Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə12/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

43-modda. Turdosh huquqlarning amal qilish sohasi
Ijrochining huquqlari quyidagi shartlardan biriga rioya etilgan taqdirda, ushbu Qonunga muvofiq unga tegishli deb e’tirof etiladi:
ijrochi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lsa;
ijrochining fuqaroligidan qat’i nazar, ijro birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan bo‘lsa;
ijro ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalariga muvofiq muhofaza qilinadigan fonogrammaga yozilgan bo‘lsa;
fonogrammaga yozilmagan ijro ushbu moddaning uchinchi qismi qoidasiga muvofiq efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning muhofaza qilinadigan ko‘rsatuv yoki eshittirishiga kiritilgan bo‘lsa.
Fonogrammani tayyorlovchining huquqlari quyidagi shartlardan biriga rioya etilgan taqdirda, ushbu Qonunga muvofiq unga tegishli deb e’tirof etiladi:
fonogrammani tayyorlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yeriga ega bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lsa;
fonogrammani tayyorlovchining fuqaroligi yoki joylashgan yeridan qat’i nazar, fonogramma birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi hududida chop etilgan bo‘lsa.
Efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari, agar tashkilot O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yeriga ega bo‘lsa hamda efirga uzatish yoki kabel orqali yuborishni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uzatgichlar yordamida amalga oshirayotgan bo‘lsa, ushbu Qonunga muvofiq mazkur tashkilotga tegishli deb e’tirof etiladi.
Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan turdosh huquqlari ham ushbu Qonunga binoan e’tirof etiladi.
3. Sizningcha, Tom Vaytsning intellektual mulk huquqlari buzilganmi? Agar shunday bo‘lsa, intellektual mulkning qaysi turi buzilgan?
Turdosh huquqlari buzilmoqda.
5.Intellektual mulk huquqlari "Tomni ovozni taqlid qiluvchi"ni huquqlarini himoya qiladimi?
Qonunning 44-moddasiga binoan ha bolishi mumkin.
Turdosh huquqlar obyektlari jumlasiga ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari kiradi.
Kazus №4
“A” televizion kompaniyasi fuqarolik sudiga “New Compass” haftalik tahririyatiga qarshi daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, o‘z dasturlarini nashr etishni to‘xtatishni, ushbu dasturlar bilan nashrning tirajini musodara qilishni va telekompaniyaning ushbu maʼlumotni televideniya orqali uzatgan dasturlarini muntazam ravishda qayta chop etish natijasida yetkazilgan zararni qoplashni talab qildi.
Daʼvogar ushbu dasturni “A” televizion kompaniyasi xodimlarining intellektual faoliyati natijasi deb hisoblaydi. Fuqarolik kodeksining tegishli moddasi bilan dasturdan rasmiy foydalanish uchun uning mutlaq huquqi mavjud edi. Bundan tashqari, daʼvogar mualliflik huquqi egasini xabardor qilmasdan har qanday nashr qilish mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi va qonunda belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi degan vajlar bilan o‘z daʼvosini qo‘llav-quvvatladi.
Sud daʼvolarni qondirdi, shuningdek o‘z hal qiluv qarorida sudlanuvchi o‘z dasturini haftalik televizion dasturlarida daʼvogarning ruxsatisiz eʼlon qilganligini, bu sudning fikriga ko‘ra telekompaniyaning mualliflik huquqini buzish deb hisoblanadi, deb qarorini asoslantirdi.




  1. Yüklə 492,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin