Apellyatsiya kengashining vakolatlari haqida aytib bering.
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari deb e’tirof etish to‘g‘risidagi arizalarni berish va ularni ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 3190, 30.10.2019-y.).
4-bob. Apellatsiyalar va arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari 18. Apellatsiyalar quyidagi muddatlarda ko‘rib chiqiladi:
a) kelib tushgan sanasidan e’tiboran ikki oy mobaynida:
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining (bundan buyon matnda Davlat muassasasi deb yuritiladi) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlariga talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
Davlat muassasasining foydali modelga patent berish to‘g‘risidagi yoki patent berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
Davlat muassasasining seleksiya yutug‘iga patent berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar, agar qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish zarurati tug‘ilmasa.
b) kelib tushgan sanasidan e’tiboran to‘rt oy mobaynida:
Oldingi tahrirga qarang. Davlat muassasasining ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patent berish to‘g‘risidagi yoki patent berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
Davlat muassasasining tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
Davlat muassasasining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladigan muhofaza berish to‘g‘risidagi yoki muhofaza berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
Davlat muassasasining integral mikrosxemalar topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;
ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patent berilishiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
integral mikrosxemalar topologiyasining ro‘yxatdan o‘tkazilishiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
belgini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishning O‘zbekiston Respublikasida amal qilishiga qarshi berilgan apellatsiyalar;
integral mikrosxemalar topologiyasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish haqidagi apellatsiyalar;
tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi uchun guvohnoma, tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish haqidagi apellatsiyalar;
tovar kelib chiqqan joy nomlari ro‘yxatdan o‘tkazilganligini bekor qilish haqidagi apellatsiyalar;
v) kelib tushgan sanasidan e’tiboran olti oy mobaynida:
seleksiya yutug‘iga patent berilishiga qarshi apellatsiyalar;
seleksiya yutug‘i patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellatsiyalar, agar qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish zaruriyati tug‘ilmasa.
Arizalar Apellatsiya kengashi tomonidan ushbu arizalar kelib tushgan sanadan e’tiboran to‘rt oy ichida ko‘rib chiqiladi.
19. Apellatsiya yoki ariza bergan shaxs, boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasiga binoan Apellatsiya kengashi majlisi kengash qaroriga ko‘ra kechroq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga ko‘chirilishi mumkin. Bunda apellatsiyalarni yoki arizalarni ko‘rib chiqishning belgilangan muddati o‘tishi Apellatsiya kengashi majlisining yangi sanasigacha to‘xtatib turiladi.
20. Muddatlar yig‘ilish o‘tkazishning aniq kalendar sanasi bilan belgilanadi.
21. Ish bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilishi bilan barcha o‘tib ketmagan muddatlarning o‘tishi ham to‘xtatiladi. Ish bo‘yicha ish yuritish barcha zarur ma’lumotlar va/yoki materiallar olinmagunga qadar, to‘xtatib turiladi. Ish bo‘yicha ish yuritish tiklangan kundan boshlab muddatlarning o‘tishi davom etadi.
22. Ishni ko‘rib chiqishni boshqa kunga ko‘chirish, tuxtatish, to‘liq yoki qismlari bo‘yicha tugatish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizomning 18 — 20-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.