«Kelishildi» Kollej uslubchisi G. K. Mannonova


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 269,62 Kb.
səhifə40/59
tarix05.12.2023
ölçüsü269,62 Kb.
#173004
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
2010-yilgi dastur asosida yozilgan-hozir.org

Takrorlash uchun savollar.
1.III-A-gurux elementlariga qanday elementlar kiradi?
2. Ular qanday o’xshashlik va farqga ega?
3. Bor birikmalari qanday olinadi va qanday xossalarga ega?
4. Qaysi modda tetraborat, bura ,tanakor deb nomlanadi?
5. Borning qanday kislota va tuzlari bor?
6.Borning tibbiyotda ishlatilishinnhaqida nimalar bilasiz?
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Bura, tetraborat, magniy borid, anorganik benzol, borazol, borat, diboran,tetraboran, pentaboran, dekaboran.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. I.E.Toshev.R.Ro’ziyev.I.I.Ismoilov.”Anorganik kimyo”. «O`qituvchi», 2004.
2. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
3. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. “Anorganik kimyo’. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
6. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
Mavzu:III-A-guruh metali-Alyuminiy birikmalari va xossalari.
IV-A- guruh metallari-Qalay, Qo’rg’oshin birikmalari
va xossalari.
Reja:
-Alyuminiy va uning birikmalari olinishi, xossalari, ishlatilishi.
-Qalay va uning birikmalari olinishi, xossalari, ishlatilishi.
-Qo’rg’oshin va uning birikmalari olinishi, xossalari, ishlatilishi.
Alyuminiy. Tartib nomeri 13, atom massasi 26,9815. Barkaror izotopining massa soni 27. Elektron konfigurasiyasi KL3s23p1.

Alyuminiyli achchik tosh kadim zamonlardan beri bizga ma'lum; lekin metall xolidagi alyuminiyni dastlab Erstedt va Vyoler 1821-1827 yillarda olishga muvaffak bo'ldilar. Alyuminiy suzi "achchiktosh"ning lotincha nomidan kelib chiqqan.


Alyuminiy tabiatda tarkalganligi jixatidan barcha metallar ichida birinchi urinda turadi. U Yer pustlogining 8.8% ini tashqil etadi.
U tabiatda faqat birikmalar xolida uchraydi.
Alyuminiyning olinishi: Erstedt va Vyoler alyuminiy xloridga metall xolidagi kaliy ta'sir ettirib alyuminiy olganlar:
AlCl3 + 3K --> Al + 3KCl
Xozirgi vaqtda alyuminiy olish uchun 1886 yilda Geru va Xoll topgan elektroliz usulidan foydalaniladi. Bu metod nazariyasi P.T.Fedotyev tomonidan taklif etilgan. Bunda xom-ashyo sifatida boksit (Al2O3nH2O)dan foydalaniladi. Avval boksiddan alyuminiy oksid olinadi, so'ngra alyuminiy oksidning suyuqlantirilgan kriolitdagi eritmasi elektroliz qilinadi. Suyuq aralashmada 6-8% Al2O3, 92-94% Na3AlF6 bo'ladi. Suyuqlangan kriolitdan foydalanishning sababi shundaki, Al2O3 bilan Na3AlF6 962°S da suyuqlanadigan evtektik kotishma xosil qiladi: bu evtektik kotishma tarkibida 10% Al2O3 bo'ladi. Shu sababli elektrolizni pastrok xaroratda olib borish mumkin. Elektrolitning suyuqlanish xaroratsini yanada pasaytirish maqsadida unga turli ftoridlar qushiladi. Elektroliz prosessi 900°S atrofida olib boriladi. Anod sifatida grafit tayokchalar va katod sifatida esa presslangan kumir yoki grafit ishlatiladi. Suyuq aralashmadagi alyuminiy oksid Al+3 va O2- ionlariga parchalanadi.
Al2O3 = 2Al+3 + 3O2-
Tok berilganida Al3+ ionlari katodda zaryadsizlanadi:
2Al3+ + 6e- --> 2Al
O2- ionlari esa anodda zaryadsizlanadi
3O2- --> 1 O2 + 6
Anodda ajralgan kislorod kumir bilan reaksiyaga kirishib CO va CO2 xosil qiladi.
Elektrolizer tubiga suyuq xomaki alyuminiydan anod urnida, toza alyuminiydan esa katod sifatida foydalanib, tarkibida 99.99% Al bo'lgan toza maxsulot olinadi.
Alyuminiy - kumushsimon ok yengil metall. U 658.6°S da suyuqlanadi, 2447°S da qaynaydi; Uning issiqlik utkazuvchanligi misning issiqlik utkazuvchanligining kariyb 50% ini, elektr utkazuvchanligining 65% ini tashqil qiladi. Alyuminiy nixoyatda plastik modda, sovukda xam, issiqda xam alyuminiyga mexaniq ishlov berish kulay. Undan yupka varaka va ingichka simlar tayyorlash mumkin.
Alyuminiy kimyoviy jixatdan juda aktiv metall: u kislorod bilan birikish kobiliyati nixoyatda kuchli bo'lganligi sababli, uning sirti uzluksiz zich parda bilan koplanadi: bu parda metallga juda maxkam yopishgan bo'lib, alyuminiyni xavoda, suv ta'sirida kizdirganda yemirilishdan saklaydi.
Kukun xolidagi alyuminiy xavoda kizdirilganda yonadi:
4Al + 3O2 --> 2Al2O3 + 798 kkal
Ximoya pardasi kuchirilgan alyuminiy suvdan vodorodni ajratib chiqaradi. Alyuminiy deyarli barcha kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi, kons. sovuk nitrat kislotada passivlanadi.
Alyuminiy ishqorlarda erib alyuminatlarga aylanadi: bunda reaksiya natijasida vodorod ajralib chiqadi:
2Al + 2NaOH + 6H2O --> 2Na[Al(OH)4] + 3H2
Kislotalarda eriganda xam vodorod ajralib chiqadi:
2Al + HCl --> 2AlCl3 + 3H2
Alyuminiy odatdagi xaroratda galogenlar bilan birikib alyuminiy gologenidlarni xosil qiladi. Masalan alyuminiy kukunining yod bilan aralashmasiga bir tomchi suv qushilganda issiqlik va yoruglik chiqadigan kuyidagi reaksiya sodir bo'ladi.
2Al + 3J2 --> 2AlJ3
Alyuminiy 800°S da azot bilan birikib alyuminiy nitrid AlN, 1000°S da oltingugurt bilan Al2S3, 2000°S da kumir bilan alyuminiy karbid Al4C3 xosil qiladi.
Alyuminiy vodorod bilan bevosita birikmaydi, lekin yuqori xaroratda vodorodni eritadi.
Alyuminiy trimetil Al(CN3)3 bilan vodorod aralashmasidan elektr razryad utkazib alyuminiy gidrid (AlH3) olish mumkin, alyuminiy gidrid ok tusli amorf modda, 105°S da parchalanadi. Ishqoriy metallarning alyuminiyli gidridlari, masalan, litiy alyuminiy gidrid Li[AlH4] katta axamiyatga ega moddadir. Li[AlH4] xosil qilish uchun litiy gidrid va alyuminiy xloridning efirdagi eritmalari kuyidagicha o'zaro reaksiyaga kiritiladi:
4LiH + AlCl3 --> Li[AlH4] + LiCl
Li[AlH4]-efirda eriydigan, kuruk xavoda barkaror, 125°S bilan 150°S orasida parchalanadigan kristall modda. U kaytaruvchi sifatida ishlatiladi.Uning efirdagi eritmasiga alyuminiyxlorid ta'sir ettirib alyuminiy gidrid olish mumkin:
4Li[AlH4] + AlCl3 --> 4AlH3 + 3LiCl
Alyuminiy birikmalari. Alyuminiy o'zining barcha barkaror birikmalarida +3 valentli bo'ladi.Alyuminiy oksid Al2O3 ning bir necha shakl uzgarishlari mavjud, bulardan muximlari a – Al2O3 va  - Al2O3 dir.
a - Al2O3 nixoyatda barkaror va u korund mineralini tashqil qiladi.
Korund ok tusli kristall modda, u romboedrik kataklarda kristallanadi. Uning qattiqligi MooS shkalasida 9 ga teng (olmosniki-10) 2046°S da suyuqlanadi. Shuning uchun alyuminiy juda kup metall oksidlaridan kislorodni tortib olib, metalni kaytaradi
8Al + 3Fe3O4 --> 4Al2O3 + 9Fe + 795 kkal
Bu reaksiya natijasida kup miqdorda issiqlik ajralib chiqadi, xarorat 3500°S ga kutariladi Shunga o'xshash reaksiyalar yordamida oksidlardan metallar N.N.Beketovning alyuminotermik usulida olinadi.
Alyuminiy (I) oksid Al2O uchuvchan modda bo'lib, alyuminiy bilan Al2O3 aralashmasi yuqori xaroratda kizdirilganida xosil bo'ladi.
Alyuminiy gidroksid Al(OH)3-alyuminiy tuzlari eritmasiga ishqorlar ta'sir ettirilganda Al(OH)3 chukmasi xosil bo'ladi. U pH=4.1-6.5 kiymatga ega bo'lgan kuchsiz kislotali muxitda chukadi: suvda kam eriydi; uning eruvchanlik ko'paytmasi
[Al3+][OH-]3 = 8 10-32 mol4/l4 dir. Al(OH)3
kislota kabi dissasilanish
Al(OH)3 = H+ + AlO2- + H2O
konstantasi 410 mol/l Al(OH)3 amfoter elektrolit uning asos tarzida to'la dissasilanish konstantasi 110-33 ga teng. AL(OH)3 ishqorlarda xam kislotalarda xam yaxshi eriydi.
NaAlO2-natriy metaalyuminat deb yuritiladi. Magniy metaalyuminat Mg(AlO2)2 tabiatda shpinel nomli mineral tarzida uchraydi.
Yukori xaroratda kislotali eritmadan AlO(OH) tarkibli chukma xosil bo'ladi. Juda yuqori xaroratda alyuminiy gidroksid - Al2O3 ga aylanadi: 1000° dan yuqorida a – Al2O3 xosil bo'ladi.
Al3+ ioni kichik radiusli va katta zaryadli bo'lgani uchun, kuchli kutblovchi ta'sir kursatadi. Shu sababli alyuminiy tuzlari eritmalardan suv molekulalari bilan birga kristallanadi; masalan Al2(SO4)318H2O, Al(NO3)39H2O, AlCl36H2O. Alyuminiy tuzlari rangsiz suvda yaxshi eriydi. Ularning ba'zilari, chunonchi Al2S3, Al(CH3COO)3 to'lik gidrolizlanadi. Kuchli kislotalarning alyuminiy tuzlari xam suvda gidrolizlanadi, ular kislotali reaksiya namoyon qiladi, masalan; alyuminiy sulfat suvni tozalashda, kogoz ishlab chikarishda va boshqalarda ishlatiladi.
Agar alyuminiy sulfat eritmasiga K2SO4 yoki (NH4)2SO4 qushib xosil bo'lgan aralash eritma buglatilsa, kaliyli yoki ammoniyli achchiktoshlar kristallanadi. Achchik toshlar kaliy va alyuminiy sulfatlardan iborat qushalok tuzlardir:
K2SO4 Al(SO4)3  24H2O va (NH4)2SO4  Al2(SO4)3  24H2O
Achchiktoshlar sanoatda, medisinada, kandolatchilikda ishlatiladi.
Alyuminiy xlorid ALCL3 kupincha organiq sintezlarda katalizator sifatida ishlatiladi.
Alyuminiyning bir qancha organiq birikmalari ma'lum. Masalan, trietilalyuminiy AL(C2H5)3 etilendan polietilen olishda katalizator sifatida ishlatiladi.
To’rtinchi gruppa elementlarining ba’zi muhim xossalari



Xossalari

Uglerod

Kremniy

Germaniy


Qalay

Qo’rg’oshin

1.

Rangi

rangsiz kul qora


rangsiz

kumushsimon

sarg’ish


Oq

2.

Atom massasi


12,11

28,086

71,59

118,6

207,19

3.

Tartib raqami


6

14

32

50

82

4.

Sirtqi valent elektronlari


2s22p2


3s23p2


4s24p2


5s25p2


6s26p2


5.

Atom radiusi, A

0,77

1,17

1,39

1,58

1,75

6.

Suyuqlanish temperaturasi 0C


3700

1413,00

958,5

231,91

327,4

7.

Qaynash temperaturasi 0C


4800

2600

2850

2362

1740

8.

Ionlanish energiyasi


11,3

8,2

7,9

7,3

7,4

9.

Nisbiy elektromanfiyligi


2,50

1,74

2,02

1,72

1,55

10.

Vodorodli birikmalarining barqarorligi


CH4


SiH4


GeH4


ShH4


PbH4




kamayib boradi

IV gruppa elementlarining vodorodli birikmalaridan birortasi ham kislota xossasiga ega emas. Ugleroddan qo’rg’oshinga o’tgan sari: a) RH4 ning puxtaligi, b) vodorodli birikmasini soni kamayib boradi.




Yüklə 269,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin