Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


Kazus doirasida mualliflik va turdosh huquqlarni tahlil qiling



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə13/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

Kazus doirasida mualliflik va turdosh huquqlarni tahlil qiling.

Mualliflik huquqi (ingl. copyright) gʻoya (fikr) yoki maʼlumotning maʼlum bir koʻrinishdagi ifodalanishini tartibga soluvchi ekskluziv huquqlar majmuidir. Umumiy qilib aytganda, soʻzma-soʻz „koʻchirish (nusxa olish)ga boʻlgan huquq“dir. Asosan, bu huquqlar cheklangan muddatli boʻladi. Mualliflik huquqi belgisi © boʻlib, baʼzi bir yurisdiksiyalarda qoʻshimcha ravishda (c) yoki (C) bilan ham ifodalanishi mumkin.
Mualliflik huquqi „asarlarning“ keng turdagi kreativ, intellektual, artistik shakllarida namoyon boʻlishi mumkin. Ushbular qatoriga she'rlar, tezislar, sahna asarlari va boshqa adabiyot asarlari, filmlar. xoreografik asarlar (raqs, balet), musiqiy kompozitsiyalar, audio yozuvlari, rasmlar, chizmalar, skulpturalar, fotorasmlar, EHM dasturlari, radio va tele ko'rsatuvlari, va baʼzi yurisdiksiyalarda sanoat dizayni kiradi.
Turdosh huquqlar obyektlari jumlasiga ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari kiradi.
Ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar turdosh huquqlar subyektlaridir.
Turdosh huquqlarning yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun turdosh huquqlar obyektini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Kazusga koʻra obyekt televideniye orqali uzatilgan dastur hisoblanadi. Televizion koʻrsatuvlar (televizion dasturlar sifatida ham tanilgan) televideniyada namoyish etiladigan barcha dasturlarning umumiy nomidir.


Dasturlar turdosh huquq obyekti sanaladi.



  1. Mutlaq va nomutlaq huquqlar haqida nimalarni bilasiz?

Muallifning asardan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqlari quyidagi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berish huquqini anglatadi:


asarni takrorlash (takrorlash huquqi);
asarning asl nusxasini yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini o‘zgacha tarzda boshqa shaxsga o‘tkazish yo‘li bilan tarqatish (tarqatish huquqi);
asarni barchaning e’tiboriga yetkazish (barchaning e’tiboriga yetkazish huquqi);
asarning asl nusxasini yoki nusxalarini prokatga berish (prokatga berish huquqi);
tarqatish maqsadida asarning nusxalarini, shu jumladan mutlaq mualliflik huquqlari egasining ruxsati bilan tayyorlangan nusxalarini import qilish (import qilish huquqi);
asarni sim (kabel) orqali yoki boshqa shu kabi vositalar yordamida uzatish yo‘li bilan barchaning e’tibori uchun yuborish (kabel orqali yuborish huquqi);
asarga tuzatishlar kiritish, uni aranjirovka qilish yoki boshqacha tarzda qayta ishlash (qayta ishlash huquqi);
asarni omma oldida namoyish etish (omma oldida namoyish etish huquqi);
asarni omma oldida ijro etish (omma oldida ijro etish huquqi);
asarni simsiz vositalar yordamida uzatish yo‘li bilan barchaning e’tibori uchun yuborish (efirga uzatish huquqi);
asarni tarjima qilish (tarjima qilish huquqi);
asarni barchaning e’tiboriga takroran yuborish, agar bunday yuborish dastlabki yuborishni amalga oshirgan tashkilotdan boshqa tashkilot tomonidan amalga oshirilsa (barchaning e’tiboriga takroran yuborish huquqi).

Muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi asosida yoki mutlaq bo‘lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.


Mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi faqat ushbu huquqlar o‘tkazilayotgan shaxs asardan muayyan usulda va shartnomada belgilangan doirada foydalanishiga ruxsat beradi.
Mutlaq bo‘lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi foydalanuvchiga asardan shunday huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazgan mutlaq huquqlar egasi va (yoki) bu asardan ayni shunday usulda foydalanish uchun ruxsat olgan boshqa shaxslar bilan teng ravishda foydalanishga ijozat beradi.
Mualliflik shartnomasi bo‘yicha boshqa shaxslarga o‘tkaziladigan huquqlar, agar shartnomada bevosita boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, mutlaq bo‘lmagan huquqlar hisoblanadi.
Asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar aks ettirilgan moddiy obyektga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq emas.
Moddiy obyektga bo‘lgan mulk huquqini yoki moddiy obyektga egalik qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish shu obyektda aks ettirilgan asarga bo‘lgan biron-bir mualliflik huquqining o‘z-o‘zidan boshqa shaxsga o‘tkazilishiga sabab bo‘lmaydi.
Telekanal O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq teleko‘rsatuvlar yaratish, ularni efir yoki uzatish kabeli orqali keyinchalik uzatish tashabbusi va mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan efirga uzatuvchi tashkilotdir. Telekanal tuzilgan litsenziya shartnomalari asosida o‘z ko‘rsatuvlarini (o‘z teleloyihalari, seriallar, filmlar, axborot dasturlari va boshqalar) yoki boshqa huquq egalarining teledasturlarini yoki boshqa audiovizual asarlarini efirga uzata oladi. Shunday qilib, yuqorida qayd etilgan qonunga muvofiq telekanalning butun ko‘rsatuvi translyatsiya deb ataladi.
Telekanalning teleko‘rsatuvi yoki ko‘rsatuvi mualliflik huquqi ob’ekti emas, turdosh huquqlar ob’ekti hisoblanadi.


  1. Yüklə 492,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin