa shaxslarga o‘tkaziladigan huquqlar, agar shartnomada bevosita boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, mutlaq bo‘lmagan huquqlar hisoblanadi.
Asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar aks ettirilgan moddiy obyektga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq emas.
Moddiy obyektga bo‘lgan mulk huquqini yoki moddiy obyektga egalik qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish shu obyektda aks ettirilgan asarga bo‘lgan biron-bir mualliflik huquqining o‘z-o‘zidan boshqa shaxsga o‘tkazilishiga sabab bo‘lmaydi.

Mualliflik shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:


asardan foydalanish usullari (mazkur shartnoma asosida o‘tkaziladigan konkret huquqlar);
asardan foydalanishning har bir usuli uchun to‘lanadigan haq miqdori va (yoki) to‘lanadigan haq miqdorini belgilash tartibi, uni to‘lash tartibi hamda muddatlari.
Mualliflik shartnomasi taraflar zarur deb topgan boshqa shartlarni ham nazarda tutishi mumkin.
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi qancha muddatga o‘tkazilishi to‘g‘risida shart bo‘lmagan taqdirda, shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh yil o‘tganidan keyin, agar foydalanuvchi shartnoma bekor qilinguniga qadar kamida olti oy oldin bu haqda yozma ravishda ogohlantirilgan bo‘lsa, shartnoma muallif tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi amal qiladigan hudud doirasi to‘g‘risida shart bo‘lmagan taqdirda, shartnomaga binoan boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan huquqning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanadi.
Boshqa shaxsga o‘tkazilishi mualliflik shartnomasida bevosita nazarda tutilmagan asardan foydalanish huquqlari boshqa shaxsga o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.
Shartnoma tuzilgan paytda asardan foydalanish haqida hali ma’lum bo‘lmagan huquqlar mualliflik shartnomasi mavzusi bo‘lishi mumkin emas.
To‘lanadigan haq mualliflik shartnomasida asardan foydalanishning tegishli usuli uchun olinadigan daromaddan foiz tarzida belgilanadi yoki agar buni asarning xususiyati yoki undan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq holda amalga oshirish mumkin bo‘lmasa, shartnomada qayd etilgan summa tarzida yoxud boshqacha tarzda belgilanadi. Mazkur mualliflik haqining eng kam miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Agar asarni nashr etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish haqidagi mualliflik shartnomasida haq to‘lash qat’iy summa tarzida belgilansa, shartnomada asarning eng ko‘p adadi belgilab qo‘yilishi shart.
Mualliflik shartnomasi bo‘yicha o‘tkazilgan huquqlar bunday shartnomada bevosita nazarda tutilgan taqdirdagina boshqa shaxslarga to‘liq yoki qisman o‘tkazilishi mumkin.
Mualliflik shartnomasining muallifni kelgusida mazkur mavzuda yoki mazkur sohada asarlar yaratishini cheklaydigan sharti o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Mualliflik shartnomasining ushbu Qonun talablariga zid bo‘lgan shartlari haqiqiy emas.


  1. Yüklə 492,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin