Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


-bob. Apellatsiya kengashining qarorlari



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə10/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

6-bob. Apellatsiya kengashining qarorlari
36. Apellatsiya kengashining qarori apellatsiya yoki ariza mohiyatini ko‘rib chiqish tugagandan so‘ng kengash a’zolarining yopiq yig‘ilishi natijasi bo‘yicha ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Apellatsiya kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Apellatsiya kengashi raisi va a’zolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emas. Apellatsiya kengashi raisi eng oxirida ovoz beradi.
Apellatsiya kengashining qarori Apellatsiya kengashi raisi va ishni ko‘rib chiqishda qatnashgan Apellatsiya kengashining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va manfaatdor shaxslar qaror haqida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Apellatsiya kengashining qarori Vazirlik muhri bilan tasdiqlanadi.
Apellatsiya yoki arizani ko‘rib chiqishda qatnashgan shaxslar va Apellatsiya kengashi a’zolari kengash yig‘ilishida yoki Apellatsiya kengashi yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan e’tiboran uch ish kuni mobaynida yozma ravishda o‘zlarining alohida fikr-mulohazalarini bildirish huquqiga egadirlar.
Raislik qiluvchi Apellatsiya kengashi qarorining xulosa chiqarilgan qismini apellatsiya yoki arizani ko‘rib chiqishda qatnashganlarga o‘qib eshittiradi.
37. Apellatsiya kengashining qarori yozma shaklda bayon qilinadi hamda kirish, tavsiflash, asoslash va xulosa qismlaridan iborat bo‘lib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) kirish qismida:
ish raqami (ro‘yxatga olish raqami) va apellatsiya yoki ariza topshirilgan sana;
qaror qabul qilingan sana;
Apellatsiya kengashining tarkibi;
apellatsiya yoki ariza topshirgan shaxsning va/yoki uning vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi;
nizoni ko‘rib chiqishda qatnashgan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
b) tavsiflash qismida:
apellatsiya yoki ariza bergan shaxs talablarining qisqacha bayoni;
apellatsiya yoki ariza bergan shaxs mulohazasining qisqacha bayoni yoki davlat ekspertizasi vakilining tushuntirishlari;
apellatsiyada ishtirok etayotgan tomonlar va/yoki ularning vakillari tushuntirishlarining qisqacha bayoni;
v) asoslash qismida:
nizoning Apellatsiya kengashi tomonidan aniqlangan jihatlari;
tomonlarning iltimosnomalari va isbotlarini Apellatsiya kengashi qabul qilishiga yoki rad etishiga sabab bo‘lgan dalillar va faktlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Apellatsiya kengashi qaror qabul qilishda amal qilgan qonunchilik hujjatlari;
(37-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
g) xulosa qismida:
qo‘yilgan talablar bo‘yicha ularni qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat berish muddatlari va tartibi haqidagi ma’lumotlar.
38. Apellatsiya kengashining qarori apellatsiya yoki ariza bo‘yicha ish jildiga qo‘shib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Apellatsiya kengashi qarorlari qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida apellatsiya yoki ariza bergan shaxslarga va boshqa manfaatdor shaxslarga Vazirlik tomonidan yuboriladi, shuningdek, uning rasmiy nashrida va veb-saytida ma’lumot tariqasida e’lon qilinadi.

Umuiy xulosa 37-modda bilan javobgarlikka tortiladi.


Qo’shimcha ma’lumot:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4380-son qaroriga muvofiq, quyidagi mezonlarga muvofiq keluvchi tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum deb e’tirof etiladi:
tovar belgisi qo‘llaniladigan tovarlar va (yoki) xizmatlarning turi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi va (yoki) potensial iste’molchilari tomonidan yoxud tovar belgisi qo‘llaniladigan tovarlar va (yoki) xizmatlarning turi uni tarqatilishini ta’minlashda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan yoxud tovar belgisi qo‘llaniladigan tovarlar va (yoki) xizmatlarning turiga aloqador bo‘lgan ishbilarmonlar doirasi tomonidan tanib olinishi, bunda tovarning sifat darajasi haqida tushuncha mamlakatdagi tovar belgisi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak;
avvaldan xos bo‘lgan yoki faol foydalanish natijasida vujudga kelgan yuqori farqlanish xususiyati;
O‘zbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan Internet tarmog‘ining milliy segmenti domen nomlari tizimida tovar belgisidan keng foydalanish va uning reklama qilinishi;
respublikada uzoq muddat davomida va faol foydalanish natijasida vujudga kelgan tijorat qiymati.
Patent vakili – bu yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa tashkilotlar oldida intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari bo‘yicha vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaxs patent vakili hisoblanadi. Jismoniy shaxslar Patent idorasida attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tgandan keyin patent vakillari sifatida faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari patent vakillari sifatida attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra Apellyatsiya kengashi apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqishda quyidagi vakolatlarga ega:
apellyatsiya yoki ariza bergan shaxslardan, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslardan apellyatsiyani yoki arizani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlarni so‘rab olish;
qo‘shimcha ekspertiza tayinlash, uni o‘tkazish uchun mustaqil ekspert va maslahatchilarni jalb etish;
Adliya vazirligi ixtiyoridagi patent hujjatlari va ilmiy-texnika adabiyotlari davlat fondlaridan foydalanish.
Apellyatsiya kengashi apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Yüklə 492,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin